Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.16K subscribers
4.41K photos
454 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
🔰Prezident maktablarining direktorlari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan bir kunlik seminar-trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Unda agentlik mas’ul xodimlari tinglovchilarga Prezident maktablarining maqsad va vazifalari, xodimlarni boshqarish tizimi, jamoada ishlash, moliyaviy yo‘nalishga doir masalalar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Interaktiv mashg’ulotlar yordamida qatnashchilar o’z bilimlarini mustahkamlashdi.

Trening so‘ngida Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova va maktab direktorlari davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida maktab direktorlari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Наврўз

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Agentlik xodimlari o‘rtasida 25-26-mart kunlari sport musobaqalari tashkillashtirildi.

Unda sportning shaxmat, mini futbol, stol tennisi turlari bo‘yicha xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

G‘oliblar esdalik sovg‘alari va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from NPS media
Princesses of our presidential school
#Seminar_trening

JAMOATCHILIKKA MAS'UL XODIMLAR UCHUN TRENING O'TKAZILDI

🔴Ayni paytda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi maktablar va "Yangi O'zbekiston" universitetining OAV va jamoatchilikka mas'ul xodimlari uchun o'quv-treninglari bo'lib o'tmoqda.

❗️Seminar-treninglar “Axborot xizmatini samarali tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlangan.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

- Biz axborot asrida yashayapmiz va shu jihatdan sodir bo'layotgan yangiliklarni tezkor hamda xolis yoritish juda muhimdir. Bugungi seminar-treninglarimiz ham bu borada mahoratingizni oshirishga qaratilgan. Bu yerda egallagan ko'nikmalaringiz kelgusi faoliyatingizda ham foydali bo'ladi.

📍O'quv-treningda, shuningdek AOKA Davlat boshqaruv organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i Sadoqat Aslanova ham ishtirok etib, maruza qildi.

👉
Treninglar haqida saytimizda batafsil o'qing.