Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.16K subscribers
4.45K photos
456 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar, viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etishmoqda.

❗️Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova so’zga chiqib, bu kabi treninglarning ahamiyati hamda ta’limda boshqaruvning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi naqadar muhimligi haqida so’z yuritdi.

⚡️ Shundan so’ng, seminar-treninglarning amaliy qismiga start berilib, vazir “motivatsion kouching”larni boshlab berdi.

Unda hududiy rahbarlarning ish faoliyatini yo’lga qo’yish, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish kabi mavzularda so’z bordi.

📌 Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar uchun sho’balarga bo’lingan holda seminar-treninglar bo’lib o’tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Seminar_trening
#2_kun

🔴 “Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglar davom etmoqda.

✔️ Treninglar doirasida ishtirokchilar uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o’rinbosarlari tomonidan yo’nalishlar kesimida sho’balarda davra suhbatlari tashkil etildi.

❗️Muhokamalar davomida hududlarda mavjud muammolar eshitilib, yechimlari to’g’risida so’z yuritildi.

📍Shundan so’ng, Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, tizimdagi qonun buzilishi holatlarini oldini olish bo’yicha tavsiyalar mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

✔️ Unda Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori Sarvar Erkinovning ma’ruzasi eshitildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#seminar

⚡️ Trener-kutubxonachilar uchun “Zamonaviy kutubxonachining kasbiy kompetensiyasi” mavzusidagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi

📍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5188-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini bajarish, yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni o‘z vaqtida darsliklar bilan ta’minlash hamda kutubxonachilar faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida, Nurafshon shahridagi Prezident maktabida trener-kutubxonachilari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

❗️Ma'lumot uchun, joriy yilning 9-iyun kuni hududlardagi Prezident maktablarida Agentlik tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kutubxonachilari uchun seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu seminarda yangi o‘quv yiliga darslik buyurtmalarini shakllantirish va darsliklarni tarqatish tartibi, kutubxona ishini tashkil qilish va hujjatlarning yuritilishi, kitobxonlikni targ‘ib qilishning noan’anaviy usullari haqida so‘z yuritildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

🤩 Navoiy shahridagi Prezident maktabida maktab kutubxonachisi Hurriyat Oʻrinova tomonidan viloyatdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kutubxonachilari uchun "Zamonaviy kutubxonachining kasbiy kompetensiyasi" mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.

Ushbu seminarda yangi oʻquv yili uchun darsliklar buyurtmasini shakllantirish va ularni tarqatish tartibi, kutubxona ishini tashkil qilish va hujjatlarning yuritilishi, kitobxonlikni targʻib qilishning noan'anaviy usullari haqida soʻz bordi.

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktablari
#seminar

⚡️Prezident maktablarining rahbar xodimlari uchun
o‘quv-seminari bo’lib o’tmoqda

📆 24-26-avgust kunlari Toshkent shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari, maxsus fanlar hamda ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminari o’z ishini boshladi.

Ushbu seminardan ko’zlangan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 526-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, Prezident maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish,  yangi o‘quv yilida o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish, tayanch o‘quv reja va dasturlar bilan yaqindan tanishtirish, xalqaro CIS (Council of International Schools) akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonlariga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirishdir.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktablari
#seminar

Xabar berganimizdek, Prezident maktablarining rahbar xodimlari uchun o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Trening davomida rahbar xodimlar tomonidan 2022-2023-o‘quv yilidagi erishilgan natijalar, kamchiliklar  jumladan A-level imtihonlari natijalarining tahlili va  yangi o‘quv yiliga ushbu yo‘nalishda belgilangan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari haqida fikr almashildi.

🗣Shuningdek, Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish yo‘nalishidagi vazifalar, yangi o‘quv yili uchun tayanch o‘quv reja va dasturlar muhokamasi, yangi o‘quv yilida o‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatlarini tartibga solish, to‘garaklar faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida dasturlarni umumiy sinxronlikka keltirish kabi mavzularida o‘zaro muhokamalar olib borishdi.

📌 Eslatib o'tamiz, 26-avgust kuni ham Toshkent shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablarining akademik direktorlari va direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminari davom etadi.

📸 Seminar tafsilotlari bilan fotolavhalar orqali tanishishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Prezident_maktablari

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixolog va tarbiyachi-pedagoglarning malakasini yanada oshirish maqsadida Nukus shahridagi Prezident maktabida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Dastlab mehmonlar uchun maktab boʻylab sayohat uyushtirildi. Bunda mehmonlar maktab hayoti, yaratilgan sharoitlar va uning milliy o'ziga xosligi, shuningdek, oʻquvchilar tomonidan ishlangan loyiha ishlari bilan tanishtirildi.

🗣Seminar-treningni Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi T.Atamuratov va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi S.Shakirovalar kirish soʻzi bilan ochib berdi.

📝 Seminar davomida:
Prezident maktablari missiyasi, maqsadlari va ularga erishishda Xalqaro maktablar kengashi (CIS) faoliyati tajribasi;
Global fuqarolik va madaniyatlararo ta’lim;
Xavfsiz maktab va bolalarni himoya qilish;
Etika kodeksi, maktab qadriyatlari;
Xodimlar, ota-onalar va bolalar hamjihatligi kabi mavzularda taqdimotlar va treninglar boʻlib oʻtmoqda.

📆Ma'lumot uchun, mazkur seminar-trening ikki kun davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#ikkinchi_kun
#jarayon

🗺Nukus shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan seminar-treningning ikkinchi kunidan suratlar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

🗺Nukus shahridagi Prezident maktabida o‘tkazilgan "Xavfsiz va sog‘lom muhit – sifatli ta’lim asosidir!" nomli seminar-treningdan videolavha.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#seminar_trening

Navoiy viloyatidagi umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan STEAM fanlari oʻqituvchilari uchun Navoiy shahridagi Prezident maktabi ustozlari tomonidan  seminar-trening tashkil etildi.

🗣Maʼlumot uchun mazkur seminar-trening 5 kun davom etadi.

📸 1-kundan fotolavhalar
#seminar_trening
#uchinchi_kun

ZAMONAVIY METODIKA XALQARO PEDAGOGLAR BILAN

Xabar berganimizdek, umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan STEAM fanlari o’qituvchilari uchun seminar-treninglar davom etmoqda.

📌Ma
lumot o’rnida uchinchi kundagi seminar-treninglardan fotolavhalar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

HAMKORLIK SEMINARI

Qiziltepa tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Navoiy shahridagi Prezident maktabi pedagoglari ishtirokida BSB va ChSB tahlillari hamda yangi baholash tizimiga bagʻishlangan oʻquv seminari oʻtkazildi.

😄 Tumanda faoliyat yuritayotgan barcha umumta'lim maktablarining Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari qatnashgan tadbirda Prezident maktabi xalqaro oʻqituvchilari tomonidan mahorat darslari oʻzgacha taassurot qoldirdi.

Qiziqarli oʻtgan seminar davomida tashkilotchilar bob bo‘yicha summativ baholash va chorak bo‘yicha summativ baholashga oid kerakli ma'lumotlarni taqdim etishdi.

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Robot_Gumanoid
#Seminar

Navoiy shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha “Robot Gumanoid” loyihasini amalga oshirish bo'yicha seminar tashkil etildi.

Seminarda Navoiy viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining robototexnika yo‘nalishi o‘qituvchilari ishtirok etib, malakali mutaxassislar yordamida 3D printerdan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishdi.
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening

Navoiy viloyati “Direktorlar kengashi” tomonidan "Zamonaviy rahbar va maktab ta’limida samarali boshqaruv" mavzusida seminar-trening o’tkazildi.

Davr talabiga mos lider kadrlarni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu seminarda Navoiy viloyatidagi umumta’lim maktablarining direktorlari hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari qatnashishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening

ZAMONAVIY RAHBAR VA MAKTAB TAʼLIMIDA SAMARALI BOSHQARUV


Navoiy viloyatidagi umumta’lim maktablarining direktorlari, ma’naviy-ma’rifiy hamda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun boʻlib oʻtgan seminar zamonaviy lider kadrlarni shakllantirish va ular orqali ta’limda samarali boshqaruv tizimini joriy qilishga qaratildi.

Seminar-treninglardan asosiy maqsad, ta’lim va tarbiya sifatini yanada oshirish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, shuningdek, formativ va summativ baholash jarayonlarini tatbiq etish, liderlik qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Seminar

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida biologiya fani oʻqituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.

🌱 "Interactive methods in teaching biology" mavzusida oʻtkazilgan trening Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda o’tkazilgan ilmiy-amaliy treningda ishtirok etgan oʻqituvchilar tomonidan olib borildi.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Seminar

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida ingliz tili fani oʻqituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.

"Positive pedagogy and effective classroom management" mavzusida oʻtkazilgan trening Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda o’tkazilgan ilmiy-amaliy treningda ishtirok etgan oʻqituvchilar tomonidan olib borildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Navoiy viloyatida "Zamonaviy taʼlimda zamonaviy direktorlar" mavzusida umumtaʼlim maktablarining direktor va direktor o‘rinbosarlari ishtirokida seminar oʻtkazildi.

Mazkur tadbir doirasida:

shaxsiy tartib-intizom;
professionallik
vatanparvarlik
milliy salohiyat
taʼlim va tarbiya
xalqaro taʼlim standartlari
kadrlar salohiyatini rivojlantirish
tizimli ish tashkil etish boʻyicha rejalar belgilab olindi.
#seminar

🤩 Agentlik tizimidagi Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "Ta’limda mukammallikka intilish" shiori ostidagi amaliy seminar-trening start oldi.

Shuningdek, Prezident maktablarining 2023/2024-oʻquv yilidagi natijalari va ularning tahlili, "Prezident maktablari-2030" strategiyasi va yangi oʻquv yilida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar boʻyicha ma’ruzalar tinglandi.

Eslatib oʻtamiz, amaliy seminar-trening 30-avgustga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Seminar_trening

Navoiy shahridagi Prezident maktabi hamda pedagogik mahorat markazi hamkorligida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening "Prezident maktablarida oʻquvchilarni oʻqitish, kasb-hunarga yoʻnaltirish va ularda tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha ilgʻor tajribalar" mavzusida boʻlib oʻtdi.

Bunda Prezident maktabi oʻquvchilarini oʻqitishda toʻplangan tajribalar Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi oʻqituvchilariga ulashildi hamda viloyatdagi umumtaʼlim maktablarida qoʻllash boʻyicha tavsiyalar berildi.