Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.18K subscribers
4.53K photos
458 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Vatan_tayanchi

Navoiyda Prezident hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi maktab jamoalari, harbiy xizmatchilar, mahalla faollari, faxriylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Navoiy shahridagi Prezident maktabining 20 nafar oʻquvchilari “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo qilinib, ularga harakatning koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi.
Forwarded from Hilola Umarova
Aziz ustozlar, qadrli vatandoshlar!

Avvalo, barchangizni milliy gʻururimiz — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, ona tilimiz bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Albatta, har bir inson uchun tugʻilib oʻsgan oʻz uyi va Vatani qanchalik aziz boʻlsa, ilk bor tili chiqqanda aytiladigan soʻzlarni ifodalovchi ona tili ham shu kabi muqaddas va qadrlidir.

Shu maʼnoda biz bugun moʻtabar sanovchi oʻz ona tilimiz — oʻzbek tilining hayotimizda tutgan oʻrni har qachongidan ham muhim ahamiyatga egadir.

Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni milliy oʻzligimiz va gʻururimiz timsoli boʻlgan ona tilimizning bugungi muhim sanasi bilan yana bir bor muborakbod etaman.

Jonajon ona tilimizning mehrli ziyosi doimo tafakkurimiz va qalblarimizni yoritib tursin!


Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
#ona_tilim_faxrim
#21_oktabr_Oʻzbek_tili_bayrami_kuni

Muhtaram Vatandoshlar!

Til milliy o‘zlik timsoli, millatning g'ururi. O'zbek tili bizga ajdodlardan meros va mustaqil davlatchiligimizning timsolidir.

Zero, til borki, millat yashaydi, madaniyat rivoj topadi. Har bir millatning eng qiymatli xazinasi bu uning milliy tilidir.

Bugungi bayram butun Oʻzbekiston xalqiga muborak bo'lsin! Barchangizga sog‘lik-omonlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz.

Ona tilimiz hamisha mag‘rur yangrasin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi jamoasi


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi

ONA TILIGA MUHABBAT - YUKSAK MAʼNAVIYAT BELGISI

Navoiy shahridagi Prezident maktabi hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati hamkorlikda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan ushbu ijtimoiy video rolikni tayyorlashdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#ona_tilim_faxrim

"Oʻzbek tili - milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!"

Navoiy shahridagi Prezident maktabi "Notiqlik" toʻgaragi aʼzolarining Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan tayyorlagan videoroligi.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#ona_tilim_faxrim

ZAKOVAT

Navoiy shahridagi Prezident maktabida  O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Surayyo Qurbonova boshchiligida Gʻafur Gʻulomning "Shum bola" asari va Oʻtkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asarlari boʻyicha Zakovat musobaqasi oʻtkazildi.

Natijalar bilan tanishing:

🥇1-oʻrin "Bilimdonlar" jamoasi
🥈2-oʻrin "Afsona" jamoasi
🥉3-oʻrin "Olov bolalar" jamoasi
#Navoiy_Prezident_maktabi

ESB XALQARO INGLIZ TILI - 2024

🏆 Navoiy shahridagi Prezident maktabining 5-sinf oʻquvchisi Xujanazarov Ibrohimbek Spelling Bee musobaqasining Malayziyada boʻlib oʻtadigan final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchimizga omad yor boʻlishini tilaymiz!