Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.17K subscribers
4.35K photos
445 videos
13 files
1.43K links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Dunyoni bilimlilar boshqaradi, kelajakni iste’dodlilar yaratadi. Bu haqiqatni Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi jarayonlarini kuzata turib yana bir bor teranroq his qildim.

Yevropa va Osiyo qit’asidagi 18 ta davlat o‘quvchi-yoshlari ishtirok etgan ushbu bahs jarayonlari o‘tgan vaqt davomida chinakam ma’nodagi katta bilimlar bellashuviga aylanib ketdi. 120 nafarga yaqin dunyo yoshlarini bir nuqtaga jamlagan ushbu olimpiada bahslarining qizg‘in va murosasiz kechganligini ishtirokchi o‘quvchilarning taassurotlaridan ham anglash qiyin emas.

Albatta, O‘rta asr sharq ilm-fani va madaniyatiga katta hissa qo‘shgan bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino ilmiy me’rosi va katta hayot yo‘li dunyoning deyarli barcha davlatlarida hozirga qadar chuqur o‘rganib kelinadi. Va uning tabobatga doir asarlari va tavsiyalari dunyo tibbiyotida keng qo‘llaniladi.

Buxoro ana shu buyuk vatandoshimiz nomi bilan ataluvchi katta bir tadbirga mezbonlik qildi. Bunda bilimlar bahs olib borsada, o‘zaro hurmat va do‘stlik yetakchilik qildi. Bu do‘stona kayfiyat ayniqsa yoshlarning Buxorodagi turli tarixiy va madaniy maskanlarga qilgan sayohatlarida yaqqol namoyon bo‘ldi, deyishimiz mumkin.

Bir so‘z bilan aytganda, bugun yakunlangan ushbu xalqaro olimpiada bahslari O‘zbekiston yoshlari uchun ham bir maktab bo‘lishi qatorida, kelgusidagi muhim musobaqalar oldidan katta tayyorlov vazifasini o‘tagani aniq.

Men mazkur olimpiadaning barcha ishtirokchilariga kelajakda bundanda katta omadlar tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
O‘quvchilarimiz 12 ta medal bilan peshqadamlikni qo‘lga kiritdi

Buxoroda o‘tkazilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi sovrindorlari taqdirlandi.

Umumiy hisobda 60 nafar (10 ta oltin, 20 ta kumush, 30 ta bronza) ishtirokchi o‘quvchilar turli darajalardagi medallar bilan taqdirlandi.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 12 ta (3 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza) medal bilan xalqaro olimpiadaning yakka peshqadamiga aylandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Biz Andijonda yashaymiz. Farzandim bir paytning o’zida Toshkentdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga hamda mazkur maktabning Andijondagi filialiga hujjat topshirishi mumkinmi?

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga hujjat topshiruvchi talabgorlar faqat o'zi yashayotgan hududdagi (Nukus shahri, Andijon shahar va Samarqand shahar) filialiga yoki Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga hujjat topshira olishadi.

❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.

Shu sababli o‘quvchi Toshkent shahridagi yoki o‘z hududidagi maktabga hujjat topshirgani maqsadga muvofiq.

Chunki o‘quvchida bir vaqtning o‘zida Toshkent shahridagi va o‘z hududidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining kirish imtihonida ishtirok etishi imkoni mavjud emas.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal