Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#prezident_maktablari
#seminar
✅ Xabar berganimizdek, Prezident maktablarining rahbar xodimlari uchun o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.
⏰ Trening davomida rahbar xodimlar tomonidan 2022-2023-o‘quv yilidagi erishilgan natijalar, kamchiliklar jumladan A-level imtihonlari natijalarining tahlili va yangi o‘quv yiliga ushbu yo‘nalishda belgilangan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari haqida fikr almashildi.
🗣 Shuningdek, Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish yo‘nalishidagi vazifalar, yangi o‘quv yili uchun tayanch o‘quv reja va dasturlar muhokamasi, yangi o‘quv yilida o‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatlarini tartibga solish, to‘garaklar faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida dasturlarni umumiy sinxronlikka keltirish kabi mavzularida o‘zaro muhokamalar olib borishdi.
📌 Eslatib o'tamiz, 26-avgust kuni ham Toshkent shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablarining akademik direktorlari va direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminari davom etadi.
📸 Seminar tafsilotlari bilan fotolavhalar orqali tanishishingiz mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#RaqamliAvlod
#InklyuzivITOromgohi
⚡️ Xabar berganimizdek, Inklyuziv "Raqamli avlod IT Oromgohi" onlayn va oflayn tarzda boʻlib oʻtmoqda.
✅ Oromgoh oflayn darslari 200ga yaqin umumta'lim, Prezident, ijod maktabi o'quvchilari va zaif eshituvchi bolalar maktablari tarbiyalanuvchilarini hamda universitet talabalarini qamrab olgan. Onlayn darslarda esa 2000dan ziyod yoshlar qatnashishmoqda.
📆 Eslatib o'tamiz, oromgoh joriy yilning 30-avgust kunigacha davom etadi.
❗️ Ushbu havolalar orqali onlayn darslar bo'yicha ma'lumotlar olishingiz va mentorlar bilan bog'lanishingiz mumkin:
🔸Sun'iy intellekt - https://t.iss.one/+1aYU6HwCw2pjZjk6
🔸React.js - https://t.iss.one/+Mq38K-OFAHcxNGZi
🔸 Python - https://t.iss.one/+Wx9GkI99SmlkZmIy
🔸.Net - https://t.iss.one/+4sfsGy0vd89kMjli
🔸Web dizayn - https://t.iss.one/+vK9o6uBUek4wMDAy
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#InklyuzivITOromgohi
🔸Sun'iy intellekt - https://t.iss.one/+1aYU6HwCw2pjZjk6
🔸React.js - https://t.iss.one/+Mq38K-OFAHcxNGZi
🔸 Python - https://t.iss.one/+Wx9GkI99SmlkZmIy
🔸.Net - https://t.iss.one/+4sfsGy0vd89kMjli
🔸Web dizayn - https://t.iss.one/+vK9o6uBUek4wMDAy
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rahbar_xodimlar_uchun_seminar
#prezident_maktablari
✅ Agentlikning Prezident maktablari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i To‘raboy Shermatov Prezident maktablarining rahbar xodimlari uchun bo‘lib o‘tgan o‘quv-seminari haqida.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#prezident_maktablari
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Maktablarning 10–11-sinf o‘quvchilari diqqatiga!
💥 “Yangi O‘zbekiston” universitetda CPU tayyorlov kurslariga qabul davom etmoqda!
⚡️ Endilikda siz mazkur tayyorlov kurslarida o‘qib, TOEFL hamda SAT sertifikatlariga ega bo‘lishingiz mumkin.
👨🏫 Kurslar yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.
👉 Kurs hamda qabul shartlari haqida batafsil ma'lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish: https://newuu.uz/uz/pre-university#apply
📄 Ushbu sertifikatlarga ega abituriyentlar yurtimizdagi va xorijdagi nufuzli oliy ta'lim muassasalariga kirishda imtiyozlarga ega bo'lishadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yangi o‘quv yili arafasida maktab ta’limidagi masalalarni muhokama qilish va ustuvor vazifalarni belgilab olish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Keyingi yillarda “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi”, degan ezgu g‘oya asosida bu sohada katta ishlar amalga oshirildi.
O‘tgan qisqa davrda yuzlab zamonaviy maktablar barpo etildi. Ilgari tajribamizda bo‘lmagan Prezident maktablari, ijod maktablari hayotimizga kirib keldi, ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytirildi. Yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratildi.
“Eng muhimi, maktablarimizda yangicha ruh, mazmun va muhit paydo bo‘ldi.
Bunda, hech shubhasiz, bolalar qalbining me’mori, muhandisi bo‘lgan hurmatli o‘qituvchi va murabbiylar uchun erkin ishlash imkoniyatini yaratib berganimiz muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Chunki o‘qituvchiga e’tibor – bu avvalo farzandlarimizga, ularning ta’lim-tarbiyasiga e’tibor, degani. O‘qituvchining obro‘si oshsa, maktabning obro‘si oshadi, ilmning, ta’lim-tarbiyaning qadri ko‘tariladi.
Shu sababli, muallim va o‘quvchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratayapmiz”, - dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Keyingi yillarda “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi”, degan ezgu g‘oya asosida bu sohada katta ishlar amalga oshirildi.
O‘tgan qisqa davrda yuzlab zamonaviy maktablar barpo etildi. Ilgari tajribamizda bo‘lmagan Prezident maktablari, ijod maktablari hayotimizga kirib keldi, ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytirildi. Yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratildi.
“Eng muhimi, maktablarimizda yangicha ruh, mazmun va muhit paydo bo‘ldi.
Bunda, hech shubhasiz, bolalar qalbining me’mori, muhandisi bo‘lgan hurmatli o‘qituvchi va murabbiylar uchun erkin ishlash imkoniyatini yaratib berganimiz muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Chunki o‘qituvchiga e’tibor – bu avvalo farzandlarimizga, ularning ta’lim-tarbiyasiga e’tibor, degani. O‘qituvchining obro‘si oshsa, maktabning obro‘si oshadi, ilmning, ta’lim-tarbiyaning qadri ko‘tariladi.
Shu sababli, muallim va o‘quvchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratayapmiz”, - dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Prezidentimiz yana bir bor maktab ta’limi kelajagimiz masalasi ekaniga e’tibor qaratdi.
“Mana shu imkoniyatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha o‘qituvchi va muallimlarni, o‘z maktabini sog‘ingan va “men ham o‘quvchi bo‘laman!” deb quvonchi ichiga sig‘may turgan farzandlarimizni, ularning ota-onalarini yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili bilan chin dildan tabriklayman.
Qadrli o‘qituvchi va muallimlar, maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlariga murojaat qilmoqchiman.
Aziz ustozlar, maktab ta’limi sohasidagi islohotlarimizni amalga oshirishda men sizlarni o‘zimning eng yaqin yordamchim, deb bilaman.
Sizlar bir haqiqatni albatta yaxshi tushunasiz. Ya’ni, biz maktab ta’limini yanada yaxshilash bo‘yicha qabul qilayotgan chora-tadbirlarimizning pirovard natijasi avvalo sizlarga, sizlarning fidokorona mehnatingizga bog‘liq.
Men sizlarning timsolingizda o‘z hayotini dunyodagi eng ulug‘ va olijanob ishga – yangi avlod tarbiyasiga bag‘ishlagan, o‘z kasbiga sodiq va fidoyi insonlarni ko‘raman.
Bugun sizlar ta’lim-tarbiya berayotgan, qalbini, ongini ezgulik bilan to‘ldirayotgan millionlab farzandlarimiz ertaga Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari bo‘lib bizning safimizga kiradi.
Vatanimiz, xalqimiz sizlarning bunday olijanob xizmatlaringizni hech qachon unutmaydi.
O‘qituvchilik kasbini e’zozlash, uning mehnatini qadrlash bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo‘ladi”, - dedi davlatimiz rahbari.
Yig‘ilish yakunida vazirlar va hokimlarning kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisoboti tinglandi.

➖➖➖