Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.18K subscribers
4.54K photos
458 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Zakovat_time
🔴🔴🔴

"ZAKOVAT" AMONG JUNIORS

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida 5-7-sinf oʻquvchi-yoshlari oʻrtasida "Zakovat" 2-tur bahs oʻyinlariga start berildi.

⭐️ O'yin bahs-munozaralarga boy va a'lo kayfiyatda boʻlib oʻtmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#ChSB_imtihonlari
💻💻💻

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA IMTIHONLAR BO‘LIB O‘TDI

❇️ Ushbu imtihonlar Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Navbahor, Konimex, Qiziltepa, Nurota, Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktablari hamda Navoiy shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ixtisoslik fanlaridan chorak yakunlari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

🌐🌐🌐
📩 | Telegram
👍 | Facebook
❤️ | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_University_exam_2023

🔴🔴🔴 Ayni damda Navoiy shahridagi Prezident maktabida Yangi O‘zbekiston universitetiga qabul imtihonlarining saralash bosqichi boshlanish arafasida.

Ushbu jarayonlarni quyidagi havola orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib borishingiz mumkin:
⬇️⬇️⬇️

https://youtube.com/live/XB-rtBHPCa0?feature=share
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#exam_2023
#New_Uzbekistan_University

Navoiy shahridagi Prezident maktabida bo‘lib o'tayotgan Yangi O‘zbekiston universitetiga 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul imtihonlari foto galereyasini e'tiboringizga havola etamiz...

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika
#Direktorlar_kengashi

ENDI 14 TA HUDUDDA "DIREKTORLAR KENGASHI" TASHKIL ETILADI

✔️Kengash tomonidan direktorlikka nomzodlar suhbatdan o'tkaziladi va lavozimga tavsiya etiladi.

✔️Maktab direktorlarining vakolatlari kengaytiriladi.

❗️Batafsil infografikada

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari 22-may sanasida maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi tizimini rivojlantirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Ta'kidlash joizki, Yangi Oʻzbekistonda barcha jabhalar qatori ijtimoiy sohadagi rivojlanish ham ustuvor masalalar sirasida turadi. Bu borada ta'lim tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar barchani birdek quvontirmoqda.

Yosh boʻlishiga qaramasdan, shijoatli, yaratuvchan va yangilikka intiluvchan, muallim dardini his eta oladigan hamda kelajak avlod ravnaqi yoʻlida pedagoglar mavqeini yuksaltirishni maqsad qilgan Hilola Umarova yurtboshimizga qanot boʻlib, sohani isloh qilishda o‘zining bir qator takliflarini kiritdi. Oʻz navbatida, prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu takliflarni ma'qullab, ta'lim tizimi faoliyatini transformatsiya qilish, oʻqituvchilarning malakasi va ragʻbatini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Ishonamizki, ushbu taklif va tashabbuslar tadbiq etilar ekan, taʼlim tizimida yangicha davr va yangi oʻzgarishlar boshlanishining debochasi boʻlajak!

Milliy ta'lim tizimimizni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan Hilola Oʻktamovnaga doimo omad yor boʻlishini tilab qolamiz!

🌐🌐🌐
🌐 | Telegram
🌐 | Facebook
🌐 | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Умумий ўрта таълим мактабларининг битирувчи ёшларига табрик

Поздравление выпускникам общеобразовательных школ

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Aziz bitiruvchilar, qadrli o‘g‘il-qizlar!

Mana, hayotingizdagi eng hayajonli va unutilmas kun ham yetib keldi — siz maktabni tark etyapsiz.
Maktablarimizning aziz bitiruvchilari!

Sizlarni maktablarimizni muvaffaqiyatli tamomlab, begʻubor oʻquvchilik yillaringizni ortda qoldirib mustaqil hayot sari ilk qadam tashlayotganingiz bilan chin dildan tabriklayman.

Mustaqil hayot goʻzal va jozibali, albatta. Shu bilan bir qatorda sizdan katta masʼuliyat va ulkan shijoat ham talab etadi. Ishonamanki, jonajon maktablaringizda mehribon ustoz-murabbiylaringizdan olgan taʼlim-tarbiyangiz hayot yoʻllaringizni oʻchmas mashʼala misol hamisha yoritib turadi.

Maktabni tamomlamasdan turib Garvard, Chicago, California, Pennsylvania, Cardiff, Arizona, Nottingham kabi dunyoning nufuzli Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilinganingiz bilan tabriklayman.

Yurtimizda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi zamonaviy Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni joriy yilda 4293 nafar yigit-qizlarimiz tamomlamoqda. Prezidentimiz aytganlaridek, sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz – bizning ishonchimiz va tayanchimiz, Yangi Oʻzbekistonning oltin fondi, bebaho xazinasidir.

Qadrli oʻqituvchi va ustozlarimiz!

Shunday hayajonli daqiqalarda Sizlarning sharafli va masʼuliyatli kasbingizga sadoqat va fidoiylik bilan yondashib, har bir oʻquvchini oʻz farzandingizday bilib ularga bilim berganingizni alohida taʼkidlab oʻtmoqchiman.

Muhtaram muallim va murabbiylar Sizlarning zamon bilan hamnafas fikrlashingiz, oʻz ustingizda tinimsiz mehnat qilayotganingiz, izlanish va talabchanligingiz, qolaversa, mashaqqatli xizmatlaringiz sabab oʻquvchilarimiz barcha sohalarda yuksak marralarni qoʻlga kiritib kelmoqda.

Aziz oʻquvchilar!

“Soʻngi qoʻngʻiroq” sadolarini katta hayotga kirish uchun chalingan bong deb qabul qiling.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, sizlar inson har tomonlama erkin, ozod va farovon yashaydigan yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar.

Oʻrganish va izlanishdan aslo charchamang!

Barchangizga oʻqish va ishlaringizda omad tilayman.

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari
agentligi direktori