Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.2K subscribers
5.26K photos
510 videos
14 files
1.64K links
Download Telegram
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Tanlov

Navoiy shahridagi Prezident maktabida "1-dekabr - Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni" munosabati bilan o‘quvchilar o‘rtasida mavzuga doir rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov jarayonlari bilan fotosuratlarda tanishishingiz mumkin...

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
👍8👏1
#Tanlov
#Эълон

📣Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi oʻqituvchilar va oʻquvchilar uchun “Renessans” sogʻlomlashtirish oromgohining logotipini yaratish boʻyicha ijodiy tanlov eʼlon qilinadi!

Unda Prezident maktablari, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlar, ijod maktablari oʻqituvchilari va oʻquvchilari hamda “Yangi Oʻzbekiston” universitetining talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari:

✔️ Logotip “Renessans” sogʻlomlashtirish oromgohi faoliyati mohiyatini yoritib beruvchi ramziy xususiyatlarga, betakror badiiy yechimga, badiiy gʻoyaning izchilligiga ega boʻlishi;
✔️Oromgoh faoliyati yoʻnalishlariga mosligi, logotip iqtidorli yoshlar, sanʼat, sport, ilm-fan, mazmunli dam olish va sogʻlomlashtirishni ifodalashi, “Renessans” yozuvi boʻlishi, shuningdek, renessansni aks ettirishi;
✔️Logotipda davlat ramzlari shakllari hamda tasvirlaridan foydalanish mumkin emas;
✔️Logotipning qismlari yoki boshqa oromgohlarga tegishli logotiplar yoki dizaynning elementlari yoki qismlari boʻlmasligi zarur va tanlov oʻtkazilguniga qadar biror joyda namoyish etilmagan boʻlishi shart.

📆Ishlab chiqilgan logotip loyihalari 2023-yil 20-fevral soat 18:00 ga qadar [email protected] elektron manziliga yuborilishi lozim.

📞Qo'shimcha ma'lumot uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: 71 207 20 17 (292).

❗️Ijodiy tanlov natijalariga koʻra birinchi oʻrinni egallagan ishtirokchi Agentlikning estalik sovgʻasi bilan taqdirlanadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tanlov
#Ikkinchi_bosqich

📝 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga hujjat topshirib, saralash bosqichidan oʻtgan pedagog-kadrlar diqqatiga

❗️Tanlovning ikkinchi – test bosqichi shu yilning 25-mart kuni Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida oʻtkaziladi.

⭕️ Test sinovlariga belgilangan vaqtda kechikmasdan kelishingiz soʻraladi! Imtihonga kechikkan oʻqituvchilar test sinovlariga qoʻyilmaydi!

🪪 Oʻzingiz bilan fuqarolik pasportini olishni unutmang.

📆 Test sinovlari faqat bir kun – 25-mart sanasida bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
👍61
#Tanlov
#Ikkinchi_bosqich

❗️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyoj (vakant o'rinlar)ni qoplash maqsadida o'tkazilayotgan Tanlovning ikkinchi – test bosqichi bo'lib o'tmoqda.

💡Maʼlumot uchun: Test sinovlari Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida o'tkazimoqda.

👉 Jarayonlarni jonli efirda kuzatishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/watch?v=AVcdlmjKPH8

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
👍2
#Tanlov
#Qushlarni_asraylik

❗️Tabiat resurslari vazirligi 1-aprel — "Xalqaro qushlar kuni" munosabati bilan ''Qushlarni asraylik'' Respublika tanlovini e'lon qildi.

⚡️ 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan ushbu tanlov shartlari juda ham oddiy. Shinam va chiroyli qush uyasini yasang hamda g'olib bo'ling. Ishtirok etish uchun @uzecoilm_bot orqali ro'yxatdan o'ting.

📝 Ro'yxatdan o'tish 30-mart kuni yakunlanadi. Tanlov 1-aprel kuni Respublikamizning barcha hududlaridagi istirohat bog'lari va jamoat parklarida o'tkaziladi. Toshkent shahri bosqichi Botanika bog'ida bo'lib o'tadi.

📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
+998996339942 va https://teletype.in/@uzecoilm/qushlarkuni

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube