Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.21K subscribers
5.29K photos
513 videos
14 files
1.66K links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Mana so‘nggi 4 kun davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 10 mingdan ortiq maktab rahbarlari, ular orqali o‘qituvchilarga vazirlik oldiga qo‘ygan missiyalarni yetkazish maqsadida "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasini amalga oshirdi.

Xo‘sh, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o‘z oldiga qanday vazifalar qo‘ymoqda?

Birinchi maqsad — vazirlik tizimidagi barcha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish;
Ikkinchi maqsad — zamonga moslasha oladigan, ta'limda innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy pedagog kadrlar uchun kasbiy rivojlanish muhitini yaratish;
Uchinchi maqsad — tizimda shaffoflikni ta'minlash maqsadida jamoatchilik, ota-onalar, o'qituvchilar va barcha manfaatli tomonlar bilan kommunikatsiya o‘rnatish.

“Liderlar haftaligini” boshlash avvalida bizda kuchli hayajon bor edi. Ijtimoiy tarmoqlarda treninglarda ishtirok etgan direktorlarning taassurotlarini o‘qir ekanman, qaysidir ma'noda oldimizga qo‘ygan maqsadga erishish uchun ilk qadamni to‘g‘ri qo‘yganimizga amin bo‘ldim.

Loyihamizning asosiy maqsadi nima edi? Jamoada sog‘lom muhit yaratib, bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, shaffoflikni har narsadan ustun qo‘yadigan, zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor liderlarga aylanishiga turtki berish bilan birgalikda direktorlarning maktab ta'limini rivojlantirish bilan bog‘liq fikrlariga quloq tutish edi.

Albatta 4 kun bu juda kam, lekin bu ilk qadam va bu yo‘nalishdagi ishlar doimiy ravishda davom etadi. Biz esa ta'lim sifatini ko‘tarishda, sifatli tizim yaratishda fidoyi o’qituvchilar, biz bilan hamkorlikka tayyor ota-onalar hamda halol, jonkuyar, o‘z ishini sevadigan shijoatli maktab liderlariga suyanamiz. Vazirlik esa o‘z o‘rnida turli tashkilotlarning maktab faoliyatiga aralashuvlariga chek qo‘yish ustida doimiy ish olib boradi.

Unutmang, bugun biz ta'lim va tarbiya berayotgan bolalar ertaga bizning kelajagimizni quradi!
3🔥2
#Navoiy_Prezident_maktabi

PROFESSIONAL DEVELOPMENT

🧩 Navoiy shahridagi Prezident maktabida fan oʻqituvchilari bilan navbatdagi PD (Professional development) yaʼni kasbiy rivojlanish treningi boʻlib oʻtdi.

"Taʼlim tarbiya jarayonida Google imkoniyatlaridan foydalanish" mavzusidagi taqdimot namoyishi orqali o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olgan holda oʻz tajribalari bilan bo‘lishishdi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
👏4👍3
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Speech_time
#Boburxonlik

❇️ Ertalabki "Speech time" Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan 11-green sinf oʻquvchisi Komilov Nurmuhammad "Shoh va shoir" mavzusidagi taqdimotini namoyish etdi.

Bugun yoshlar oʻrnak olsa arzigulik benazir shaxs Mirzo Boburning hayot yoʻllari va insoniy sifatlari borasida qizgʻin suhbat boʻldi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
👍10🔥2👏2
#Navoiy_Prezident_maktabi

Bugun "Haftaning notiq oʻquvchisi" loyihasi doirasida 10-sinf oʻquvchisi Madina Umarovadan motivatsion "Speech" eshitildi.

❇️ "Xotira va uni rivojlantirish usullari" mavzusida 6-sinf oʻquvchisi Tohirova Zebizar qiziqarli va foydali boʻlgan taqdimotni namoyish etib, eslab qolish uchun tushunish hamda xotira pasayishini oldini olishga qaratilgan maʼlumotlarni aytib oʻtdi.

Oʻquvchilar xotirani mustahkamlashga qaratilgan mashqlarni bajarib, koʻtarinki kayfiyatda dars mashgʻulotlariga kirishishdi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
👍9🤩21
#Navoiy_Prezident_maktabi

✳️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida tonggi "Speech" time" davlat madhiyasi bilan boshlandi.

♻️ "Haftaning notiq oʻquvchisi" loyihasi doirasida 10-sinf oʻquvchisi Shahzoda Niyazovadan motivatsion "Speech" eshitildi.

❇️ "Kitoblar haqida biz bilmagan faktlar" mavzusida 6-sinf oʻquvchisi Rustamov Shohjahon qiziqarli va kreativ taqdimotni o'quvchilar e'tiboriga namoyish etdi.


⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
👍6👏1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekiston” universitetida sun’iy intellekt bo‘yicha tashkil etilayotgan AI REWIND 2022 tadbirida qatnashish istagida bo‘lgan yoshlarga tadbir spikerlari video murojaatlar yo‘llashdi!

📌 Eslatib o‘tamiz, tadbir 18-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting.

Speakers of the event sent video messages to young people who want to participate in the AI REWIND 2022 organized on artificial intelligence at New Uzbekistan University!

📌 We remind you that the event will be held on February 18. Register to attend the event.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Navoiy_Prezident_maktabi

INTERNATIONAL ACADEMIC MARATHON

❇️ Xalqaro akademik marafonda fizika, kimyo, biologiya, matematika fanlari boʻyicha Oʻzbekiston yoshlari orasidan Navoiy shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari ilk bora 117 davlat yoshlari bilan online bellashib, yuqori natijalar koʻrsatishdi.

🏅 Ushbu Xalqaro akademik marafonda fizika fani boʻyicha 11-sinf oʻquvchisi Kamoliddin Mirzayev bronza medali sohibi boʻldi.

Yutuqlar bardavom boʻlsin! Oʻquvchilarimizga doim omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
👏9🤩4🔥2🎉1