Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.17K subscribers
4.47K photos
457 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Liderlar_haftaligi

ZAMONAVIY MAKTAB LIDERLAR NIGOHIDA

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar Navoiy viloyatida ham davom etmoqda.

❇️ Seminar-treninglarning asosiy maqsadi maktab rahbarlarini haqiqiy lider-yo‘lboshchi bo‘lishga undash, maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayonining shaffofligini ta’minlash, maktabda ijobiy, farovon muhit yaratish orqali sifatli ta’lim tizimini rivojlantirish.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Alisher_Navoiy_tavalludining_582_yilligi

NAVOIY MEROSI YOD ETILDI

Bugun maktabimizda Alisher Navoiy ijodi, uning Vatan va millat ravnaqi yo‘lida qoldirgan beqiyos merosi o‘quvchilar tomonidan yana bir bor yod etildi.
Ul zot tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlab ma'naviy va ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi.


⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga borib qardosh turk xalqiga hamdardlik bildirdi
_
🇹🇷Okul Öncesi ve Okul Eğitimi Bakanı Hilola Umarova Türkiye Cumhuriyeti'nin Özbekistandaki Büyükelçiliğini ziyaret ederek kardeş Türk halkına taziyelerini iletti.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Sun'iy intellektga qiziqasizmi? Unda bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

💥 AI REWIND2022 — O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirishning yil yakunlari sarhisobiga bag'ishlangan keng miqyosdagi tadbirdir. Tadbirda mazkur sohadagi yetakchi IT-kompaniyalar, jumladan, Alif Tech, Uzum, Billz, Iman Invest, Uztelecom, Ucell, Mobiuz va boshqa IT kompaniyalar vakillari ishtirok etadilar.

Sun'iy intellekt texnologiyalari ko'rgazmasi, ma'ruzalar, soha vakillari bilan muloqot - barchasi bir joyda va faqat bir kunda!

🗓 Sana: 18.02.2023
⚡️ Vaqti: 10:00 dan 18:00 gacha
📌 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti
💰 Narxi: bepul

❗️Bot orqali ro'yxatdan o'ting!
👉 @mlcEventsBot

——————
Tadbir haqida barcha ma'lumotlar ushbu kanalda: @ml_iut_club
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Alisher_Navoiy_tavalludining_582_yilligi

ZAKOVAT

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bagʻishlab, "house"lar oʻrtasida Zakovat intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

Natijalarga koʻra:
1-oʻrin
ni Prosyon
2-oʻrinni Vega va Capella
3-oʻrinni Arcturus jamoalari egalladi.

Oʻyinda 11-Blue sinf oʻquvchisi Mirzayev Kamoliddin "Eng bilimdon oʻquvchi" deb topilib, "Alisher Navoiy shoh baytlari" kitobi bilan taqdirlandi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
Mana so‘nggi 4 kun davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 10 mingdan ortiq maktab rahbarlari, ular orqali o‘qituvchilarga vazirlik oldiga qo‘ygan missiyalarni yetkazish maqsadida "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasini amalga oshirdi.

Xo‘sh, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o‘z oldiga qanday vazifalar qo‘ymoqda?

Birinchi maqsad — vazirlik tizimidagi barcha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish;
Ikkinchi maqsad — zamonga moslasha oladigan, ta'limda innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy pedagog kadrlar uchun kasbiy rivojlanish muhitini yaratish;
Uchinchi maqsad — tizimda shaffoflikni ta'minlash maqsadida jamoatchilik, ota-onalar, o'qituvchilar va barcha manfaatli tomonlar bilan kommunikatsiya o‘rnatish.

“Liderlar haftaligini” boshlash avvalida bizda kuchli hayajon bor edi. Ijtimoiy tarmoqlarda treninglarda ishtirok etgan direktorlarning taassurotlarini o‘qir ekanman, qaysidir ma'noda oldimizga qo‘ygan maqsadga erishish uchun ilk qadamni to‘g‘ri qo‘yganimizga amin bo‘ldim.

Loyihamizning asosiy maqsadi nima edi? Jamoada sog‘lom muhit yaratib, bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, shaffoflikni har narsadan ustun qo‘yadigan, zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor liderlarga aylanishiga turtki berish bilan birgalikda direktorlarning maktab ta'limini rivojlantirish bilan bog‘liq fikrlariga quloq tutish edi.

Albatta 4 kun bu juda kam, lekin bu ilk qadam va bu yo‘nalishdagi ishlar doimiy ravishda davom etadi. Biz esa ta'lim sifatini ko‘tarishda, sifatli tizim yaratishda fidoyi o’qituvchilar, biz bilan hamkorlikka tayyor ota-onalar hamda halol, jonkuyar, o‘z ishini sevadigan shijoatli maktab liderlariga suyanamiz. Vazirlik esa o‘z o‘rnida turli tashkilotlarning maktab faoliyatiga aralashuvlariga chek qo‘yish ustida doimiy ish olib boradi.

Unutmang, bugun biz ta'lim va tarbiya berayotgan bolalar ertaga bizning kelajagimizni quradi!