Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.17K subscribers
4.55K photos
458 videos
13 files
1.46K links
Download Telegram
#Navoiy_Prezident_maktabi

Navoiy shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalar agentligi Bitiruvchilar Kengashi Xalqaro aloqalar va taʼlim tashkilotlari bilan ishlash boʻyicha rais oʻrinbosari maktabimiz bitiruvchisi Shavkatov Utkirbek hamda El-yurt umidi stipendianti Ramazonov Abduaziz bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.


“Yangi Oʻzbekiston” universiteti haqida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shu bilan bir qatorda maktabni tamomlagach, bitiruvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
#ota_onalar_diqqatiga

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH UCHUN TAYYORLAYDIGAN OʻQUV KURSLARI MAVJUD EMAS!

Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida tayyorlov kurslarining e’lonlari juda koʻp uchramoqda.

⚠️ Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ham koʻpaygan.

📌 Bu kabi telegram kanallar va tayyorlov kurslarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yoʻq!

‼️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablariga kirish uchun hech qanday ORALIQ SINOV IMTIHONLARI oʻtkazilmaydi!

🤩 Prezident maktablari boʻyicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy sahifalari orqali berib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Диёр 24». Президент мактаби ўқувчилари ватанпарварлик тадбирларида иштирок этди.
@Navoiy_trk
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli yurtdoshlar, Vatanimiz posbonlari!
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar!


Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan samimiy qutlayman.

Yurtimizning tinchligi, sarhadlarimizning daxlsizligini ta’minlashda shubhasiz sizning ulkan hissangiz va mehnatingiz mujassam. Sizning mardonavor faoliyatingiz yosh avlod uchun ibrat maktabidir. Ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarimizni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida ko‘rsatayotgan jonbozligingiz tahsinga sazovor.

Vatanni sevish, u uchun fidokorona xizmat qilish hamda har doim yurt koriga yarash uchun shay bo‘lish — bu insondagi eng ulug‘ tuyg‘ulardan biri hisoblanadi. Shu o‘rinda sizning sharafli faoliyatingiz har qancha faxr va ehtiromga loyiqdir.

Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik ona Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi xizmatingizda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Siz bizning iftixorimiz va ishonchimizsiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Qudrating_yuksalsin_mening_armiyam

XALQ VA ARMIYA BIR TANU BIR JON!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Vatanimiz himoyasi va rivoji uchun turli xil kasblarda xizmat qilayotgan O‘zbekiston o‘g‘lonlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlaydi.

Mamlakatimiz tinchligini saqlash yo‘lida amalga oshirayotgan fidokorona xizmatlaringizda muvaffaqiyat hamisha yor bo‘lsin! Sog‘lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев "Абу-Даби барқарор ривожланиш ҳафталиги" очилиши ҳамда Шайх Зоид номидаги мукофот ғолибларини, шу жумладан Тошкентдаги Президент мактабини тақдирлаш маросимида иштирок этди

Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в открытии "Недели устойчивого развития Абу-Даби" и церемонии награждения победителей премии имени Шейха Заида, в числе которых Президентская школа в Ташкенте

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Assalomu alaykum!
Sizlar bilan yana bir xushxabarni boʻlishmoqchiman!


Bugun Abu-Dabida boʻlib oʻtgan “Zayed Sustainability Prize” tanlovining taqdirlash marosimida Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Paxlavon Gʻulomov hamda 9-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashrapov “Global High schools” (global maktablar) yoʻnalishida yomgʻir suvini qayta ishlab iste’mol uchun yaroqli holga keltirish loyihasi bilan qatnashib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchilarimizga mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi. Taqdirlash marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va oʻquvchilarimizni gʻalaba bilan qizgʻin tabrikladi.

Oʻquvchilarimiz tomonidan ilgari surilgan loyihada ichimlik suvi tanqisligi mavjud tuman va qishloqlardagi foydalanilmayotgan yer maydonlarida katta miqdorda yomgʻir suvini toʻplash uchun yopiq hovuz (sisterna) va filtrlovchi uskunalar yordamida suvni qayta ishlab ichimlik va kundalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish nazarda tutilgan.

Yildan yilga ichimlik suvi taqchillashib borayotgan bugungi kunda ayni shu kabi loyihalar juda ham ahamiyatli va dolzarb ekanligi xorijiy ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

2024-yilda 156 ta davlatdan ariza topshirgan 6 mingga yaqin ishtirokchilarning loyihalari orasidan finalda ishtirok etuvchi 33 ta loyiha tanlab olingan. Ular orasida Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilarining gʻolib boʻlgani quvonarli hol, albatta.

Endilikda oʻquvchilarimizning ushbu global miqyosdagi loyihalarini moliyalashtirish uchun tashkilotchilar tomonidan 150 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi hamda ushbu gʻoya hayotga tatbiq etiladi.

Ularning ushbu natijalari ortida tinimsiz oʻqish va izlanish yotibdi. Ilm yoʻlida tunni kunga, kunni tunga ulagan har bir oʻquvchi kun kelib yuksak marralarni zabt etishi shubhasiz.

Aziz yoshlar, ilm oʻrganishdan aslo charchamang. Bugun oʻrganayotgan bilimlaringiz, egallayotgan koʻnikmalaringiz ertaga Yangi Oʻzbekiston nomini yanada koʻklarga koʻtaradi!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi

KELAJAK AVLOD TAʼLIMI UCHUN BARCHAMIZ BIRLASHAYLIK!

🤩 Navoiy shahridagi Prezident maktabi jamoasi viloyat markazidan 300 km uzoqlikda joylashgan Konimex tumani Otamurod qishlog‘i Uchtepa ovulidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Bundan maqsad tajriba almashish, hududdagi ta’lim tizimini rivojlantirishga hissa qo‘shish va maktab jamoasi bilan samarali muloqot qilish edi.

Tashrif davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ular bilan suhbatlar tashkil etildi. Bundan tashqari, Prezident maktabining tajribali pedagoglari tomonidan STEAM fanlaridan master-klasslar o‘tkazildi. Ushbu darslar nafaqat o‘qituvchilarga yangi bilim va ko‘nikmalarni taqdim etdi, balki ularni amaliy jihatdan qo‘llash imkoniyatlarini ham o‘rgatdi.

Shu bilan birga, Prezident maktabi bitiruvchisi, bugungi kunda xalqaro maydonda tan olingan, Abu-Dabida joylashgan nufuzli New York Universiteti talabasi Ahrorbek Nazarov tomonidan maktabning bitiruvchi sinflari uchun universitetga kirish jarayonlari, talabalik hayoti va muvaffaqiyatli o‘qish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tashrif yakunida Prezident maktabi jamoasi bilan mahalliy maktab o‘rtasida kelgusida hamkorlik qilish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlar imzolandi. Ushbu tashabbus olis hududdagi maktablar uchun yangi imkoniyatlar yaratib, ta’limni rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi

OʻZBEGIM OʻGʻLONLARI - VATANIM POSBONLARI

Navoiy shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.

Mardlik va matonat, Vatanga sadoqat ila yurt tinchligini himoya qilayotgan Vatanimiz himoyachilariga bagʻishlangan tadbirda maktabimiz xotin-qizlari jamoasi ijrosida tayyorlangan chiqishlar yig‘ilganlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Bayramingiz muborak boʻlsin! Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida qilayotgan mehnatlaringizni biz yuksak qadrlaymiz!
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli Prezidentimiz olib borayotgan ochiq tashqi siyosat tufayli mamlakatimiz yoshlariga dunyoning nufuzli universitetlari eshik ochyapti. Ertadan boshlab “Yangi O‘zbekiston” universitetining bir guruh talabalari Birlashgan Arab Amirliklarining Xalifa universitetida bir semester mobaynida o‘qishni davom ettirishadi.

Talabalar Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Mexanika muhandisligi va Dasturiy ta`minot muhandisligi yo‘nalishlarini tanlashgan. Yurtimizda bugun zamonaviy mihandislarga ehtiyoj katta.

Bundan 2 yil avval BAAga xizmat safarimiz davomida Xalifa universiteti bilan talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olgan edik.

Kelajakda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlab, ikkala universitet o‘rtasida bundan-da yirik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

@hilola_umarova
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

IZhO-2025 YAKUNIY NATIJALARI E'LON QILINDI

🏆 Xalqaro Jautikov olimpiadasi natijalariga ko‘ra Navoiy shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchisi Salimov Sardor informatika yo‘nalishida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Quvonarlisi shundaki, ushbu yo‘nalishida qatnashgan barcha 5 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchilar medal bilan yurtimizga qaytishadi!