Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.17K subscribers
4.34K photos
444 videos
13 files
1.43K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

XOTIRA - AZIZ, QADR - MUQADDAS!

🇺🇿 Navoiy shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Xotira maydonida bo‘lib, Ulug‘ vatan urushida jonlarini fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasini yod etishdi.

🎗 Yoshlikning navqiron chog‘larini urush olovlarida, janggohlarda o‘tkazib, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashgan insonlar jasoratining beqiyosligini chuqur his etib, xotirladilar.

Maktabimizda 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Xotira aziz, qadr abadiy" nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etdi.

O‘tganlarning xayrli ishlarini yodga olmoq, qadrlamoq biz uchun ham farz, ham qarzdir!
Forwarded from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Hurmatli vatandoshlar,
Qadrli pedagoglar!

Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi.

Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi.

Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Brifing_Qabul_2024
#Live_

⚡️ 2024/2025-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli

AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ishtirokida shu mavzuda brifing boshlandi.

Quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin:

📹 Jonli efir

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari iyun oyidan boshlanadi, imtihonlar esa iyul oyida o‘tkaziladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi.

Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi.

❗️Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan quyidagi hujjatlar onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi:

➡️o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

➡️imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;

➡️o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari.

✍️ Hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.

📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.

📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.

✍️ Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Ochiq_eshiklar_kuni

⚡️ Navoiy shahridagi Prezident maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

Ochiq eshiklar kunida:
Maktabdagi ta'lim tizimi va o‘qitish metodikasi haqida ma'lumot;
O‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan  namunalar);
Maktab binosi bo‘ylab sayohat;
Qiziqarli loyihalar bilan tanishishingiz mumkin.

📆 18-MAY
10:00
📍 Manzil: Navoiy shahri, Navoiy ko‘chasi 34B-uy.

Ma'lumot uchun:
@Oydin_psychologist

Ochiq eshiklar kunida maktab hayoti haqida maʼlumotlarga ega boʻlishingiz mumkin.
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda
ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:
aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga;
tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi.

🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJATLAR QABULI EʼLON QILINDI!

🗺 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 2024-yilning 1-iyun sanasidan 20-iyun sanasigacha davom etadi.

🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

#Prezident_maktablari
#Ijod_maktablari
#Ixtisoslashtirlgan_maktablar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi

Navoiy shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli sport-sogʻlomlashtirish tadbirlari tashkil etilmoqda.

🏹 Navoiy viloyat Milliy Gvardiya Qoʻriqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻquvchilar oʻrtasida kamondan oʻq otish sport musobaqalari oʻtkazilib, unda oʻquvchi-yoshlar faol ishtirok etishdi.

🏆 Gʻolib boʻlgan jamoa hamkor tashkilot tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

TASHKENT INTERNATIONAL MATHEMATICS OLYMPIAD-2024

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Toshkent Xalqaro matematika olimpiadasida faol qatnashib, sovrinli oʻrinlarni egalladi.

🥈2-oʻrin – Javohir Ostonaqulov 5-sinf oʻquvchisi.
🥈2-oʻrin – Ruziqulov Bektosh 8-sinf oʻquvchisi.

💫 Zukko yoshlarimiz kumush medallarni qoʻlga kiritishdi, shu bilan bir qatorda oʻquvchilar va ularning ustozlari bazaviy hisoblash miqdorining 16 baravarida mukofot sovrindori boʻldilar.
#Navoiy_Prezident_maktabi

PRESENTATION ABOUT HOUSE MASCOTS

Navoiy shahridagi Prezident maktabida bugun tonggi "speech time"da "house"lar tomonidan taqdimotlar namoyish etildi.

Har bir jamoadan 8-sinf o‘quvchilari "house" timsollarining tarixi, "mascot" tayyorlash jarayonidagi qiziqarli voqealar, jamoaviy birdamlik haqida nutq so‘zlashdi.