Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.12K subscribers
5.04K photos
494 videos
14 files
1.57K links
Download Telegram
YANGI YIL SHUKUHI

Yangi yil bayrami sovg‘alar hamda o‘yin-kulgular hamrohligidagi ko‘tarinki kayfiyat bilan alohida ajralib turadi.

Yaqinlashib kelayotgan mazkur bayram munosabati bilan Navoiy shahridagi Prezident maktabida kasaba uyushmasi qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan barcha xodimlarga bayram sovgʻalari ulashildi.
🔴 “Prezident archasi” tadbirining birinchi seans dasturi bo‘lib o‘tdi

Yangi yil bayrami munosabati bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan “Prezident archasi” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

  “Yangi yil ertaklari” mavzusida o‘tkazilgan bayram tadbirida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi hamda bolajonlarni Yangi yil shodiyonasi bilan tabrikladi.

👨‍👧‍👧 Poytaxtimizdagi “Tomosha” bolalar teatr studiyasida tashkil etilgan bayram dasturida Mehribonlik uylari, oilaviy bolalar uylari, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uylari tarbiyalanuvchilari, yetim bolalar va ota-ona qaromog‘idan mahrum bo‘lgan, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan oilalarning 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalari qatnashdi.

👏 Tadbir davomida bir guruh bolajonlarga “Prezident sovg‘asi” berildi.

❗️“Prezident archasi” tadbirining takroriy seanslari joriy yilning 29-30-dekabr kunlari soat 10:00 va 14:00 larda bo‘lib o‘tadi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1415

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_yilingiz_bilan

Xorijlik professorlardan o‘zbek tilidagi tabriklar


“Yangi O‘zbekiston" universitetida Germaniya, Xitoy, Koreya, Eron, Misr, Turkiya, Portugaliya va Pokistondan kelgan xorijlik professor-o‘qituvchilar barcha yurtdoshlarimizga o‘zbek tilida yangi yil tilaklari bildirishdi.

#new_year #tabriklar #professors

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Sizlarni yaqinlashib kelayotgan yangi 2024-yil bilan samimiy qutlab, barchangizga ulkan kasbiy muvaffaqiyatlar tilayman.

Yakunlanib borayotgan yilda hurmatli Prezidentimiz boshchiligida maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishda tarixiy o‘zgarishlar yuz berdi, deyishga to‘la asoslarimiz bor. Shuningdek, tizim xodimlari chinakam katta ahil oilaga aylandik. Oldimizga qo‘yilgan murakkab vazifalarni sidqidildan bajarishga qodir mehnatsevar, ma’rifatparvar jamoa shakllandi.

Bir necha soatlardan keyin boshlanajak yilda ham ta’lim islohotlari jadal davom etishiga, bu jarayonga katta-yu kichik hamkasblarimiz birdek mas’uliyat bilan hissa qo‘shishiga chin dildan ishonaman!

O‘ylaymanki, 2024-yilda ham ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarimizni o‘zaro hamjihatlik va g‘ayrat-shijoat bilan davom ettiramiz.

Buyuk maqsadlar yo‘lida barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ulkan muvaffaqiyatlar va bardavom zafarlar tilab qolaman!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Yakunlanib borayotgan 2023-yil mamlakatimiz uchun barcha jabhalarda barakali yil boʻldi, deyishimizga barcha asoslarimiz bor.


“Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da ham Davlatimiz Rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida sohada keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.

Shu yil qabul qilingan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni ham ta’lim sifati va o‘qituvchi maqomini oshirish masalasi Yangi O‘zbekistonda ortga qaytmas islohotlarning muhim bo‘g‘iniga aylanganidan dalolat beradi.

Prezidentimizning sohaga qaratayotgan eʼtibori sababli Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlarning bir qismigina aks ettirilgan videolavhani eʼtiboringizga havola etmoqchiman.

Erishilgan yutuq va natijalar bilan faxrlanish yaxshi, albatta. Lekin jonajon xalqimiz oldidagi hisobdorlik masʼuliyatni bir soniya ham esdan chiqarishga haqqimiz yoʻq. Bu yil ham oldimizga ulkan marralarni qoʻyganmiz, farzandlarimizning sifatli taʼlim olishi uchun qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Ishonamanki, 2024-yil yakunlari boʻyicha ham siz azizlarning oldingizda yuzimiz yorugʻ boʻladi.


Aziz hamyurtlar, muhtaram ustoz va murabbiylar, ilmga chanqoq oʻgʻil-qizlarimiz barchangizni kirib kelayotgan Yangi 2024-yilingiz bilan tabriklayman! Barcha ezgu tilaklaringiz, orzu va umidlaringiz amalga oshsin!

Yangi yil xonadoningizga fayz-u baraka, yangi yutuq va zafarlar, oilaviy baxt-saodat, mehnat faoliyatingizda ulkan yutuqlar, oʻqishlaringizda yuksak zafar va muvaffaqiyatlar olib kelsin!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_yil_muborak

🎄 Navoiy shahridagi Prezident maktabida Yangi yil bayrami boʻlib oʻtdi.

❄️ Koʻtarinki ruhda tashkil etilgan bayramdan videolavhani eʼtiboringizga havola etamiz!

Kirib kelayotgan 2024-yil bilan barchangizni muborakbod etib, yangi yilda yangi zafarlar, yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi


2024-yil — "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili".

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#IT_oromgohi_2024

Yurtimiz yoshlari uchun uzoq kutilgan anʼanaviy Raqamli Avlod IT oromgohining qishki mavsumiga start berildi!

Mazkur oromgoh shu yilning 5–9-yanvar kunlari offlayn va onlayn formatda boʻlib oʻtadi.

Oromgohda ishtirok etish mutlaqo bepul!

Onlayn yoʻnalishlar:
🔹.Net;
🔹Web Dizayn;
🔹AI (Tools);
🔹Front-end;
🔹No coding;
🔹Python.

Offlayn yoʻnalishlar:
🔸Raqamli dizayn;
🔸3D dizayn;
🔸Kibersport (Dota 2);
🔸Robototexnika;
🔸Website (no coding).

Loyiha yakunida oromgohning eng faol ishtirokchilari (onlayn va offlayn) qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi!

📝Roʻyxatdan oʻtish: Online.raqamliavlod.uz

PS: Shoshiling, offlayn yoʻnalish uchun joylar chegaralangan!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi

NOAN'ANAVIY DARS

📝 Navoiy shahridagi Prezident maktabida ona tili hamda tarbiya fani ustozlari hamkorligida ochiq dars boʻlib oʻtdi.

Bunda oʻquvchilar shifokorlik kasbining eng sharafli kasblardan ekanligini va tibbiyot mutaxassisligining turli yoʻnalishlarini yoritishga harakat qildilar.

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
🌐 WEB site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vatanparvarlik_oyligi

YANGI OʻZBEKISTON ARMIYASI - MAMLAKAT QUDRATI, YUKSAK GʻURUR VA SADOQAT TIMSOLIDIR!

Navoiy shahridagi Prezident maktabida mazkur shior ostida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida tadbirlar tashkil etildi.

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM