Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.16K subscribers
4.4K photos
448 videos
13 files
1.44K links
Download Telegram
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

❗️PREZIDENT MAKTABLARINING BIRINCHI BOSQICHIDAN MUVAFFAQIYATLI O‘TGAN O‘QUVCHILAR DIQQATIGA!

📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 31-iyul kuni soat 10:00da 1 smenada SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

📶 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

🌐 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”iga o‘z ID raqamini kiritishi kerak.

🗺 Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#imtihon_2023

📆 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqdi.

❗️Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Navoiy viloyatidagi jarayonlar bilan qisqacha video lavhada tanishishingiz mumkin.
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 31-iyul kuni soat 10:00da 1 smenada SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

📶 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

🌐 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”iga o‘z ID raqamini kiritishi kerak.

🗺 Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

⚡️Cambridge Assessment International Education tashkilotining vakillari O'zbekistonga yetib kelishdi

Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlarini o‘tkazish maqsadida yurtimizga kelgan Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari imtihon o'tkaziladigan joy va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

❗️Ta'kidlash lozim, xorijlik mutaxassislar imtihon o'tkaziladigan barcha hududlarga borib, imtihonlarga kuzatuvchi sifatida ishtirok etishadi.

Ma'lumot uchun, barcha imtihon savollari har yilgidek Cambridge Assessment International Education xalqaro tashkiloti tomonidan O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida qo‘llaniladigan o‘quv dasturlari asosida tayyorlandi.

✔️ Shuningdek, Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#namuna

✔️Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichini topshiruvchi nomzodlar uchun javoblar varag'i namunasi taqdim etilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_2023
#ikkinchi_bosqich
#prezident_maktablari

Navoiy shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichidan fotoreportaj.

⬇️⬇️⬇️
🌐 Telegram |🌐 Facebook
🌐 Instagram |😎 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#Navoiy_Prezident_maktabi

📹 Navoiy shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023

📣 5-AVGUST KUNI “YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETIGA KIRISH IMTIHONIDA QATNASHUVCHI ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

“Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2023/2024-o‘quv yili uchun 5-avgust kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan saralash imtihonlari soat 12:00 da bo‘lib o‘tadi.

✔️ Eslatib o‘tamiz, barcha abituriyentlar imtihondan bir soat oldin shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda ruxsatnoma bilan imtihon o‘tkaziladigan manzilga borishlari kerak.

Imtihonlarda barcha abituriyentlarga omad tilab qolamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma

🔔 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning yakuniy imtihon javoblari tez kunlarda eʼlon qilinadi.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida;

Ijod maktablarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida eʼlon qilinadi.

🗣Imtihon natijalari Agentligimiz rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Аnons
#Ikkinchi_ustozlar_forumi

📣📣Aziz ustozlar!

Sohangizda yangi marralarni egallashingiz uchun ajoyib imkoniyat!

Joriy yilning 8-9-avgust kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda "Ikkinchi ustozlar forumi" tashkil etilmoqda.

Ushbu forumdan ko‘zlangan maqsad:

✔️o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish hamda
✔️ yangi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash yuzasidan muhim vazifalarni belgilab olishdan iborat.

❗️Bu hali hammasi emas! Tez orada forum sizning maktabingizga qadar yetib boradi:

📆 15-17- avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda,

📍22-24 avgust kunlari tuman va shaharlarda,

🏢 28-29 avgust kunlari esa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiladi.

⚡️ Ta’lim sohasining rivojiga birgalikda hissa qo‘shaylik!

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Navoiy viloyatida soha mas’ullari bilan uchrashdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova xizmat safari bilan Navoiyda bo‘lib, viloyat hokimligi faollar zalida tuman, shahar hokimlari, ularning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, hududiy soha rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazdi.
📍Vazir Navoiy viloyatidagi mavjud holatni tahlil qilib, viloyat hokimi Normat Tursunov rahbarligida olib borilayotgan ta’lim siyosatidan qoniqish hosil qilganini ta’kidladi. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Ra’no Hayitovaga ishonch bildirishini, viloyat peshqadamlikni qo‘ldan bermasligini aytib o‘tdi.
Hududlarda ta’limni rivojlantirishdagi vazifalarni belgilab olish, bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor maqsadlarga e’tibor qaratdi. Takliflar qabul qilinib, ularni amalga oshirishda hamkorlikda ishlashga tayyorligini bildirdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.