Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.15K subscribers
4.44K photos
456 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Qaysi holatlarda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga hujjatlarni qabul qilish rad etiladi?

belgilangan muddatlardan keyin saralash tanlovida ishtirok etish xohishini bildirgan taqdirda;
talabgorlar o‘quv yili natijasiga ko‘ra, matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baholari a’lo bo‘lmagan taqdirda;
talabgor tahsil olayotgan maktabning hududiy mansubligi Prezident maktabining hududiy mansubligiga mos kelmagan holda;
maktablarga tanlovdan o‘tish uchun tegishli hujjatlarni to‘liq taqdim etmaganda;
shuningdek, chet el fuqarolari Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish huquqiga ega emas;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining beshinchi sinfida o‘qishni to‘liq tamomlagan o‘quvchilar Prezident maktabining 5-sinfida takroran o‘qish istagini bildirgan bo‘lsa.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Navoiy_Prezident_maktabi

❇️ Navoiy viloyatida 1-iyun "Xalqaro bolalar kuni" munosabati bilan o‘tkazilgan "Zakovat" turniri yakuniga yetdi.

"Yoshlar oyligi" munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu turnirda quyidagi jamoalar g‘olib bo‘lishdi va "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan esdalik kitoblar bilan taqdirlanishdi:

🥇 1-o‘rin "Celestial" jamoasi
🥈 2-o‘rin "26-maktab Qiziltepa" jamoasi
🥉 3-o‘rin "Infinity" jamoasi

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ovozli_chat

📣 Bugun, O‘zbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanali orqali soat 11:00 da Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari Agentligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sevara Shokirova ishtirokida “Prezident maktabida o‘qish istagidagilarga qanday talablar qo‘yiladi?” mavzusida OVOZLI CHAT bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Navoiy_Prezident_maktabi

MINNATDOR QALB

🤩 Navoiy shahridagi Prezident maktabida IV chorakning eng soʻnggi oʻquv kunida 7-green sinf oʻquvchilari tomonidan ustoz va murabbiylarga bagʻishlab "Yurakdan aytaman sizga cheksiz rahmatim" nomli badiiy kecha tashkil etildi. Unda oʻquvchilar ustoz sha'niga aytilgan she'rlar va iliq dilsoʻzlari guldastasini taqdim etishdi. Shu bilan birga ular tomonidan tayyorlangan maxsus videorolik barcha ustozlar qalbidan chuqur joy oldi.

Inson hayotida ustozning oʻrni naqadar muhim ekanligini barcha yigʻilganlar his etgan holda imtihonlarda omad tilab qolamiz!

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirishda kundalik.comdagi baholar rasmini yuklash mumkinmi?

Kundalik.comning o‘quvchiga joriy o‘quv yilida qo‘yilgan baholar qismini chiqarib, direktor tomonidan tasdiqlatib, keyin ariza.piima.uz saytiga yuklash mumkin.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga imtihonlar qanday manbalardan olinadi? Imtihon savollari o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilarning yoshi va maktabda o‘qigan fanlarini inobatga olgan holda tuzilganmi?

Mazkur maktablarga kirish imtihonlari o‘quvchilarning yoshiga mos tarzda, maktab darsliklari va o'quv dasturlari asosida tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga turli viloyatlardan o‘quvchilar o‘qishga hujjat topshira olishadimi?

Mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar yurtimizning barcha hududlaridan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

⚡️ Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Talabgorlar tomonidan yuboriladigan hujjatlarda fotosurat va uni joylash bilan bogʻliq muammolarning oldini olish va hujjat topshiruvchilarga qulay boʻlishi uchun video-yo'riqnoma tayyorlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Prezident maktabida o‘qish uchun pul to‘lanadimi, o‘quvchilar uchun qanday sharoitlar yaratilgan?

📌Prezident maktabining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.

O‘quvchilar uchun prezident maktablarida quyidagi sharoitlar yaratilgan:

zamonaviy yotoqxona bilan ta’minlanadi;
bir kunda 5 mahal bepul ovqatlanishadi;
darsdan so‘ng to‘garak mashg‘ulotlariga jalb qilinadi;
turli xil sport turlari (futbol,basketbol, suzish, tennis) bilan shug‘ullanishadi;
bepul kiyim-kechaklar bilan ta’minlanadi;
STEAM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) fanlari chet ellik pedagoglar tomonidan ingliz tilida o‘qitiladi;
darslik va kerakli maktab qurollari bilan bepul ta’minlanadi;
11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarida ishtirok etib, ulardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#5_tashabbus

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida 5-tashabbus – qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha “Carving” san’atiga qiziqtirish maqsadida mahorat darslari o‘tkazildi. "Mohir qoʻllar" toʻgaragi rahbari Shahnoza Ravshanova tomonidan tashkil etilgan ushbu mashg‘ulotlarda o‘quvchi-qizlar katta qiziqish bilan ishtirok etishdi.

⚡️ Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad: yoshlarning bilim olish bilan bir qatorda, turli ijodiy sohadagi qiziqish va qobiliyatlarini aniqlab, yanada rivojlantirish, o‘quvchi-qizlarni turli kasb-hunar egallashlariga imkon yaratish, hunarning inson hayotidagi o‘rni to‘g‘risida tasavvurlarini boyitishdan iborat.

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

📣HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!

⚡️ Respublikamizdagi barcha Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 2023-yilning 10-iyun sanasidan 30-iyun sanasigacha davom etadi.

Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

▶️ Sizga qulaylik yaratish maqsadida, maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma taqdim etilmoqda.

❗️Hujjatlarni topshirayotganda eʼtiborli bolishingizni soraymiz.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🇺🇿 Navoiy shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi Shahzoda Niyazova AQSH Davlat Departamentining Ta’lim va madaniyat ishlari bo‘yicha byurosi hamda "Legacy International" tomonidan amalga oshirilgan "Tech Girls" dasturi g‘olibi bo‘ldi.

⭐️ Ushbu dasturda 36 ta davlatdan 126 nafar qizlar tanlab olinib, joriy yilda uch haftalik yozgi dasturda qatnashish uchun AQShga yuboriladi. G‘olib o‘quvchilar o‘z malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda qaysi fanlar o‘quvchilarni ikki guruhga ajratgan holda o‘rgatiladi?

Agentlik tizimidagi aniq fanlar yo‘nalishiga o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilarga matematika, fizika, informatika va ingliz tili fanlari, tabiiy fanlar yo‘nalishiga o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilarga esa kimyo, biologiya va ingliz tili fanlari o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lgan holda tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilar imtihon kuni va vaqtini qanday bilib olishlari mumkin?

Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirilgan vaqtda ariza yuboruvchilar tomonidan kiritilgan telefon raqamiga sms tarzida xabar yo‘llanadi.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga hujjat topshirganda IELTS xalqaro sertifikatiga ega o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilishda imtiyozlar beriladimi?

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan IELTS xalqaro sertifikatiga ega o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilishda ularga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM