Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.16K subscribers
4.4K photos
448 videos
13 files
1.44K links
Download Telegram
#Imtihon_natijalari
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣📣Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi!

❗️Joriy yilning 3-,4-,5-,6-,7- va 8-iyul kunlari va Qoraqalpog'istonda 25-,26-,27-,28-,29,30-iyul va 7-avgust kuni o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

👇Imtihon natijalarini quyidagicha aniqlashingiz mumkin:

1️⃣ Talabgorning ariza.piima.uz saytidagi Shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali

2️⃣ @piima_natijabot orqali.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Diqqat, e'lon!

❗️Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar Imtihoniari natijalarini quyidagi botlar orqali ham aniqlashingiz mumkin:

@piima_natijabot
@piima_natija2bot
@piima_natija3bot
@piima_natija4bot
🔴Bugun Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari uchun “Zamonaviy taʼlim tizimida boshqaruv sanʼati” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi hamda yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab direktorlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Seminarda "Maktab-internatlarining faoliyatini tashkil etish”, “Boshqaruv ilmi”, “Baholash tizimi” kabi mavzularda bo‘lib o‘tmoqda.

Shu bilan birga “Elektron jurnalning yuritilishi” va meʼyoriy hujjatlar yuritilishi to‘g‘risida ham tushunchalar beriladi.

Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_savoli
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Сўраган_эдингиз

❗️Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar

✔️Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarning ba'zilarida 9-10-11-sinflariga talabgorlar tomonidan sinf shakllantirish uchun yetarli hujjat topshirmaganligi sababli, ushbu sinflar tashkil etilmadi.

✔️
Lekin, nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan o‘quvchilarga imkoniyat berish maqsadida viloyat markazidagi yoki qo‘shni tumandagi ixtisoslashtirilgan maktablarga tavsiya etildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз

Qarshi shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabga imtihon topshirib, 47 ball oldim. Lekin o‘qishga kira olmadim. Yakkabog‘ tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabga bundan past ball o‘lganlar ham qabul qilingan. Mening balim yuqori bo‘la turib o‘qishga kira olmasligim mumkinmi?

Hududlardagi har bir maktabning kvotasi va konkursidan kelib chiqib, o‘tish ballari tubdan farq qiladi. Shu sabab, bir hududda (masalan, Qorako‘ldagi maktab) ball o‘ta yuqori bo‘lishi, boshqa hududda esa ball nisbatan past bo‘lishi mumkin.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
🔰"Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi Qonun davlat xizmatini rivojlantirishning yangi bosqichi sari muhim qadam

Joriy yilning 8-avgust kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” Qonuni davlat xizmatlari sifati samaradorligi va natijadorligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

🔴Bugun Prezident taʼlim muassasalari agentligida Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi masʼul xodimlari Xamidulla Inomov va Sarvar Saidov ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati davomida mazkur qonunchilik hujjatining mazmun-mohiyati xususida atroflicha fikr yuritildi.

Jumladan, qabul qilingan Qonun ilg‘or jahon tajribasini o‘zida mujassam etgan hamda davlat boshqaruvi sohasida milliy tajribaga asoslanganligi alohida taʼkidlandi.

Tadbir davomida Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar tomonidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Kun_savoli

Jiyanim va uning sinfdoshi bir xil ball olishdi. Lekin jiyanim qabul qilinmadi. Nega? Sababini izohlab bersangiz.

❗️Qabul natijasiga ko'ra bir xil ball to'plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan oshib ketgan taqdirda talabgorga quyidagicha tartibda ustunlik beriladi:
🔹1-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
🔹2-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
🔹3-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
🔹tug‘ilgan sanasi bo'yicha (yoshroq nomzod tanlanadi).

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor

🗣 Navoiy shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Egamberdiyeva Vazira Ingliz tilidan Xalqaro IELTS sertifikatini qo‘lga kiritdi.

IELTS Uzbekistan
📣Listening 9.0
📙Reading 8.0
📝 Writing 7.0
🗣 Speaking 8.0
Overall 8.0

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
Давлатимиз раҳбари соҳа вакилларини қўллаб-қувватлаш юзасидан 5 та йўналишда ташаббусларни билдирди.

Биринчи йўналишкорхоналарни тоифаларга ажратиб, уларни қўллаб-қувватлаш бўйича алоҳида ёндашувни белгилаш.

Бунда, корхоналар йиллик айланмаси бўйича тоифаларга ажратилади. Булар:

- 1 миллиард сўмгача бўлгани – микро бизнес;

- 10 миллиард сўмгача бўлгани – кичик бизнес;

- 100 миллиард сўмгача бўлгани ўрта бизнес тоифасига киради.

Шундан келиб чиқиб 2023 йил 1 январдан бошлаб микро бизнес учун айланмадан олинадиган солиқнинг амалдаги 4 фоиздан 25 фоизгача бўлган ставкалари ўрнига ягона 4 фоизли солиқ ставкаси жорий этилади.

Бунда, олис ҳудудлардаги ва алоҳида тоифадаги тадбиркорлар учун амалдаги 1 ва 2 фоизли ставкалар сақлаб қолинади.

Ёки, улар ихтиёрий равишда йилига 20-30 миллион сўм тўласа, бухгалтерия ҳисобини юритиш ва солиқ идораларига тақдим этиш мажбуриятидан озод этилади.