Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.17K subscribers
4.55K photos
458 videos
13 files
1.46K links
Download Telegram
#Navoiy_Prezident_maktabi
#ochiq_dars

Navoiy shahridagi Prezident maktabida ingliz fanidan 7-sinf oʻquvchilari uchun ''Active and Passive Voice'' mavzusida ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi. Darsni ingliz tili fani ustozlari Mr Melchor hamda Oygul Ravshanovalar hamkorlikda tashkil etib, qiziqarli usulda oʻquvchilarning mavzuni oson oʻzlashtirishlariga erishishdi.


Ochiq darslarni oʻtkazishdan maqsad oʻqituvchi va oʻquvchilarning ijodiy hamkorligini targʻib etish, taʼlim-tarbiya jarayonida ularning ijodiy, izlanuvchanlik mahoratini namoyish etish, iqtidorli oʻquvchilarning qobiliyatlarini yanada rivojlantirishdir.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Seminar_trening

Navoiy shahridagi Prezident maktabi hamda pedagogik mahorat markazi hamkorligida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening "Mezonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusida boʻlib oʻtdi.

Bunda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi oʻqituvchilariga Prezident maktabi ustozlari tomonidan baholash tizimi haqidagi maʼlumotlar ulashildi hamda ular oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Oydin hayot | Prezident maktabi oʻquvchisi 260.000 AQSh dollari miqdoridagi 100 foizlik grant asosida oʻqishga kirdi
#uzbekiston

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Navoiy_Prezident_maktabi

OTA-ONALAR YIGʻILISHI

Navoiy shahridagi Prezident maktabida ota-onalar yigʻilishlariga start berildi.

Bugun 5-sinf oʻquvchilarining ota-onalari uchun boʻlib oʻtgan yigʻilishda farzandlarining 1-semestr natijalari, yutuqlari, maktabdagi hayoti, odob-axloq, tarbiyaviy jihatlari doirasida maktab maʼmuriyati, sinf rahbarlari hamda tarbiyachi ustozlari bilan birgalikda suhbatlar olib borildi.

Ushbu yigʻilish taʼlim-tarbiya jarayonida maktab maʼmuriyati hamda ota-onalar hamkorligini yanada mustahkamlashda muhim vosita boʻlib xizmat qiladi deb ishonch bildiramiz.
#Navoiy_Prezident_maktabi

PARENT'S MEETING

Navoiy shahridagi Prezident maktabida navbatdagi yigʻilish 6-sinf o‘quvchilarining ota-onalari bilan boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda oʻquvchilarning I semestr baholari va fanlarni oʻzlashtirish darajasi muhokama qilindi. Shanba, yakshanba kunlari bolalar oila bagʻrida boʻlganligi inobatga olinib, ota-onalar farzandlari bilan koʻproq birga boʻlishlari va ularning bilimiga eʼtibor berishlari muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, yigʻilishda II semest oldida turgan masalalar va istiqboldagi rejalar haqida aytib oʻtildi.