Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.15K subscribers
4.38K photos
448 videos
13 files
1.44K links
Download Telegram
#Navoiy_Prezident_maktabi

Navoiy shahridagi Prezident maktabida Oʻbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli 99451-sonli harbiy qism bilan hamkorlikda memorandum tuzildi.

Shu bilan bir qatorda maktabimizda "Vatan tayanchi" xonasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Bu kabi hamkorliklar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik va ona-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun xizmat qiladi.
❄️💻 “Raqamli Avlod” IT Oromgohi 2025 – Qishki mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tishni boshladik!

Yangi yilni biz bilan texnologiyalar olamida boshlang! Loyiha 2025-yil, 3-yanvardan 7-yanvarga qadar onlayn va oflayn formatda bo'lib o'tadi.

🔵 Onlayn yo'nalishlar:
•Python
•.Net
•React
•SMM
•AI
•DevOps
•Mobile Flutter

🔴 Oflayn yo'nalishlar:
Robototexnika
CyberSport (Dota 2)
Digital Art
Dasturlash (nocode)
3D modellashtirish
AI (GPT)

📝Ro‘yxatdan o‘tish: online.raqamliavlod.uz


Shoshiling! Qiziqarli darslar, zamonaviy texnologiyalar va o‘zgacha tajribalarni qo‘ldan boy bermang! 🙌

___

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisob
#mart_2024

⚡️2024-YIL MART OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Surxondaryo viloyatida joylashgan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarda bo‘lib, ta’lim muassasalari faoliyatini yaqindan o‘rgandi.

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabiga Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi Yojef Roja tashrif buyurdi.

Agentlik ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida joylashgan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati o‘rganildi.

Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarida Zulfiya tavalludining 109 yilligi munosabati bilan turli tadbirlar o‘tkazildi.

"Qizlar olimpiadasi"ning Agentlik bosqichi tashkil etilib, unda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar taqdirlandi.

“Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Zulfiya Shomurotova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Agentlikda Ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev "Yangi O‘zbekiston" universiteti talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Xatirchi tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi Ilhomjon Baxronov , “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi Shamshodbek Ahmadov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining o‘quvchisi Islom Boyqobilov “Ibrat Academy” marafonida g‘olib bo‘lib, Londonga ta’lim sayohati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Koreya Respublikasining Incheon Metropolitan City ta’lim boshqarmasi delegatsiyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati bilan tanishdi.

Prezident maktablarida xalqaro SAT imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Turkiya elchixonasi vakillari bilan o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Guliston shahridagi Prezident maktabi, Pastdarg‘om tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.

Toshkent, Nukus shahridagi Prezident maktablarida “Science Fair” ko‘rgazmasi tashkil etildi.

IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida o‘quvchilarimiz oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritdi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabi, Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari "Tech Girls" dasturi g‘olibi bo‘ldi.

Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari va tuzilmalarida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” bosh g‘oyasi asosida bayram sayllari tashkil etildi.

Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining ilmiy-amaliy treninglar haftaligi tashkil etildi.

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarining o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali o‘tkazildi.

Arkadag‘ shahrida o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida o‘quvchilarimiz g‘olib va sovrindor boʻldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik
#memorandum

HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov tomonidan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tomonlar hamkorlikda tabiiy fanlar sohasida ta’lim sifatini yanada oshirish, oʻquv jarayonini ishlab chiqarish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash, shuningdek, farmatsevtika va hayot fanlari mutaxassisliklariga kasbiy yoʻnaltirish uchun keng shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar rejasini belgiladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur memorandum ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari orasida ingliz tilida tabiiy fanlar yoʻnalishida mini-olimpiadalar tashkil qilish va iqtidorli yoshlarga xalqaro oliy ta’limda tahsil olish uchun imkoniyatlar yaratishni koʻzda tutadi.

Shuningdek, bakalavr bosqichidagi xalqaro ta’lim va ta’lim grantlari haqida ma’lumotlar almashuvini tashkil qilish, oʻquvchilarning ilm-fan va kelajak kasblarga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yil_sarhisobi
#may_2024

⚡️2024-YIL MAY OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Agentlik tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari yuzasidan brifing oʻtkazildi.

Oʻquvchilarimiz 41-Bolqon Matematika olimpiadasida gʻolib va sovrindirlar safidan joy oldi.

Agentlik ishchi guruhi tizimdagi Navoiy viloyatida joylashgan maktablar va faoliyatini yaqindan oʻrgandi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Samarqand filiali ochildi.

Agentlik tizimidagi maktablarga hujjatlar qabuli yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi.

Oʻquvchilarimiz UNIST, Minerva University, Dartmouth Collage, Mississippi University, Xiamen University, Inha University, Debrecen University kabi xorijning nufuzli oliygohlariga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindi.

Agentlik tizimidagi maktablar uchun hujjatlar qabuli e’lon qilindi.

Ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarida "Ochiq eshiklar" kuni oʻtkazildi.

Maktab maslahatchilari uchun amaliy seminar tashkil etildi.

 
"Barcha bolalar muvaffaqiyatli" loyihasi doirasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

STEM fanlari boʻyicha olimpiadaning Agentlik bosqichi oʻtkazildi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi, Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchilari malaka (test) sinovlarida 100 ballik natija koʻrsatdi.

Prezident maktablarida A/AS-level imtihonlari boshlandi.

 
“Turon yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasi tashkil etildi.

OPEK prezidenti Samarqand shahridagi Prezident maktabida yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabi, Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Qoʻqon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari IELTSdan 8 ballga ega boʻldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Happy_new_year

🎄 Navoiy shahridagi Prezident maktabida fayzli Yangi yil bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

❄️ Koʻtarinki ruhda tashkil etilgan bayramdan eksklyuziv lavhalarni eʼtiboringizga havola etamiz!

🎊 Kirib kelayotgan 2025-yil bilan barchangizni muborakbod etib, yangi yilda yangi zafarlar, yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz!
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Navoiy shahridagi Prezident maktabining 5-sinf oʻquvchisi Jasurali Shodiyev WWC olimpiadasida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchimizni yutuqlar bilan tabriklaymiz. Kelgusida bundanda yuksak muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
#ishchi_guruh
#Andijon
#Namangan

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh
Andijon va Namangan viloyatlarida boʻlib, tizimdagi maktablar faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Agentlik direktori shuningdek, Namangan viloyatidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi,
Mingbuloq, Namangan, Yangi Namangan, Andijon viloyatidagi Boʻston tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida ham boʻlib, ularda oʻquvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlari, oʻquv binolarini isitish holatini oʻrgandi.

Ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatidagi Boʻston tumanidagi 14-umumtaʼlim maktabida II chorak yakuni boʻyicha oʻtkazilayotgan ChSB imtihonlari jarayonlari ham kuzatildi.

Shuningdek, bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Oʻrganishlar doirasida Agentlik direktorining oʻquvchilar va oʻqituvchilar bilan muloqoti tashkil etildi. Unda A.Ubbiyev Agentlik tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sharoitlarini yangi bosqichga olib chiqish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube