Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.15K subscribers
4.44K photos
455 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
Prezident Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga Hilola Umarovaning nomzodi koʻrib chiqildi.

Majlisda Hilola Umarova maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi islohotlarning samaradorligini yanada oshirish borasidagi kelgusida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha oʻz Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.

Deputatlar Hilola Umarova nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga maʼqulladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Vazir oʻtgan vaqt davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish, taʼlim sifati va pedagoglar malakasini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali ish olib bormoqda.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Hilola Umarovani Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlanganligi bilan tabriklagan holda, kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi

Hurmatli Hilola Uktamovna!

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlanganingiz bilan maktabimiz jamoasi samimiy qutlaydi. Bugungi kunga qadar maktablardagi taʼlim sifati, ustozlar va maktab nufuzini oshirishga qoʻshgan hissangiz hamda tizimda amalga oshirayotgan islohotlaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Kelgusi faoliyatingizda bundanda yuksak muvaffaqiyatlar, zafarlar tilaymiz!
#qizlar_ovozi

🌈 Navoiy shahridagi Prezident maktabida "Qizlar ovozi" klubi faoliyatini yoʻlga qoʻyish, qizlar liderini saylash maqsadida saylov boʻlib oʻtdi.

💫 Maktab xotin-qizlar qoʻmitasi rahbari N.Karimova oʻquvchi-qizlarga klub faollari tomonidan tanlovlar, loyihalar hamda forumlarni tashkil etilishi boʻyicha maʼlumotlar berdi.

Eng koʻp ovozlar bilan "Qizlar ovozi" klubi lideri lavozimiga 9-green sinf oʻquvchisi Yusupova Malikabonu saylandi.

Klubimiz faol aʼzolari bilan tanishing:
👩‍🎓 Nurullayeva Dilnura
👩‍🎓 Husenova Rafiya
👩‍🎓 Xakimova Laziza
👩‍🎓 Erkinova Jasminabonu
👩‍🎓 Ziyatova Farida
#Navoiy_Prezident_maktabi
#School_Champion

KASBIY RIVOJLANISH

Navoiy shahridagi Prezident maktabida ingliz tili fani oʻqituvchisi Qaxorova Shahnoza tomonidan "School Champion" loyihasi asosida ustozlar bilan trening tashkil etildi.

Maʼlumot oʻrnida, Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi, Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va Norvich til taʼlimi instituti, Buyuk Britaniya hamkorligida ingliz tili ustozlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan "School Champion" tanlovida ustozimiz Sh.Qaxorova gʻolib boʻlgan edi. Loyiha asnosida oʻqituvchilarning usluksiz kasbiy rivojlanish koʻnikmalari oshirilmoqda.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#shanbalik

HASHAR — ELGA YARASHAR

Navoiy shahridagi Prezident maktabi Eko qoʻmita aʼzolari va faol yoshlari shahrimizda boʻlib oʻtgan hasharda ishtirok etishdi.

Manzil Navoiazot AJ bo’ldi. Ushbu tadbirda bir guruh ekofaol yoshlar ishtirok etdi va ular tomonidan 1000 tup daraxt ekildi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolarning tabiatga bo’lgan munosabatini o‘zgartirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil makon yaratish kabi g‘oyalarni ilgari surishdan iborat.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent atrofida "yashil" belbog‘ barpo etish doirasidagi daraxt ekish tadbirida ishtirok etdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Navoiy_Prezident_maktabi
#hamkorlik

Navoiy shahridagi Prezident maktabi hamda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasida memorandum imzolandi.

Ushbu hamkorlikdan maqsad o‘zaro pedagogik kadrlar salohiyatini rivojlantirish, ularning kasbiy bilimlarini oshirish, ijtimoiy masalalarning o‘zaro integratsiyasi asosida ta’lim sifatini oshirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va xorijiy tajribalarni joriy etishdan iborat.