Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#oʻquvchilar_oʻqishini_koʻchirish
#transfer_piima_uz
🔔 OTA-ONALAR DIQQATIGA!
🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-o‘quv yilida oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishlayotganini eslatib oʻtamiz.
📆 Arizalarni joriy yilning 21-noyabr sanasidan Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.
✅ Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.
📝 Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
➖ O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
➖ arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
➖ o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
➖ ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklash talab etiladi.
❗️ESLAB QOLING!
✅ Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi kerak! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.
⚠️ Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Transfer
#transfer_piima_uz
❗️ESLAB QOLING!
⚠️ Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Transfer
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
⚡️ Navoiy shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari chet tilini bilish darajasi boʻyicha yuqori natijalarga erishmoqda.
Maktabimizning 10-sinf oʻquvchilari Husenova Rafiya, Sadriddinov Zahiriddin IELTS imtihonidan 8 ballik natijani koʻrsatdi.
Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси аъзоларини тайинлаш тўғрисида"ги Фармони
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О назначении членов Кабинета Министров Республики Узбекистан"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О назначении членов Кабинета Министров Республики Узбекистан"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Prezident Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga Hilola Umarovaning nomzodi koʻrib chiqildi.
Majlisda Hilola Umarova maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi islohotlarning samaradorligini yanada oshirish borasidagi kelgusida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha oʻz Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.
Deputatlar Hilola Umarova nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga maʼqulladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.
Vazir oʻtgan vaqt davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish, taʼlim sifati va pedagoglar malakasini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali ish olib bormoqda.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Hilola Umarovani Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlanganligi bilan tabriklagan holda, kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#Navoiy_Prezident_maktabi
Hurmatli Hilola Uktamovna!
Sizni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlanganingiz bilan maktabimiz jamoasi samimiy qutlaydi. Bugungi kunga qadar maktablardagi taʼlim sifati, ustozlar va maktab nufuzini oshirishga qoʻshgan hissangiz hamda tizimda amalga oshirayotgan islohotlaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Kelgusi faoliyatingizda bundanda yuksak muvaffaqiyatlar, zafarlar tilaymiz!

#qizlar_ovozi
🌈 Navoiy shahridagi Prezident maktabida "Qizlar ovozi" klubi faoliyatini yoʻlga qoʻyish, qizlar liderini saylash maqsadida saylov boʻlib oʻtdi.
💫 Maktab xotin-qizlar qoʻmitasi rahbari N.Karimova oʻquvchi-qizlarga klub faollari tomonidan tanlovlar, loyihalar hamda forumlarni tashkil etilishi boʻyicha maʼlumotlar berdi.
Eng koʻp ovozlar bilan "Qizlar ovozi" klubi lideri lavozimiga 9-green sinf oʻquvchisi Yusupova Malikabonu saylandi.
Klubimiz faol aʼzolari bilan tanishing:
👩🎓 Nurullayeva Dilnura
👩🎓 Husenova Rafiya
👩🎓 Xakimova Laziza
👩🎓 Erkinova Jasminabonu
👩🎓 Ziyatova Farida

#School_Champion
KASBIY RIVOJLANISH
Navoiy shahridagi Prezident maktabida ingliz tili fani oʻqituvchisi Qaxorova Shahnoza tomonidan "School Champion" loyihasi asosida ustozlar bilan trening tashkil etildi.
Maʼlumot oʻrnida, Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi, Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va Norvich til taʼlimi instituti, Buyuk Britaniya hamkorligida ingliz tili ustozlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan "School Champion" tanlovida ustozimiz Sh.Qaxorova gʻolib boʻlgan edi. Loyiha asnosida oʻqituvchilarning usluksiz kasbiy rivojlanish koʻnikmalari oshirilmoqda.

#shanbalik
HASHAR — ELGA YARASHAR
Navoiy shahridagi Prezident maktabi Eko qoʻmita aʼzolari va faol yoshlari shahrimizda boʻlib oʻtgan hasharda ishtirok etishdi.
Manzil Navoiazot AJ bo’ldi. Ushbu tadbirda bir guruh ekofaol yoshlar ishtirok etdi va ular tomonidan 1000 tup daraxt ekildi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolarning tabiatga bo’lgan munosabatini o‘zgartirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil makon yaratish kabi g‘oyalarni ilgari surishdan iborat.