Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.12K subscribers
4.8K photos
471 videos
13 files
1.49K links
Download Telegram
#Navoiy_Prezident_maktabi

SYNERGY UNIVERSITY DUBAI

Navoiy shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari uchun Dubayning Synergy universiteti vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarimiz universitet faoliyati, taqdim etilgan yoʻnalishlar, qulayliklari va yoshlarga beriladigan imkoniyatlar toʻgʻrisida muhim maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Tadbir yakunida oʻquvchi-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga yetarlicha javob olishdi.
#ishchi_guruh
#Qashqadaryo

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Bugun Agentlikning Qashqadaryo viloyayida joylashgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari kuzatildi.

O‘quvchilar bilan bo‘lgan muloqotda Agentlik direktori yoshlarning orzu va maqsadlari, taʼlim maskanidagi oʻquv jarayonlari haqidagi fikrlari bilan qiziqib, kuchli bilim olish, zamonaviy fanlarni puxta egallash doim yuqori samara berishini taʼkidladi.

Shundan soʻng, Qarshi shahridagi Prezident maktabida Agentlikning viloyatdagi taʼlim maskanlari direktorlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha mas'ullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.

Shuningdek, Agentlik direktori ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sayyor_qabul
#Qashqadaryo

🤩 QASHQADARYODA AGENTLIK DIREKTORI ALISHER UBBIYEVNING SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI

Aholining Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish maqsadida Qarshi shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan sayyor qabulda shahar va tumanlardan fuqarolar qatnashib, oʻzlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga murojaat qildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan boʻlsa, ayrim murojaatlarning o‘rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida rus tili fani doirasida qiziqarli intelektual musobaqa boʻlib oʻtdi.

Bellashuvda 6-sinf oʻquvchilari faollik bilan ishtirok etishdi.

🏆Qizg‘in bahslarga va munozarali vaziyatlarga boy o‘tgan ushbu musobaqa natijalariga koʻra "6-Green" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Umid qilamizki, bu kabi intellektual oʻyinlar o‘quvchilarimizning bilimlarini yanada boyitishga xizmat qiladi.