Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.17K subscribers
4.34K photos
444 videos
13 files
1.43K links
Download Telegram
#Navoiy_Prezident_maktabi

PROFESSIONAL DEVELOPMENT

Navoiy shahridagi Prezident maktabida fan oʻqituvchilari bilan navbatdagi PD (Professional development) yaʼni kasbiy rivojlanish treningi boʻlib oʻtdi.

"Differentiation" mavzusidagi taqdimotlar namoyishi orqali ustozlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Darslarni yanada mazmunli rejalashtirish maqsadida o‘qituvchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

The training was about differentiation. There are 3 ways to differentiate lessons- by product, process and content.
#Fotoreportaj
#taqdirlash_marosimi

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo'lib o'tgan xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari gʻoliblari va ularning ustozlarini taqdirlash marosimida maktab bo'ylab ekskursiya ham tashkil etildi.

📍 Jarayonlar hamda taqdirlash marosimining eng esda qolarli lahzalaridan fotoreportaj.
___________
👉 Tadbir haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1828

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi

SYNERGY UNIVERSITY DUBAI

Navoiy shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari uchun Dubayning Synergy universiteti vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarimiz universitet faoliyati, taqdim etilgan yoʻnalishlar, qulayliklari va yoshlarga beriladigan imkoniyatlar toʻgʻrisida muhim maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Tadbir yakunida oʻquvchi-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga yetarlicha javob olishdi.
#ishchi_guruh
#Qashqadaryo

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Bugun Agentlikning Qashqadaryo viloyayida joylashgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari kuzatildi.

O‘quvchilar bilan bo‘lgan muloqotda Agentlik direktori yoshlarning orzu va maqsadlari, taʼlim maskanidagi oʻquv jarayonlari haqidagi fikrlari bilan qiziqib, kuchli bilim olish, zamonaviy fanlarni puxta egallash doim yuqori samara berishini taʼkidladi.

Shundan soʻng, Qarshi shahridagi Prezident maktabida Agentlikning viloyatdagi taʼlim maskanlari direktorlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha mas'ullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.

Shuningdek, Agentlik direktori ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube