Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.14K subscribers
4.65K photos
467 videos
13 files
1.47K links
Download Telegram
#Navoiy_Prezident_maktabi

OʻQUVCHI-YOSHLAR HALOLLIK TARAFDORI

Navoiy shahridagi Prezident maktabida mazkur shior ostidagi 10 kunlik tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.

"Halol fuqaro - faol fuqaro" mavzusida xodimlar va oʻquvchilar uchun muloqot tashkil qilinib, Navoiy viloyat “Tafakkur” yoshlar targʻibot markazi rahbari Shuhratov Jonibek Shuhratovich tomonidan "Halol yashash kerak" shiori ostida taqdimot namoyish etildi.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#ixtirochi_yoshlar

IXTIROCHILIKKA QADAM

Bugun Navoiy shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari orasidan iqtidorli yoshlarni topish va ularni o‘zlari qiziqqan sohalarga yo‘naltirish, ilmiy-texnik ijodkorligi va ixtirochiligini rag‘batlantirish hamda innovatsion faolligini oshirish va qo‘llabquvvatlash maqsadida o‘quvchilari o‘rtasida ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishni nazarda tutuvchi “Ixtirochilikka qadam” tanlovining 1- bosqichi o'tkazildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi

ONA TILIM, YUKSAKLARDA ENG BALAND TOG‘SAN!

Til har bir millatning ko‘zgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan millat barhayotdir. Tilni Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson o‘z onasini ko‘rmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas.

Navoiy shahridagi Prezident maktabida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tadbiridan videolavhani eʼtiboringizga taqdim etamiz.
#Navoi_Presidential_school

Our students participated in the Student to World Live Event last night, facilitated by the Global Nomads Group from New York City. They engaged in discussions about climate change and other global issues.

These conversations not only expose our students to different perspectives but also help them develop a global mindset, empowering them to make an impact in their communities.

At the end of the session, students were presented with an opportunity to intern with GNG, allowing them to create meaningful content for their peers around the world. This experience will undoubtedly enrich their portfolios and enhance their overall experience at school as future leaders of the country.

Dunyo boʻylab tengdoshlar bilan fikr almashish - kelajak liderlarimiz boʻlgan oʻquvchilarimiz uchun foydali boʻldi.
#Navoiy_Prezident_maktabi

#SHANBALIK

Navoiy shahridagi Prezident maktabi Eko qoʻmita aʼzolari va faol yoshlari bilan “Shanbalik” tadbiri o’tkazildi.

Manzil shahrimizda joylashgan Alisher Navoiy bogʻi bo’ldi.

Ushbu tadbirda bir guruh ekofaol yoshlar ishtirok etdi va ular tomonidan bog‘ hududi turli maishiy chiqindilardan tozalanib, belgilangan joylarga olib chiqildi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolarning tabiatga bo’lgan munosabatini o‘zgartirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilar va chiqindilarni saralashni o‘rgatish va tozalikka rioya qilish kabi g‘oyalarni ilgari surishdan iborat.