Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.15K subscribers
4.44K photos
456 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy teatrni ibratxonaga mengzaganda juda to‘g‘ri ta’rifni tilga olgan edi.

Buni kecha Buxoroda bo‘lib o‘tgan “Turon” maktab teatri tanlovi Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimida yana bir bor his qildim.

Belgilangan tartibga ko‘ra, 1-o‘rinni egallagan Navoiy viloyatining “Ibrat” jamoasi chet elga ta’lim sayohatiga borish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.

Men ushbu ma’rifat tanlovida qatnashgan yoshlarni chin qalbimdan qutlagan holda, “ilm egallashdan, kitob o‘qish va tafakkuringizni boyitishdan to‘xtamang”, deb qolaman.
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari bu yil ham Toshkent shahrida bo’ladimi?

Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida o’tkaziladi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJATLAR QABULI EʼLON QILINDI!

🗺 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 2024-yilning 20-iyun sanasigacha davom etadi.

🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Farzandimning hujjatlarini 20-iyun kuni ONLAYN shaklda ariza.piima.uz saytiga topshirsak, ishchi guruh tomonidan hujjatlar qayta tahrirlash uchun yuborilganda, ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qancha vaqt beriladi?

Prezident maktablariga o‘quvchilarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan), ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari, baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan) kabi hujjatlari onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

🔖 O‘quvchilarning hujjatlari ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng (24 soat ichida) ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.

❗️E’tibor bering, hujjat topshirishning oxirgi kuni – 20-iyun sanasida hujjat topshirgan talabgorlarning hujjatlari tahrir talab bo‘lsa, faqatgina o‘sha kuni tahrirlab qaytadan yuborishlari mumkin bo‘ladi.

📌 Ya’ni 20-iyun kuni tahrir uchun qaytarilgan hujjatlar shu sanadan boshqa sanalarda qabul qilinmaydi. Sababi, ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 20-iyun soat 00:00 da tugatadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Bu yil tashkil etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining filiallari uchun boshqa hududlardagi o’quvchilar ham hujjat topshirishi mumkinmi?

Joriy yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus shahrida, Andijon va Samarqand viloyatlarida aniq fanlar yoʻnalishida filiallari tashkil etildi.

🏛 Ushbu maktablarga faqatgina maktab joylashgan hudud yaʼni:
Nukus filialiga – Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Andijon filialiga – Andijon viloyati,
Samarqand filialiga – Samarqand viloyatidagi maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilar,
‼️Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga esa barcha hududlardagi maktab oʻquvchilar hujjat topshirishlari mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Biz oilaviy xorijda yashaymiz. Farzandim ayni paytda 4-sinfni tamomladi. U Prezident maktabiga hujjat topshira oladimi?

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatdagi ta’lim muassasasida o‘qiyotgan farzandlari Prezident maktablarining tegishli sinfiga o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili)ning doimiy yashash joyi bo‘yicha hujjat topshirishi mumkin.

Bunda o‘quvchilar ta’lim olayotgan ta’lim muassasasi tomonidan berilgan baholar tabeli (yoki shunga tenglashtirilgan rasmiy hujjat)ning davlat tiliga tarjima qilingan va tegishli tartibda notarial idora tomonidan tasdiqlangan shaklini taqdim etadi.

🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Abu_Ali_ibn_Sino
#xalqaro_olimpiada

⚡️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 9-14-iyun kunlari Buxoro shahrida ilk marotaba oʻtkazilayotgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi ishtirokchilari Buxoro shahridagi Prezident maktabida boʻldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal