Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.17K subscribers
4.49K photos
457 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli ustozlar!

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Har kuni yuzlab ustozlarimiz oʻzi dars berayotgan fanlardan test topshirib, yanada yuqori malaka toifalarini egallashmoqda.

Bu yilgi malaka sinov jarayonlari toʻliq avtomatlashtirilgan tizim asosida tashkil etilgan boʻlib, bu oʻz-oʻzidan jarayonlarning shaffof va adolatli oʻtkazish, inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.

Hurmatli pedagoglar!

Attestatsiya sinovlarida malaka toifasini olib berish boʻyicha turli takliflar bildirayotgan, buning uchun pul talab qilayotgan shaxslarning aldoviga uchmang va kasbiy obroʻyingizga xavf tugʻdirmang. Faqat oʻz bilimingizga tayaning, aziz ustozlar!

Shu oʻrinda yana bir maʼlumot!

Agar test jarayonlariga doir eʼtirozlaringiz boʻlsa,yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz attestatsiyaga doir murojaatlar uchun maxsus tashkil etilgan vazirlik Ishonch telefoni +998 88-827-09-09 yoki quyidagi bot manzili (https://t.iss.one/uzedu_vazirbot)ga yuborishingizni soʻraymiz.

Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Mazkur telefon raqami orqali sizning murojaatingiz yozib olinadi. Savollaringizga tegishli mutaxassislar tomonidan oʻrnatilgan tartibda javob beriladi.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Seminar

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida biologiya fani oʻqituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.

🌱 "Interactive methods in teaching biology" mavzusida oʻtkazilgan trening Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda o’tkazilgan ilmiy-amaliy treningda ishtirok etgan oʻqituvchilar tomonidan olib borildi.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Maktabimiz oʻquvchisi dunyoning yetakchi universitetlaridan grantlarni qoʻlga kiritdi.

11-sinf oʻquvchisi Humoyunjon Jabborov Toronto Universiteti St. George campus, Faculty or Arts & Science, Life Sciences fakultetiga Arts & Science Global Scholarship, 100% lik grant asosida qabul qilindi.

Shuningdek, Humoyunjon Kings College London (KCL), University of Warwick, University College London (UCL) universitetlariga qabul qilingan.

Maʼlumot uchun, Toronto universiteti THE (Times Higher Education) University Ranking boʻyicha Kanadada 1-oʻrinda, dunyo boʻyicha esa 21-oʻrinda turadi.

Omad yor boʻlsin, Humoyunjon!
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Seminar

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida ingliz tili fani oʻqituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.

"Positive pedagogy and effective classroom management" mavzusida oʻtkazilgan trening Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda o’tkazilgan ilmiy-amaliy treningda ishtirok etgan oʻqituvchilar tomonidan olib borildi.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Art

🌈 Navoiy shahridagi Prezident maktabi 5-sinf o‘quvchilari Art🎨 fani o‘qituvchisi Maftuna Buriyeva rahbarligida kreativ usulda 🖌 ijodiy ishlar tayyorlashdi.
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Buxoro_Prezident_maktabi

“SPIRITUALITY, SPORT, SCIENCE, SOCIALIZING”

Bugun Navoiy Prezident maktabi jamoasi Buxoro shahridagi Prezident maktabida boʻldi. Maktab jamoalari oʻrtasida sport musobaqalari, science, robototexnika yoʻnalishlarida tadbirlar va psixologik seminar-treninglar oʻtkazildi. Madaniy-ko‘ngilochar badiiy kechalar boʻlib oʻtdi.