Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.17K subscribers
4.35K photos
444 videos
13 files
1.43K links
Download Telegram
#Navoiy_Prezident_maktabi

SOGʻ TANDA - SOGʻLOM AQL

Navoiy shahridagi Prezident maktabida jismoniy tarbiya darslarida barcha oʻquvchilar zoʻr qiziqish bilan ishtirok etadilar.

Bugun jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi U.Boʻronov tomonidan 5-sinf oʻquvchilari bilan oʻtkazilgan mashgʻulotlar oʻquvchilar diqqati va fikrlarini jamlashiga qaratilib, epchillik, chaqqonlik, tezkorlik, kuch hamda chidamlilik sifatlarini rivojlantirishlariga xizmat qildi.

"Tarbiya 3 qismdan iborat: badan tarbiyasi, aqliy tarbiya va axloq tarbiyasi."
Abdurauf Fitrat
#new_Uzbekistan_university

KO‘P SO‘RALAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOB BERAMIZ


Savol: Qaysi taʼlim yo'nalishlariga o‘qishga arizalar qabul qilinmoqda?

“Yangi O‘zbekiston” universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun quyidagi 9 ta taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga onlayn arizalar qabuli davom etmoqda:

Kimyo va materialshunoslik muhandisligi;
Mexanika muhandisligi;
Dasturiy ta’minot muhandisligi;
Kiberxavfsizlik;
Sun’iy intellekt va robototexnika;
Amaliy matematika;
Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili;
Pedagogika;
Sanoat boshqaruvi.

👉 O‘qishga ariza topshiring.

📞 Koll-markazi: +998712024111
🤖 Telegram bot: @newuucontact_bot

#qabul2024 #admission2024

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktabi

Davlatimiz rahbari ishtirokida o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida idora va muassasalarda oyning bir kuni “Teatr kuni” deb belgilanib, xodimlarning teatrlarga borishini yo‘lga qo‘yish ta’kidlangan edi.

Mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Andijon shahridagi Prezident maktabi jamoasi, pedagoglar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari Andijon viloyati musiqali drama teatrida “Bobur sog‘inchi” nomli spektaklni tomosha qilishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Navoiy_Prezident_maktabi
#speech_time

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida bugun tonggi "Speech time"da 5-sinf oʻquvchilari tomonidan "Yoʻqolib borayotgan hayvonlar" mavzusida taqdimot namoyish etildi.

Qiziqarli taqdimot bilan bir vaqtda art oʻqituvchisi M.Buriyeva tomonidan "house"lar kesimida art musobaqasi oʻtkazildi.

Maktabimizda "Art" fani doirasida oʻtkazilayotgan tanlovlar oʻquvchilarning ichki olami va taffakurini boyitib, emotsional jihatdan pozitiv ruhda bo‘lishlariga hissa qoʻshmoqda.
#Navoiy_Prezident_maktabi

OFITSERLIK - MARDLAR KASBI

Navoiy shahridagi Prezident maktabida mazkur shior ostida Navoiy viloyati Mudofaa ishlari  boshqarma boshligʻi oʻrinbosari  podpolkovnik M.Shermatov tomonidan oʻquvchi-yoshlar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Suhbat davomida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy taʼlim muassasalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berilib, oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Forwarded from Hilola Umarova
#Navoiy_tavalludining_583_yilligi

Gʻazal mulkining sultoni sifatida barcha turkiy xalqlar orasida yuksak qadrladigan buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy ijodi chinakam ma’noda o‘zbek adabiyotining ulkan xazinasidir.

❗️Navoiy o‘z davrida ikki — turkiy va forsiy tillarda birdek ijod qilgan kam sonli ijodkorlardan. Uning barcha asarlarida inson va borliq, uning ichki kechinmalari va tuyg‘ulari, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-falsafiy yo‘nalishlarga doir dolzab mavzular katta badiiy mahorat bilan tasvirlangan.

⚡️Yoshlarni ilm olishga undovchi, Vatanga sadoqat hamda ota-ona va yaqinlarni qadrlash ruhida tarbiyalaydigan nazmiy asarlari necha asrlarki xalqimiz tomonidan sevib mutolaa qilinadi.

Alisher Navoiy — o‘zbek adabiyoti va tarixining buyuk shaxslaridan biridir.