Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.12K subscribers
4.8K photos
471 videos
13 files
1.49K links
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Buyuk Britaniyaga ta’lim sayohatiga jo‘nab ketayotgan o‘quvchilar bilan uchrashdim.

Rosti, beg‘ubor, orzulari osmon, ko‘zlarida kelajakka katta ishonch porlab turgan bu yoshlarni ko‘rib, zavqim oshdi. Ularning o‘z fikrlarini turli chet tillarida burro-burro bildirib muloqot qilishayotganidan xursand bo‘ldim.

Tanlovda yurtimizdagi 7000 ga yaqin maktabdan qariyb 35 ming nafar o‘quvchi qatnashdi. Ularning 32 ming nafardan ortig‘i ingliz tilidan, ming nafardan ortig‘i nemis tilidan, ming nafarga yaqini fransuz tili yo‘nalishlarida ushbu tanlovlarda ishtirok etdi.

Bugun uchrashuvda qatnashgan 70 nafar o‘quvchilar mazkur tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Respublika bosqichiga chiqqan eng baxtli o‘g‘il-qizlarimiz, desam adashmagan bo‘laman.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, xorijiy tillarni egallash yoshlarimizga dunyo eshiklarini ochish barobarida, ularning jahon ilmu fanini o‘rganishlarida katta yordam beradi.

Ham sayohat, ham ta’limga doir ushbu safar o‘quvchilarga katta motivatsiya beradi hamda yanada chuqur bilim egallashlariga zamin yaratadi. Ular O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng, u yerda olgan taassurot va bilimlarini o‘z tengdoshlari bilan bo‘lishadi.

❗️Fursatdan foydalanib, tanlovda g‘olib chiqqan o‘quvchilarning ustozlariga ham o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. O‘quvchilarga bilim berish bilan bir qatorda, ularni ushbu bellashuvlarga qiziqtira olish ham o‘qituvchilardan katta matonat va sabr talab etadi.

⚡️Sayohatingiz maroqli va taassurotlarga boy o‘tishiga ishonaman, aziz o‘quvchilar! Oq yo‘l sizlarga!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

♻️ Uchrashuv davomida Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farrux Nartojiyevich Ziyabayev mutaxassisligi bo’yicha hayotiy tajribasi haqida so’zlab berdi va o‘quvchilarning keng imkoniyatlardan unumli foydalangan holda Vatan ravnaqi uchun kerakli kadrlar bo‘lib yetishishiga ishonch bildirdi.

Ochiq muloqot davomida yoshlar harbiy soha bilan bogʻliq boʻlgan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_Angliyada

Ta’limda yangi metodikalarni joriy etish, o‘qitish sifatini yangi bosqichga olib chiqishda maktabda samarali boshqaruvning yo‘lga qo’yilgani muhim, albatta.

⚡️ Shu maqsadda “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida bir guruh maktab direktorlarini Buyuk Britaniyaning Portsmut shahriga jo‘natdik.

🎗️Ushbu dastur davomida direktorlar ayni paytda Portsmut universitetida malakali trener-o’qituvchilarning kasbiy rivojlanish seminar-treninglarida ishtirok etishmoqda.

❗️Treninglarda maktablarda ta’lim muhitini yaxshilash, samarali boshqaruv va bunda o’qituvchilar hamda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash kabi mavzularda so‘z yuritilmoqda.

✔️2 hafta davom etadigan ushbu loyiha direktorlarimiz uchun o‘z kasblarida yangi marralarga erishishlarida ko’mak berishiga ishonaman.

E’tiborli jihati, dastur davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o‘tashadi va bu ular uchun o’ziga xos imkoniyatdir.

⚡️Shubhasiz, bunday loyihalar yurtimiz ta’lim tizimi rivoji uchun alohida ahamiyatga ega.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Farzandim_Prezident_maktabi_oʻquvchisi

BAXTIYOR OTA-ONALAR QALB KECHINMALARI...

📹 Navoiy shahridagi Prezident maktabiga joriy yilda o‘qishga qabul qilingan bir qator o‘quvchilarimizning ota-onalari bilan qurilgan suhbat jarayonidan video lavhani e'tiboringizga havola etamiz.

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#viktorina

💫 Navoiy shahridagi Prezident maktabida "tarix va tarbiya haftaligi" doirasida 7-Blue va 7-Green sinf oʻquvchilari oʻrtasida Jahon tarixi fanidan viktorina tashkil etildi.

Qizgʻin kechgan musobaqada faol ishtirok etib, 7-Green sinfining "Fransiya" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Tarix bilimdonlariga hamisha omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlsin!

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik
#Loyiha

"Endless Network" loyihasi tashkilotchilari boʻlmish Navoiy shahridagi Prezident maktabi 11-sinf oʻquvchilari, "No exception" klubi a'zolari bilan birgalikda, viloyatdagi koʻzi ojizlar maxsus maktab-internatiga loyiha doirasidagi navbatdagi tashrifini amalga oshirishdi.

📣 Uchrashuv davomida yoshlarimiz maktab-internati tarbiyalanuvchilari bilan turli intelektual oʻyinlar, xususan Zakovat oʻyinini tashkil etib musobaqalashishdi.

🔍 Undan tashqari, oʻquvchilarning ingliz tilidan bilimlarini oshirish va nutqlarini yanada ravon qilish maqsadida, ularga chet tili boʻyicha kerakli ma'lumotlar va "speaking session"lar oʻtkazishdi.

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabining 6-8-10 sinf oʻquvchilari ishtirokida "Yashil makon" loyihasi doirasida mmuassasa hududiga archa va mevali daraxtlar koʻchatlari ekildi.

Maktab tarbiyachilari oʻquvchi-yoshlarimizga daraxtlarning ekologiyaga bebaho ta'siri haqida tushunchalar berishdi.

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM