Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.17K subscribers
4.34K photos
444 videos
13 files
1.43K links
Download Telegram
#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab

📣 NAVOIY VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY TARZDAGI TOMDI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Tadbirda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev, Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov, “NKMK” AJ Boshqaruvi raisi – Bosh direktori Q.Sanaqulov, nuroniylar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tomdi tumanida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan barpo etilgan zamonaviy 504 o‘rinli ixtisoslashtirilgan maktab-internati yettita blok va uch qavatdan iborat bo‘lib, o‘quvchilar taʼlim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Taʼlim muassasasi zamonaviy o‘quv xonalari va kompyuter jihozlari bilan taʼminlangan. Maktabda har bir fan uchun maxsus o‘quv sharoitlari yaratilgan bo‘lib, sinfxonalari eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

Bu taʼlim dargohiga Zarafshon shahri, Tomdi, Uchquduq tumanlari va Navoiy shahridan 5-11 sinflarga eng bilimli, yuqori intellektual salohiyatga ega o‘g‘il-qizlar test sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘qishga qabul qilindi. Yangi taʼlim muassasasida ishlash uchun 30 nafar malakali o‘qituvchilar uch bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilindi.

Ayni paytda mazkur maktab-internatda 301 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olishmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab

📣 NAVOIY VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY TARZDAGI TOMDI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI BINOSINING OCHILISH JARAYONIDAN VIDEOLAVHA

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | 😎 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣 DIQQAT E'LON!

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Prezident, Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 9-18-sentabr kunlari bo'lib o'tadi.

Bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (ESLATMA: Agar xorijiy OTMlarini tamomlagan boʻlsangiz diplomingiz nostrifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatni ham ilova qilish shart);
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tmoqda.

❗️
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g’oliblikni qo’lga kiritgan 13 nafar o’quvchimizni taqdirladi.

✔️Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq:

🥇 oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga BHMning 500 baravari (165 mln so‘m), ustoziga 450 baravari (148,5 mln so‘m);
🥈kumush medal uchun — o‘quvchi BHMning 300 baravar miqdori (99 mln so‘m), ustoziga 250 baravar (82,5 mln so‘m),
🥉bronza medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

📍 Tadbir davom etmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

🔴 Xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi davom etmoqda.

⚡️ Mintaqaviy xalqaro olimpiadalar g’oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Abdurahmon Ibrohimov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxodjayev, akademik Abdulla A’zamov tomonidan taqdirlandi.

❗️Ma'lumot o'rnida, bu yil o'quvchilarimiz mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda esa jami 52 ta medalni qo'lga kiritishgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASIDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHGA DOIR QATOR VAZIFALAR BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida“gi Farmoni hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilindi.

Mazkur qarorga asosan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari beriladi;

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlaridagi barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari eksperiment tariqasida ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi hamda kelgusida mazkur tajriba respublikamizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi;

banklarning nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

⚡️2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi 10-sinf o‘quvchilari uchun tegishli hududlarda talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslari joriy etiladi;

❗️Bunda, dastlabki bosqichda ushbu tartib zarur kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etiladi.

Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.

👉 Batafsil

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#psychologist_time
#5_grade

ADAPTATION PERIOD

🎈 Navoiy shahridagi Prezident maktabida yangi qabul qilingan 5-oʻquvchilari bilan ularning maktabga va oʻquvchilar uchun moʻljallangan turar joyga moslashishiga koʻmaklashishga qaratilgan "5-sinf bo'lish osonmi?" mavzusida psixotrening mashgʻulotlari oʻtkazildi.

☀️ Maqsad: bolalarga bir-birlari bilan yaqinroq tanishish uchun imkoniyat yaratish, hamjihatlikni shakllantirishga yordam berish, moslashish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni oldini olish choralarini koʻrishdan iboratdir.

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Favqulotda vaziyatlarda harakatlanish boʻyicha amaliy mashgʻulot boʻlib oʻtdi

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tabiiy ofatlarda harakatlanish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi.

Maktab xodimlari va oʻquvchilariga favqulotda holatlarda inson oʻzini qanday tutishi, ehtiyotkorlik choralarini koʻrishi kerakligi, xavfsizlik texnikasi haqida muhim ma'lumotlar berish bilan bir qatorda ularni mustahkamlab, amaliy koʻnikmalari rivojlantirildi.

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
#zakovat

"ZAKOVAT" 1-TUR BAHSLARIGA START BERILDI

🧩 Oʻquvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli oʻquvchilarni saralash va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Navoiy shahridagi Prezident maktabida "Zakovat" intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

Natijalar quyidagicha:
🥇1 -o'rin Evolution va Forever
🥈2 - o'rin Wacanda
🥉3 - o'rin Exclusive
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣 DIQQAT E'LON!

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Prezident, Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 9-18-sentabr kunlari bo'lib o'tadi.

Bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (ESLATMA: Agar xorijiy OTMlarini tamomlagan boʻlsangiz diplomingiz nostrifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatni ham ilova qilish shart);
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat_tanlov!

📣📣 Aziz o’quvchilar!

1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozingizni noodatiy yo'l bilan xursand qilmoqchimisiz?

Unda biz sizga shunday imkon beramiz!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bugungi kunda yuqori sinf o’quvchilarining ijtimoiy tarmoqdagi faolliklari, ular tomonidan ishlanayotgan roliklarning trendga chiqayotganini inobatga olib, ushbu mahorat evaziga rag'batga ega bo'lishga chorlab qoladi.

❗️O'qituvchingiz haqida rolik suratga oling va ustozingiz uchun sovg'a yutib oling!

⚠️Xo’sh, buning shartlari qanday?

Rolik davomiyligi 2 daqiqadan oshmasligi kerak;

Ushbu postni o‘z sahifangizda bo‘lishishingiz lozim (bo‘lishganda sahifangiz ochiq bo‘lsin);

Ijodiy ishingizni #Ustozimga xeshtegi bilan o‘z sahifangizda ham, vazirlikning Facebook sahifasida ushbu tanlov e'lon qilingan post ostida ham bo‘lishing.

✔️ Jamoatchilik tomonidan eng ko'p layk yiqqan ijodiy ish tanlov g’olibi deb topiladi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdirlanadi.

🥇1-o'rin - monoblok
🥈2-o'rin - kompyuter
🥉3-o'rin - noutbuk

Roliklarni tayyorlashda ijodiy yondashuv olqishlanadi.

❗️Tanlovda qatnashish huquqiga faqat barcha shartlarni bajargan ishtirokchilar ega bo’ladi.

⚡️Tanlov g'oliblari 28-sentabr kuni soat
1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣ da e'lon qilinadi.

Vaqt ketdi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi

TECH GIRLS

📣 Bugun tonggi "Speech time"da maktabimizning 11-sinf oʻquvchisi, "Tech girls" dasturi gʻolibi Niyazova Shahzoda tomonidan mazmunli taqdimot oʻquvchilar eʼtiboriga havola etildi.

⚡️ 15-17 yoshli qizlar uchun AQSHda 4 haftalik TechGirls yozgi oromgohidan olgan taassurotlari bilan boʻlishdi.

TechGirls - qizlarni ilm-fan va texnologiyalar sohasida ish yuritishga ragʻbatlantirish va ilhomlantirishga qaratilgan xalqaro yozgi almashinuv dasturi.

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM