Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.16K subscribers
4.4K photos
448 videos
13 files
1.44K links
Download Telegram
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🗣 Navoiy shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi  Xolmuminov Maʼrufbek ingliz tilidan Xalqaro IELTS imtihonidan 8,5 ballni qo‘lga kiritdi.

🌐🌐🌐
🌐 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 Instagram | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING BO‘SH O‘RINLARIGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA

📝Prezident maktablarining bo‘sh o‘rinlariga kirish imtihonlari shu yilning 29-avgust kuni soat 11:00da Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo‘lib o‘tadi.

📑 Bo‘sh o‘rinlarga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin:

PREZIDENT MAKTABLARI

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Davlat granti uchun  ajratilgan o‘rinlarning 77 foizini joriy yilgi maktab bitiruvchilari egallagan

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda kirish imtihonlarida ishtirok etgan (jami 888 511 nafar) abituriyentlarning 303 560 nafari (31,5 foiz) umumta’lim maktablarining joriy o‘quv yilgi bitiruvchilaridir.

❗️ Ushbu bitiruvchilarning 95 497 nafari (25 foizi) joriy test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, mahalliy OTMlari talabasi bo‘lgan.

✔️Aslida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan bitiruvchilarimiz bundan ham ko‘p, har yili o‘rtacha 10-15 foiz (44 000 nafar) bitiruvchi nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lmoqda. Shu bois ayrim bitiruvchilar xususiy va xorijiy OTMlarga kirgan va test sinovlarida ishtirok etmagan.

⚡️Oliy ta’lim muassasalariga kirgan bitiruvchilar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, 2021-yilga nisbatan oliy ta’lim muassasalariga kirgan bitiruvchilar soni 14019 nafarga, 2022-yilga nisbatan esa 9 628 nafarga ortgan  (2021-yil 81478 nafar, 2022-yilda 85 869 nafar bitiruvchi OTMga kirgan).

Bitiruvchilarning oliy ta’lim qabul kvotasi uchun ajratilgan davlat granti o‘rinlarini egallash salmog‘i ham yildan-yilga ortib bormoqda. Joriy yilda davlat granti uchun  34930 ta kvota ajratilgan bo‘lsa, uning 77 foizini (26 884 nafar bitiruvchi) aynan maktab bitiruvchilari egallagan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga, ya’ni 3 537 taga ko‘p (2022-yilda 23 347 nafar maktab bitiruvchilar grantga kirgan bo‘lib, ulushi 73,5% bo‘lgan).

Bitiruvchilarning bilim samaradorligi ham o‘tgan yilga nisbatan yaxshilanganligini ko‘rish mumkin. Joriy yilda  o‘rtacha ball 77,1 ni tashkil etib, 2021-yilga nisbatan qariyb 3 balga, 2022-yilga nisbatan esa 1 balga ortgan (2021-yilda 74,2 ball, 2022-yilda 76,3 ball).

Ma’lumot o‘rnida, jami abituriyentlarning o‘rtacha bali 66,7 ni tashkil etgan bo‘lsa, aynan joriy yil bitiruvchilarining o‘rtacha bali 77,1 ballni (+10,4) tashkil etmoqda.

❗️Shuni alohida qayd etish lozimki, maksimal balning 75 foizidan yuqorisini to‘plab, ijobiy natija ko‘rsatgan abituriyentlarning 68 foiz ulushi joriy yilgi bitiruvchilarga to‘g‘ri kelmoqda. Bu yil 30640 nafar yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlarning 20873 nafari ham maktab bitiruvchilaridir.

Shu o‘rinda minimal o‘tish ball (56,7 ball) dan past natija ko‘rsatgan abituriyentlar soni ham yildan-yilga kamayib borayotganini alohida ta’kidlash lozim. Joriy yilda jami 888 511 nafar abituriyentdan 415 159 nafari (46,7 foizi) 56.7 ballni ham to‘play olmagan bo‘lsa, ular orasida maktab bitiruvchilari 11,7 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan qariyb 4 ming nafarga kamaygan.

Natijalar kutilayotgan ko‘rsatkichlardan yiroq bo‘lishi mumkin. Biroq oxirgi yillarni tendensiyasini tahlil qilar ekanmiz, yildan-yilga bitiruvchilar qayd etayotgan natijalarda ijobiy dinamika mavjudligining guvohi bo‘lishimiz mumkin.

✔️Maktab ta’limi sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Bunda faqatgina maktab jamoasi hamda pedagoglarning mehnati bilan cheklanmay, farzandlarimizning bilimli bo‘lishida ota-onalarning ham o‘rni muhimligini aytib o‘tishimiz lozim.

Fursatdan foydalanib, oliy ta’lim muassasalariga kirish sinovlarida yuqori natijalarni qayd etgan barcha bitiruvchilarimiz, ularning ustozlari va ota-onalariga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktablari
#seminar

⚡️Prezident maktablarining rahbar xodimlari uchun
o‘quv-seminari bo’lib o’tmoqda

📆 24-26-avgust kunlari Toshkent shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari, maxsus fanlar hamda ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminari o’z ishini boshladi.

Ushbu seminardan ko’zlangan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 526-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, Prezident maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish,  yangi o‘quv yilida o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish, tayanch o‘quv reja va dasturlar bilan yaqindan tanishtirish, xalqaro CIS (Council of International Schools) akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonlariga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirishdir.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023

🔔 APELLATSIYA ARIZALARINI KO’RIB CHIQISH KUNLARI TASDIQLANDI

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga apellatsiya arizalarini qabul qilish 23-avgust kuni soat 19:00 da yakunlandi.

📊 Respublika boʻyicha jami 3 141 ta ariza kelib tushdi va arizalarni koʻrib chiqish kunlari tasdiqlandi.

🗣 Jumladan:
Toshkent shahar – 239 ta, (26-30-avgust);
Qashqadaryo viloyati – 259 ta, (26-30-avgust);
Farg‘ona viloyati – 303 ta, (26-30-avgust);
Surxondaryo viloyati – 209 ta, (26-29-avgust);
Toshkent viloyati – 217 ta, (26-29-avgust);
Navoiy viloyati – 121 ta, (26-28-avgust);
Samarqand viloyati – 309 ta, (26-30-avgust);
Namangan viloyati – 220 ta, (26-29-avgust);
Buxoro viloyati – 139 ta, (26-28-avgust);
Andijon viloyati – 394 ta, (26-30-avgust);
Xorazm viloyati – 246 ta, (26-30-avgust);
Sirdaryo viloyati – 101 ta, (26-27-avgust);
Jizzax viloyati – 133 ta, (26-28-avgust);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 251 ta, (26-30-avgust).

📞 Agentlik tomonidan murojaatchilarning har biriga telefon orqali apellatsiyaga kelish kunlari maʼlum qilinadi.

❗️Diqqat! Har bir arizachining murojaati belgilangan kunda Apellatsiya komissiyasi tomonidan oʻz hududidagi Prezident maktablarida koʻrib chiqiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktablari
#seminar

Xabar berganimizdek, Prezident maktablarining rahbar xodimlari uchun o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Trening davomida rahbar xodimlar tomonidan 2022-2023-o‘quv yilidagi erishilgan natijalar, kamchiliklar  jumladan A-level imtihonlari natijalarining tahlili va  yangi o‘quv yiliga ushbu yo‘nalishda belgilangan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari haqida fikr almashildi.

🗣Shuningdek, Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish yo‘nalishidagi vazifalar, yangi o‘quv yili uchun tayanch o‘quv reja va dasturlar muhokamasi, yangi o‘quv yilida o‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatlarini tartibga solish, to‘garaklar faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida dasturlarni umumiy sinxronlikka keltirish kabi mavzularida o‘zaro muhokamalar olib borishdi.

📌 Eslatib o'tamiz, 26-avgust kuni ham Toshkent shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablarining akademik direktorlari va direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminari davom etadi.

📸 Seminar tafsilotlari bilan fotolavhalar orqali tanishishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RaqamliAvlod
#InklyuzivITOromgohi

⚡️ Xabar berganimizdek, Inklyuziv "Raqamli avlod IT Oromgohi" onlayn va oflayn tarzda boʻlib oʻtmoqda.

Oromgoh oflayn darslari 200ga yaqin umumta'lim, Prezident, ijod maktabi o'quvchilari va zaif eshituvchi bolalar maktablari tarbiyalanuvchilarini hamda universitet talabalarini qamrab olgan. Onlayn darslarda esa 2000dan ziyod yoshlar qatnashishmoqda.

📆 Eslatib o'tamiz, oromgoh joriy yilning 30-avgust kunigacha davom etadi.

❗️Ushbu havolalar orqali onlayn darslar bo'yicha ma'lumotlar olishingiz va mentorlar bilan bog'lanishingiz mumkin:

🔸Sun'iy intellekt - https://t.iss.one/+1aYU6HwCw2pjZjk6
🔸React.js - https://t.iss.one/+Mq38K-OFAHcxNGZi 
🔸 Python -  https://t.iss.one/+Wx9GkI99SmlkZmIy                 
🔸.Nethttps://t.iss.one/+4sfsGy0vd89kMjli
🔸Web dizayn - https://t.iss.one/+vK9o6uBUek4wMDAy

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM