Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.16K subscribers
4.4K photos
448 videos
13 files
1.44K links
Download Telegram
#Navoiy_Prezident_maktabi

SCIENCE

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida bugun Science fani oʻqituvchilari Mohinur Teshayeva va Mutya Salen tomonidan 5-blue sinfi bilan "Fungi" mavzusida o‘tkazilgan integratsion dars innovatsion uslub va g‘oyalarga boy tarzda qiziqarli tashkil etildi.

O‘quvchilarning mustaqil ijodiy tafakkurlari faollashtirilib, darsda juda faol ishtirok etishdi.

Ochiq darslarni o’tkazishdan maqsad o’qituvchi va o’quvchilarning ijodiy hamkorligini targ’ib etish, ta’lim-tarbiya jarayonida ularning ijodiy, izlanuvchanlik mahoratini namoyish etish, iqtidorli o’quvchilarning qobiliyatlarini yanada rivojlantirishdir.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Navoiy_Prezident_maktabi
#psychologist_time

STRESSNI BIRGALIKDA YENGAMIZ

🌈 Navoiy shahridagi Prezident maktabida o'quvchilarda kuzatilishi mumkin bo'lgan ruhiy zo'riqishlarni oldini olish, psixologik immunitetni shakllantirish maqsadida trening mashg'ulotlari o'tkazildi.

Mashg'ulot o'quvchilarga quvnoq hamda pozitiv kayfiyat berish bilan birga ruhiy zo'riqishlarni oldi olindi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Diqqat❗️
#A_level

⚡️A-LEVEL IMTIHONLARI UCHUN RO'YXATDAN O'TISH MUDDATI YAKUNLANMOQDA!

Shoshiling!

Xalqaro A-level imtihonlari uchun ariza topshirish muddati 10-fevralgacha (shu kuni ham) davom etadi.

❗️Imtihonlar uchun onlayn arizalar https://alevel.piima.uz/ sayti orqali qabul qilinmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор

Yurtimizda bir-biridan iste'dodli yoshlar ko'p. Ularning har biri O'zbekistonning ertasi, bizning umidimizdir.

Ayni damda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan "Yangi O'zbekiston" universiteti talabasi Azimjon Jamolov xuddi shunday yoshlardan biri hisoblanadi.

❗️U o'tgan yili yurtimizda bo'lib o'tgan 56-Mendeleyev olimpiadasida oltin, Xitoyda o‘tkazilgan 54-Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari, Azimjon “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohibi hamdir.

Kun.uz internet nashri o'quvchimiz bilan intervyu tashkil qildi. Unda Azimjon xalqaro olimpiadalardagi ishtiroki, o'z oldiga qo'ygan maqsadlari hamda fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ta'kidlash joizki, Azimjon kabi yurtimiz bayrog'ini baland ko'taradigan yoshlar tom ma'noda bizning iftixorimizdir. Aynan ular mamlakatimizning yangi tarixini yozishadi.

👉Azimjonning intervyusi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://kun.uz/67598011
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️BU VIDEONI FARZANDINGIZ ALBATTA KO‘RSIN!

Bolalar yomon niyatli odamlarni farqlay olishmaydi. Ular beg‘uborligi, kattalarga ishonuvchanligi sabab yovuz niyatlilarning qurboniga aylanib qolishlari mumkin.

Shu sabab, bolangizga:

Shubhali shaxslar bilan gaplashmaslikni,
ularning qo‘lidan sovg‘a olmaslikni,
tanimagan odamlarning mashinasiga o‘tirmaslikni tayinlashingiz lozim.

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun ogohlikni oshirish shart va zarurdir!

Mazkur video-rolikni farzandingiz bilan birgalikda tomosha qiling va unga begonalar bilan qanday muomala qilishni o'rgating.

Zero, bu oddiy qoidalar bolangizni xavf va xatardan asrab qolishi mumkin!
#Tanlov
#Эълон

📣Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi oʻqituvchilar va oʻquvchilar uchun “Renessans” sogʻlomlashtirish oromgohining logotipini yaratish boʻyicha ijodiy tanlov eʼlon qilinadi!

Unda Prezident maktablari, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlar, ijod maktablari oʻqituvchilari va oʻquvchilari hamda “Yangi Oʻzbekiston” universitetining talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari:

✔️ Logotip “Renessans” sogʻlomlashtirish oromgohi faoliyati mohiyatini yoritib beruvchi ramziy xususiyatlarga, betakror badiiy yechimga, badiiy gʻoyaning izchilligiga ega boʻlishi;
✔️Oromgoh faoliyati yoʻnalishlariga mosligi, logotip iqtidorli yoshlar, sanʼat, sport, ilm-fan, mazmunli dam olish va sogʻlomlashtirishni ifodalashi, “Renessans” yozuvi boʻlishi, shuningdek, renessansni aks ettirishi;
✔️Logotipda davlat ramzlari shakllari hamda tasvirlaridan foydalanish mumkin emas;
✔️Logotipning qismlari yoki boshqa oromgohlarga tegishli logotiplar yoki dizaynning elementlari yoki qismlari boʻlmasligi zarur va tanlov oʻtkazilguniga qadar biror joyda namoyish etilmagan boʻlishi shart.

📆Ishlab chiqilgan logotip loyihalari 2023-yil 20-fevral soat 18:00 ga qadar [email protected] elektron manziliga yuborilishi lozim.

📞Qo'shimcha ma'lumot uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: 71 207 20 17 (292).

❗️Ijodiy tanlov natijalariga koʻra birinchi oʻrinni egallagan ishtirokchi Agentlikning estalik sovgʻasi bilan taqdirlanadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Liderlar_hamjamiyati

“Bugun siz maktabni boshqarasiz, ertaga sizning o‘quvchilaringiz dunyoni boshqaradi!”

Vazirligimiz tomonidan maktab direktorlari uchun yangi loyiha - Liderlar hamjamiyatini tashkil etishni rejalashtirganmiz.

Ushbu hamjamiyatning maqsadi nimadan iboratligi ko‘pchilikka qiziq bo‘lsa kerak.

Eng avvalo, maktab rahbarlarini zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor, jamoasini bir maqsad atrofida birlashtira oladigan haqiqiy liderlar etib tayyorlashimiz lozim.

Shu maqsadda vazirligimiz tomonidan 7-10-fevral kunlari “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Butun Respublika bo‘ylab bo‘lib o‘tadigan ushbu loyihadan umidimiz katta.

Chunki ta'lim sifatini oshirishda maktab faoliyatining tizimli yo‘lga qo‘yilishi muhim o‘rin tutadi. Ish jarayonini sifatli tashkil etish esa avvalo rahbarga bog‘liq.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Зилзила вақтида нима қилиш керак?

Видео йўриқномани кўринг.

Яқинларингизга улашинг!

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Диққат жамоатчилик муҳокамаси!

2022–2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини “Инсонга эътибор ва сифатли таълим йили”да
амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармони лойиҳаси кенг жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинди.

"Тараққиёт стратегияси" маркази барча фуқаролардан 2023 йилги Давлат дастури лойиҳасининг муҳокамасида фаол иштирок этиб, мамлакатимиз тараққиётига хизмат қиладиган таклифларни Марказнинг махсус 2023.strategy.uz ҳамда davlatdasturi.uz порталлари ёки ижтимоий тармоқлардаги @dscuzbekistan ва @YangiTaraqqiyotStrategiyasi телеграмм каналлари орқали билдиришларини сўраб қолади.

МУҲОКАМАЛАР 2023 ЙИЛНИНГ 6 ФЕВРАЛИДАН 17 ФЕВРАЛИГАЧА ДАВОМ ЭТАДИ.

Каналимизга обуна бўлинг
👉🏻
https://t.iss.one/dscuzbekistan

Марказ расмий саҳифалари
Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Seminar_trening
#LIVE🔴

“LIDERLAR HAFTALIGI”GA START BERILDI

❇️ Bugun barcha hududlarda umumta'lim maktablari direktorlarining liderlik ko’nikmalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan seminar-treninglar boshlandi.

Mazkur seminarni tashkil etish orqali umumta'lim maktablari direktorlari uchun uzoq muddatli strategiya va ustuvor vazifalarni belgilash, jamoada sog‘lom muhit yaratish, samarali ta'lim tamoyillari hamda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsad qilingan.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | «Лидерлик ҳафталиги» доирасидаги семинар-тренинг
#7feb #uzbkeiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Speech_time

"BUYUK SIYMONI XOTIRLAB"

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida soʼz mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan hafta mobaynida buyuk siymoni madh etuvchi taqdimotlar, gʼazalxonliklar va sahna koʼrinishlari oʼtkazilishi rejalashtirilgan edi.

Bugun maktabimizda Navoiyshunos olima Munira Xudoyorova mehmon boʼlib, "Hazrat Alisher Navoiyga ehtirom" mavzusida ma'ruza qildilar.

❇️ Taqdimot so'ngida o'quvchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Shuningdek, maktab o'quvchilari tomonidan Navoiy bobomiz qildirgan beqiyos merosi xususida taqdimot namoyish etishdi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook