Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.16K subscribers
4.4K photos
451 videos
13 files
1.45K links
Download Telegram
🟢 #Раҳбар_ва_ёшлар_учрашуви

👮‍♂️ Навоий шаҳридаги Президент мактабида навбатдаги “Раҳбар ва ёшлар” учрашуви ташкил қилинди.

✏️ Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил сентябрь ойидаги 44-сонли баёни ижроси юзасидан вилоят ва туман ҳокимлари, вилоятдаги йирик корхоналар раҳбарлари 2022-2023-ўқув йили давомида барча мактабларда ўқувчи-ёшлар билан учрашиб, республикамизда амалга оширилаётган ислохотларнинг мазмун-моҳиятини таништириб бориш вазифаси юкланган.

Шу мақсадда, вилоят божхона бошқармаси бошлиғи Д.Юсупов ҳамда Навоий шаҳридаги Президент мактаби ўқувчи-ёшлари ўртасида давра суҳбати ташкил этилди.

📝 Давра суҳбати давомида, божхона бошқармаси бошлиғи Д.Юсупов :

Президентимиз томонидан илгари сурилаётган бешта муҳим ташаббус ҳамда ёшларга ва таълимга берилаётган эътибор;

Божхона тарихи ва божхоначи касби тўғрисида;

Ўзининг мактаб ўқувчилик давридан тортиб, то ҳозирги раҳбарлик даврига қадар кечган ҳаёт йу́ли;

Барча фанлар инсон ҳаёти билан чамбарчас боғлиқлиги ва уларни ўзлаштириш фойдадан ҳоли эмаслигини ҳаётий мисоллар билан тушунтириб берди.

Шунингдек, учрашув давомида Божхона институти, курсантлар ҳаёти, уларга яратиб берилган шароитлар борасида ҳам тўхталиб ўтилди. Ўқувчиларнинг божхона соҳаси бўйича ўзларини қизиқтирган барча саволларга сох,а мутахассиси томонидан етарлича жавоблар берилди.

◀️ Президентимиз таъкидлаганидек, "Моддий ва маънавий ҳаётни уйғун ривожлантиришимиз керак. Мактаб бу борада асосий бўғин бўлиши лозим. Мактаб таълимини ривожлантириш биз учун буюк умуммиллий мақсадга, умумхалқ ҳаракатига айланиши зарур”.

🌐 Бизни ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг

🌍 Web_site Facebook Telegram 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢 #Раҳбар_ва_ёшлар_учрашуви

◀️ Навоий шаҳридаги Президент мактабида Навоий вилояти божхона бошқармаси бошлиғи Д.Юсупов ишитирокида "Раҳбар ва ёшлар учрашуви" бўлиб ўтди.

🌐 Бизни ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг

🌍 Web_site Facebook Telegram 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#A_level

⚡️Sizga qulaylik yaratish maqsadida A-level imtihonlariga onlayn ariza topshirish tartibi haqida video-yo'riqnoma taqdim etilmoqda.
__________

For your convenience, we provide a step-by-step video guide on applying online to the A-level exams.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Xushxabar

❇️ NAVOIY SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI "CIS" (Council of International Schools) XALQARO MAKTABLAR KENGASHIGA QABUL QILINDI!

🔖 A'zolik arizasi, jumladan, quyidagi mezonlar asosida baholandi:

CISning axloq mezonlari;

Ta'lim muassasasining maqsadi va yo‘nalishi;

Yuqori darajali o‘qish va o‘qitish tizimi;

O‘quvchilarning farovonligi;

Global fuqarolik.

🏢 Mazkur Kengash a'zoligi maktablar uchun nima beradi?

⚡️ Xalqaro maktablar kengashi a'zosi bo‘lish ta'lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganligini bildiribgina qolmay, o‘quvchilarning chet eldagi TOP universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyatini oshiradi.

⚡️ Kengash a'zosi bo‘lgan nufuzli maktablar va xalqaro tashkilotlar bilan ta'lim sohasidagi hamkorliklarni rivojlantirish imkoniyati kengayadi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Navoiy_Prezident_maktabi
#fan_olimpiadasi
#LIVE

🔴 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi fan olimpiadasida 2-kun

❇️ Agentlik tasarrufidagi barcha ta'lim muassasalarida bugun STEAM fanlari doirasidagi olimpiada bo‘lib o‘tmoqda.

Fan olimpiadasining maktab bosqichi bugungi kun lavhalari bilan bo‘lishamiz...

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Диққат_эълон
#A_level

📣📣📣A-level imtihonlari uchun ro'yxatdan o'tayotgan talabgorlar diqqatiga!

❗️ Endi mazkur imtihonlar uchun to'lov qilish yanada osonlashdi - to'lovlarni Payme ilovasi orqali amalga oshirishingiz mumkin!

Buning uchun Payme ilovasining To'lovlar bo'limiga o'tib, ism-familiyangizni hujjatdagidek to'ldirishingiz va telefon raqamingizni kiritishingiz kerak bo'ladi.

Xalqaro imtihonlarda barchaga omad tilaymiz!

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Joriy o’quv yilidan maktabning 9- va 11-sinfini tugatgan bitiruvchilarga shahodatnomalar elektron shaklda beriladi.

Bu esa ta’lim sohasidagi qog‘ozbozlik, ortiqcha xarajat va ovoragarchiliklarni oldini olishga qaratilgan navbatdagi qadam.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayanch o‘rta ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar elektron tarzda o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.

Mazkur tartib o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega bitiruvchilarning yurtimizdagi hamda xalqaro bitim imzolagan davlatlar hududidagi kollej, texnikum va oliy ta’lim tashkilotlariga kirish uchun hujjatlarni topshirish huquqini beradi. Elektron shahodatnomani olishda va OTMga topshirishda ortiqcha ovoragarchiliklarning yo'qligi esa o'z navbatida bitiruvchilar va ularning ota-onalariga ham qulaylik yaratadi.

Elektron shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi. Buning uchun bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Eng ahamiyatlisi, shahodatnomalar yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, bitiruvchilarga dublikat shahodatnoma berilmaydi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan o‘zi istagan vaqtda bepul qayta yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ta'limni raqamlashtirish borasidagi ishlarni davom ettiradi.
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Prezident_maktablari

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining o'quvchilari xorijning yetakchi universitetlaridan grantlarni qo'lga kiritishda davom etishmoqda. Jumladan:

▶️Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Ahrorbek Nazarov:

🔹AQSHning Arizona universiteti,
🔹New York university Abu Dhabi kampusi,
🔹Rose Hulman University of Technology,
🔹Drexel university'dan jami 656 000 AQSH dollari miqdoridagi;

▶️ Guliston shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Sevinch Nishonqulova:

🔹 Wingate University
🔹University of Arizona
🔹King‘s Collage
🔹University of Colorado Denver
🔹 University of Nebraksa-Lincoln
🔹 Iowa State University
🔹Whitworth University
🔹 Colorado State University
🔹
University of Missouri
🔹Missouri University of Science and Technology
🔹 Quinnipiae University universitetlaridan jami 435 000 AQSH dollari miqdoridagi;

▶️ Fariza Karakulova esa University of Arizona va University of Minnesota Morries universitetlari uchun 150 000 AQSH dollari miqdoridagi grantni qo'lga kiritishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Navoiy_Prezident_maktabi

SCIENCE

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabida bugun Science fani oʻqituvchilari Mohinur Teshayeva va Mutya Salen tomonidan 5-blue sinfi bilan "Fungi" mavzusida o‘tkazilgan integratsion dars innovatsion uslub va g‘oyalarga boy tarzda qiziqarli tashkil etildi.

O‘quvchilarning mustaqil ijodiy tafakkurlari faollashtirilib, darsda juda faol ishtirok etishdi.

Ochiq darslarni o’tkazishdan maqsad o’qituvchi va o’quvchilarning ijodiy hamkorligini targ’ib etish, ta’lim-tarbiya jarayonida ularning ijodiy, izlanuvchanlik mahoratini namoyish etish, iqtidorli o’quvchilarning qobiliyatlarini yanada rivojlantirishdir.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook