Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.15K subscribers
4.4K photos
448 videos
13 files
1.44K links
Download Telegram
#Navoiy_Prezident_maktabi

AL-XORAZMIY AVLODLARI

❇️ “Besh muhim tashabbus – kamolot sari yoʻl”
doirasida oʻquvchi-talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ularning kreativ va innovatsion fikrlash qobiliyatini oʻstirish maqsadida tadbirlar tashkil etib borilmoqda.

Oʻquvchilarning axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarini oshirish, ularda axborotni tahlil qilish, dasturiy mahsulotlar yaratish boʻyicha koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan “Al-Xorazmiy avlodlari” tanlovini oʻtkazish tizimli yoʻlga qoʻyildi.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Tanlov

❇️ Oʻquvchi-yoshlarda Vatanga sadoqat, milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini yanada kuchaytirishga qaratilgan “Mening Prezidentim!” mavzusida insholar va ijodiy ishlar tanlovi oʻtkazildi.

Bunday tadbirlar orqali kelajak avlodda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni teran idrok etish va ular toʻgʻrisida mulohaza yuritish koʻnikmalarini, yurt istiqboliga daxldorlik tuygʻusini rivojlantirish, ularda ijodiy, tanqidiy, noan’anaviy fikrlash, notiqlik, moslashuvchanlik, oʻz fikrini erkin va toʻlaqonli yetkazib bera olish kabi koʻnikmalar shakllanadi.

Telegram | Facebook
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Sayohat

"SAN'AT MASKANLARI - TARBIYA O‘CHOG‘I"

❇️ Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari bilan Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi yo‘lida aziz jonlarini fido etgan, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ajdodlarimiz jasorati va xotirasiga bag‘ishlangan "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyiga sayohat tashkil etildi.

U yerda bo‘lgan maktabimiz o‘quvchilari muzey tarixi va moziydan so‘zlovchi undagi qadimiy eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi. Qolaversa, muzey xodimlari tomonidan yoshlarga turli qiziqarli hamda muhim tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ma'lumotlar berildi.

❗️ Bu kabi sayohatlar “Ma'naviy barkamol avlod – barqaror jamiyat bunyodkori” tamoyili asosida oʻquvchi-yoshlarda turli gʻoyaviy xavf-xatarlardan himoyalanish immunitetini shakllantirishga qaratilgan.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Navoiy_Prezident_maktabi

❇️ Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat axborot kutubxona markazi xodimlari bilan hamkorlikda “Yoshlar – Uchinchi Renessans va yangi ma'naviy makon bunyodkori” mavzusida maktabimiz oʻquvchi-yoshlari uchun viktorina tashkil qilindi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad - “Yangi Oʻzbekiston – Uchinchi Renessans sari” gʻoyasi asosida yoshlarda Vatan va millat taqdiriga mas'ullik hissini oshirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Xalqaro_hamkorlik
#Yaponiya

Xabar berganimizdek, Agentlik tizimidagi maktablar o'quvchilari Yaponiyaning "Sakura Science High School Program" ( SSHP) dasturida ishtirok etishmoqda.

❗️Dastur doirasida o'quvchilar Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA Xiaobo) markazida bo'lishdi.

Tashrif davomida ishtirokchilar Agentlik faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

📌 Ma'lumot uchun, ushbu dasturda 6 ta mamlakatdan jami 30 nafar o'quvchi ishtirok etmoqda.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Yazna" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Mahorat_darslari
#Milliy_gvardiya

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari bilan o‘quv-amaliy yig‘ini o‘tkazildi.

Mazkur o'quv-amaliy yig'in O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi tomonidan tashkil etildi.

📍Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida bo'lib o'tdi.

Yig‘in ishtirokchilari universitet o‘quv-moddiy bazalari, o‘quv jarayoni, otish mashg‘uloti, jismoniy tayyorgarlik mashg‘uloti, saf tayyorgarligi mashg‘uloti, kursantlar turar joylari va ularga yaratilgan shart-sharoitlar, axborot-resurs markazi, ma'naviyat va ma'rifat markazi, otxona hamda kamondan otish bazasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

🟣 Yig‘in yakunida ishtirokchilar bilan davra suhbati o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube