Navoiy shahridagi Prezident maktabi
1.17K subscribers
4.36K photos
445 videos
13 files
1.43K links
Download Telegram
🔰"Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi Qonun davlat xizmatini rivojlantirishning yangi bosqichi sari muhim qadam

Joriy yilning 8-avgust kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” Qonuni davlat xizmatlari sifati samaradorligi va natijadorligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

🔴Bugun Prezident taʼlim muassasalari agentligida Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi masʼul xodimlari Xamidulla Inomov va Sarvar Saidov ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati davomida mazkur qonunchilik hujjatining mazmun-mohiyati xususida atroflicha fikr yuritildi.

Jumladan, qabul qilingan Qonun ilg‘or jahon tajribasini o‘zida mujassam etgan hamda davlat boshqaruvi sohasida milliy tajribaga asoslanganligi alohida taʼkidlandi.

Tadbir davomida Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilar tomonidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Kun_savoli

Jiyanim va uning sinfdoshi bir xil ball olishdi. Lekin jiyanim qabul qilinmadi. Nega? Sababini izohlab bersangiz.

❗️Qabul natijasiga ko'ra bir xil ball to'plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan oshib ketgan taqdirda talabgorga quyidagicha tartibda ustunlik beriladi:
🔹1-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
🔹2-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
🔹3-blok savollari bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
🔹tug‘ilgan sanasi bo'yicha (yoshroq nomzod tanlanadi).

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor

🗣 Navoiy shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Egamberdiyeva Vazira Ingliz tilidan Xalqaro IELTS sertifikatini qo‘lga kiritdi.

IELTS Uzbekistan
📣Listening 9.0
📙Reading 8.0
📝 Writing 7.0
🗣 Speaking 8.0
Overall 8.0

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
Давлатимиз раҳбари соҳа вакилларини қўллаб-қувватлаш юзасидан 5 та йўналишда ташаббусларни билдирди.

Биринчи йўналишкорхоналарни тоифаларга ажратиб, уларни қўллаб-қувватлаш бўйича алоҳида ёндашувни белгилаш.

Бунда, корхоналар йиллик айланмаси бўйича тоифаларга ажратилади. Булар:

- 1 миллиард сўмгача бўлгани – микро бизнес;

- 10 миллиард сўмгача бўлгани – кичик бизнес;

- 100 миллиард сўмгача бўлгани ўрта бизнес тоифасига киради.

Шундан келиб чиқиб 2023 йил 1 январдан бошлаб микро бизнес учун айланмадан олинадиган солиқнинг амалдаги 4 фоиздан 25 фоизгача бўлган ставкалари ўрнига ягона 4 фоизли солиқ ставкаси жорий этилади.

Бунда, олис ҳудудлардаги ва алоҳида тоифадаги тадбиркорлар учун амалдаги 1 ва 2 фоизли ставкалар сақлаб қолинади.

Ёки, улар ихтиёрий равишда йилига 20-30 миллион сўм тўласа, бухгалтерия ҳисобини юритиш ва солиқ идораларига тақдим этиш мажбуриятидан озод этилади.
#Сўраган_эдингиз
#Pedagog_kadrlar
#Kun_savoli

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog-kadrlarning oylik ish haqqiga qo'shimcha ustamalar haqida ma'lumot bersangiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106 – sonli Farmoniga muvofiq Agentlik maktablarida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan xodimlar ish haqi fondining 100 foizi miqdorida rag‘batlantirish jamg‘armasi shakllantirilishi belgilangan.

Yuqoridagi hujjatga muvofiq oyilik ish haqqiga 100 foizgacha ustamalar belgilanadi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Imtihon_natijalari
#Tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣📣Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi!

❗️Joriy yilning 5-6-avgust kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi, Abu Ali ibn Sino nomidagi va Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

👇Imtihon natijalarini quyidagicha aniqlashingiz mumkin:

1️⃣ Portal.piima.uz saytining "Qabul 2022" bo'limi "Natijalar" oynasiga ID raqamingizni kiritish orqali,

2️⃣Talabgorning ariza.piima.uz saytidagi Shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali.


✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#LIVE
#Seminar_treninglar
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔴 Navoiy shahridagi Prezident maktabida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga qabul qilingan o‘qituvchilar uchun seminar-trening bo'lib o‘tmoqda.

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_treninglar
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga qabul qilingan o‘qituvchilar uchun bo‘lib o‘tayotgan seminar-treningdan video lavha...

⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Inklyuziv_IT_oromgoh_2022
#Raqamli_avlod

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi, "Zamin" Xalqaro jamoat fondi va "Digital Generation Uzbekistan" NNT bilan hamkorlikda "Raqamli avlod-2022" IT oromgohining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Agentlik direktori Hilola Umarova ochib berdi:

- So’nggi yillarda axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlar ko'payib borayotgani quvonarli holat. Ustoz-shogird an'anasi asosida 6 kun davomida ishtirokchilar IT sohasini chuqurroq va yaxshiroq o'rganishlariga aminman. Umid qilamanki, mashg’ulotlar davomida egallagan bilimlaringiz kelgusidagi faoliyatingizda ham asqatadi.

❗️Oromgohda zaif eshituvchi yoshlar va Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etishmoqda.

🔴Mahorat dasrlari quyidagi yo'nalishlar kesimida darslar bo'lib o'tmoqda:
- Flutter
- .NET
- Python
- React.js

📆Ma'lumot uchun, IT oromgoh 30-avgust kuniga qadar davom etadi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube