NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.38K subscribers
50.5K photos
5.67K videos
513 files
10.8K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kecha_va_bugun

Bugun muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti yangi binosi ochilish marosimi hamda pedagoglar bilan ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi.

🔰Davlatimiz rahbarining “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, qayta tashkil etilgan institut tuzilmasida Xalqaro tadqiqotlar markazi ham ish boshladi.

🇺🇿To‘liq qayta ta’mirdan chiqarilgan institut yangi binosida menejerlik o‘quv kurslari hamda pedagoglarni malakasini oshirish uchun 950 o‘rinli zamonaviy o‘quv xonalari, 87 750 ta fondga ega Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy nomidagi yodgorlik Muzeyi hamda malaka oshirish uchun kelgan pedagoglar uchun 560 o‘rinli zamonaviy mehmonxona joylashgan.

Shuningdek, institutda Innovasion faoliyatni rivojlantirish, tabiiy fanlar va muhandislik, matematika yo‘nalishdagi fanlararo, ilmiy-tadqiqot va loyiha mashg‘ulotlariga asoslangan zamonaviy ta’lim muhitini yaratish maqsadida STEAM laboratoriyasi barpo etildi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#Kun_hikmati

Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.

✍️ Alisher Navoiy

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
🟦🟦🟦

Вилоят ҳокими Нормат Турсуновнинг “Ўқитувчи ва мураббийлар куни” муносабати билан соҳа ходимларига байрам табриги

✍️Мўътабар устозлар, меҳрибон мураббий-ўқитувчилар!

Бор куч-ғайрат ва салоҳиятини ёш авлодга таълим-тарбия беришга бағишлаган барча ўқитувчи ва мураббийларни умумхалқ байрами “Ўқитувчи ва мураббийлар куни” билан самимий табриклайман.

Дунёда битта касб бор, у ҳам бўлса устозлик, мураббийлик, қолган барча касблар унинг ҳосиласидир, деб бежизга айтишмаган ахир! Ушбу байрам ҳар сафар қалбимизда жуда илиқ туйғуларни уйғотади.

Давлатимиз раҳбари эса Учинчи Ренессансга эришишни стратегик вазифа сифатида олдимизга қўйиб, мамлакатимизда амалга оширилаётган ислоҳотлар пировард мақсадини ифода этаркан, унга элтувчи ягона йўл таълим орқали эканлигини таъкидлайди.

Миллатнинг эртаси мактаблардан, дунёқараши кенг, билимли, меҳрли устозларнинг тарбиясидан бошланади!

БАТАФСИЛ 🚛

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qadri_baland_oʻzi_ulugʻ_ustozim

Hurmatli ustozlar!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi barchangizni “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan samimiy muborakbod etadi.

Joriy yilda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ilk bor pedagog maqomi alohida belgilanganligi, “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinganligi bugun jamiyatda o‘qituvchining o‘rni va ta’siri oshib borayotganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Bu tarixiy o‘zgarish va yangiliklarga ustoz-murabbiylarimiz ham doimo, labbay deb javob berib kelishmoqda.

Aziz pedagoglar!

Sizlar jamiyatimizning tirgagi, kelajak avlodni tarbiyalovchi o’ta mas’uliyatli hamda sharafli kasb egasisiz!

Kasb bayramingiz muborak bo’lsin!
Aziz ustoz va murabbiylar!

Sizlarni, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan barcha xodimlarni 1-oktabr - "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan samimiy tabriklayman.

Buyuk bobomiz Alisher Navoiy aytganlaridek, dunyoning bor boylik va xazinasi bilan ham olijanob mehnatingiz haqini ado etib bo‘lmaydi. Haqiqatan ham, o‘quvchilarini o‘z farzandidek ardoqlab, uning tarbiyasi uchun ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar tom ma’noda fidoyi kasb egalaridir.

Mamlakatimizda hurmatli prezidentimiz rahbarligida fan va ta’lim-tarbiya sohasini davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishiga aylantirishga qaratilgan, oilada farzand tug‘ilganidan boshlab, kamolga yetguniga qadar bolani har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishiga xizmat qiladigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratilayotganligi alohida e’tirofga loyiq.

Qadri baland ustozlar, murabbiylar va tarbiyachilar!

Bugungi kuda jamiyatimizda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, maktab muallimi, oliygohlarning professor-o‘qituvchilari va ilmiy-ijodiy ziyolilar biz intilayotgan Uchinchi Renessansning to‘rtta tayanch ustuni deb qaralayotganligi yuksak e’tirofdir. Ularga bo‘lgan e’tiborni oshirish, xususan, muallim va ustozlarning qadri, sha’ni va g‘ururini tiklash, mashaqqatli va sharafli mehnatini rag‘batlantirish borasida qilinayotgan ishlar davlat ahamiyati darajasiga ko‘tarilganligi barchamizni quvontiradi.

Zero, inson hayotini ustozsiz, muallimsiz tasavvur etish mumkin emas. Chunki ular umr yo‘llarimizni nurafshon etib turuvchi charog‘bonlar, insoniyatni ezgu yo‘lga boshlab borayotgan sarbonlardir.

Muhtaram prezidentimiz bayram arafasida o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvida ta'kidlaganidek,
ezgulik, bilim va ma’rifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yo‘lini to‘saylik!

Farzandlarimizning baxti, yorug‘ kelajagi uchun, jonajon Vatanimiz istiqboli uchun mustahkam poydevor
yarataylik!


Siz azizlarni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan yana bir bor muborakbod etib, barchangizga sihat-salomatlik, baxt, ezgu va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadoningizga tinchlik, fayz-baraka tilayman.

Hamisha sog‘-omon bo‘ling, mehri daryo ustozlar!

Ra'no Hayitova,
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i.
👏2👍1🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💙💙🩵🩵🩵🩵🩵💙

✏️USTOZLARGA EHTIROM.

Navoiy viloyati hokimligida bir guruh fidoyi o‘qituvchilar mukofotlandi.

Tafsilotlar videolavhada.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

✏️УСТОЗЛАРГА ЭҲТИРОМ.

Навоий вилояти ҳокимлигида бир гуруҳ фидойи ўқитувчилар мукофотланди.

Тафсилотлар видеолавҳада.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🌐Veb Sayt | Telegram | Facebook | 🌐Instagram | 📹 Youtube
#Қадри_баланд_ўзи_улуғ_устозим

SOHA FIDOYILARI UCHUN BAYRAM DASTURXONI YOZILDI

Nurota tuminida "1-oktabr-Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan "Oqshom" tantanalar saroyida soha fidoyilari bayram dasturxoni atrofida jam bo‘lishdi.

Tadbirda tuman hokimi o'rinbosari Shuxrat Vafoyev, sektor rahbarlari, soha xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida tuman madaniyat uyi xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar bayramga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tumanning bir qator o‘qituvchi va murabbiylari, faollar ishtirok etishdi. Tadbir avvalida tuman hokimi o'rinbosari Sh.Vafoyev yig‘ilganlarga o‘z bayram tabrigini yo‘llab,  bir guruh fidoyi ustozlarga ko‘krak nishonlari va Faxriy yorliqlarni topshirdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozlarga_ehtirom

💤BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, AZIZ USTOZLAR!
(Тoshkent shahri. Hilton mehmonxonasi. 2024-yil 30-sentabr)

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#МEHRI_DARYO_QALBI_UMMON_USTOZIM_TANLOVIGA

🌷Nurota tuman 36-maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi  Muhabbat Gʻaniyevaga bayram tabrigi sifatida o‘quvchilari tomonidan "Ustoz jamiat bunyodkori" mavzusida tayorlangan videoroligi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
🪶#USTOZLARGA_EHTIROM

🔵Uchquduq tumani markazidagi “Uchquduq” madaniyat saroyida 1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan “SIZGA TA’ZIM, SIZGA EHTIROM!” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bir guruh uchquduqlik ta’lim fidoiylariga vazirlik, viloyat va tuman hokimliklarining faxriy yorliqlari hamda “XALQ TA’LIMI A’LOCHISI” va “XALQ TA’LIMI FIDOYISI” ko‘krak nishonlari tantanali topshirildi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

🪶#УСТОЗЛАРГА_ЭҲТИРОМ

🔵Учқудуқ тумани марказидаги “Учқудуқ” маданият саройида 1 октябрь – “Ўқитувчи ва мураббийлар” куни муносабати билан “СИЗГА ТАЪЗИМ, СИЗГА ЭҲТИРОМ!” мавзусида байрам тадбири бўлиб ўтди.

Тадбирда бир гуруҳ учқудуқлик таълим фидоийларига вазирлик, вилоят ва туман ҳокимликларининг фахрий ёрлиқлари ҳамда “ХАЛҚ ТАЪЛИМИ АЪЛОЧИСИ” ва “ХАЛҚ ТАЪЛИМИ ФИДОЙИСИ” кўкрак нишонлари тантанали топширилди.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM