NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.38K subscribers
50.5K photos
5.67K videos
513 files
10.8K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
#Xorijiy_tillar
#Xorijga_sayohat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovining Respublika bosqichi doirasida test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

⭐️Ushbu bosqichda ishtirokchi o‘quvchilar milliy  “Multilevel” testi vositasida tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va o‘qish (reading) ko‘nikmalari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

⭐️Respublikamizdan 14 ta maktab jamoasi final bosqichida o‘zaro kuch sinashdi.
Zarafshon shahridagi 10-sonli umumta'lim maktabi o‘quvchilari ushbu tanlovda faol ishtirok etib, "Xorijga sayohat" yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2👏2
#PSIXOLOGIK_XIZMAT
#AMALIY_SEMINAR

🔷YANGI O‘QUV YILIDA - YANGI REJALAR

🔸Nurota tumanida bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarda psixologik xizmat samaradorligini oshirish, 2024-2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan namunaviy ish rejada belgilangan vazifalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida barcha ta'lim muassasalari psixologlari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

🔸Seminarda tuman MMTB boshlig'i B.Bobonazarov, viloyat MMTB mas'ul xodimi S.Qo'ziyeva, bolalar bilan ishlash tuman bo'limi katta inspektori kapitan A.Ro'ziboyevlar mavzuga oid ma'ruza qildi va yangi o‘quv yilida hamkorlikda amalga oshirilishi muhim bo‘lgan vazifalarni belgilab olishdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣GALA KONSERTGA MARHAMAT!

⚠️Aziz navoiyliklar!
Qadrli
shahrimiz mehmonlari!

🟢Sizlarni 29-avgust kuni soat 19.00 da Navoiy shahridagi "Alisher Navoiy” markaziy madaniyat va istirohat bog’ida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan "BIR BO‘LSAK — YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK — VATANMIZ!" shiori ostida bo’lib o’tadigan katta bayram tadbiriga taklif etamiz!

🎵🎵🎼🎸Bayram tadbirining yulduzli mehmonlari; LOLA YO’LDOSHEVA, VIA MAROKAND, JASUR UMIROV.

🎇Konsert so‘ngida ishtirokchilarni unutilmas mushakbozlik kutmoqda.

📌Manzil: Markaziy istirohat bog’idagi Nuroniylar maskani va Yoshlik ko’li hududi. (📍Lokatsiya)

‼️Konsertga kirish BEPUL!

Barchangizni ushbu bayram tadbirida kutib qolamiz!
🇺🇿Yurtimiz Istiqlolining 33 yillik bayramini birga nishonlaymiz!

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
⬅️
NUROTA TUMANIDA “YANGI OʻZBEKISTON MAKTAB OSTONASIDAN BOSHLANADI” SHIORI OSTIDA “UCHINCHI USTOZLAR FORUMI” BOʻLIB OʻTDI


Nurota tumani Madaniyat markazi binosida Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi tomonidan “Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida “Uchinchi ustozlar forumi” boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida tuman hokimi A.Fayziyev so‘zga chiqib, forum ishtirokchilarini Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi shodiyonasi bilan qutladi.

Shuningdek, yosh avlodni Ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol avlodni shakllantirishda ulkan xizmatlari hamda ta’lim ta’lim sohasini rivojlantirishdagi samarali mehnatlari uchun bir guruh ta’lim sohasi vakillari tuman hokimining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Nurota tumani hokimligi
axborot xizmati


Web|🕊Telegram|📱Facebook| 📱Instagram|📺Youtube |🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM