NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.53K subscribers
46.6K photos
5.38K videos
511 files
9.64K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
YOʻL QOIDASI-UMR FOYDASI

🚦Navoiy shahar 5-IDUMning 10-sinfida shahar IIB yoʻl harakat boshqarmasi va Milliy gvardiya Navoiy shahar boshqarmasi xodimlari hamkorligida "Yoʻl qoidasi-umr foydasi" mavzusida profilaktik suhbat tashkil etildi.

🚦Suhbat davomida oʻquvchilarga yoʻlning qatnov qismlarida yoʻl harakati belgilariga qatʼiy rioya qilish, piyodalar yoʻlaklarida yurish tartibi, voyaga yetmasdan hujjatsiz, boshqaruv huquqisiz mashinalarni va boshqa texnikalarni boshqarmaslik va ushbu holatlar oqibatida qanday koʻngilsiz hodisalar roʻy berishi mumkinligi xususida ta'kidlab o‘tildi.

Shuningdek, bolalarning yoʻllarda harakatlanishlari, maktabga kelib-ketishlarida yoʻlning qaysi qismidan yurishlari koʻrgazmalar orqali tushuntirildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
✈️ Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 🧠 Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YASHIL_MAKON_LOYIHASI
#NAVBAHOR_TUMANI

🌱 Barchamizga ma’lumki muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning  viloyatimizga tashrifi davomida Navbahor tumanida o’tkazilgan vidioselektor yig’ilishida so’zlagan nutqida 2025-yilni Navoiy viloyatida  “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qildi.
Viloyatning har bir shahar va tumanlarida buyuk alloma Alisher Navoiyga atab, yangi bog'lar, so’lim xiyobonlar, yashil hududlar tashkil etilishi aytib o’tildi.

🍀 Shu munosabat bilan bugun tumandagi 15-umumta'lim maktabida viloyat seminari tashkil etilib, "Yashil makon’’ umummilliy loyihasi doirasida "Alisher Navoiy bog'i"ni barpo etish ishlariga start berildi.

🌿Ushbu seminarda Navbahor tumani hokim o‘rinbosarlari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i N.Amonova hamda tumandagi ta’lim muassasalarining direktor o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
✈️ Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 🧠 Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Inson mehnatdan to‘xtasa, kamolotdan ham to‘xtaydi. Chunki kamolot saroyining poydevori ham, devori ham mehnatdir.

✍️ Tohir Malik

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

✈️ Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 🧠 Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bexatar_parvoz_tilaymiz

LONDONGA TA'LIM SAYOHATI

✈️Zarafshon shahar 10-umumta'lim maktabining bir guruh o'quvchilari o'qituvchisi hamrohligida LONDONGA ta'lim sayohatiga uchib ketishdi.

🌎Maktab jamoasi "XORIJIY TILLARNI O'QITISH BO'YICHA ENG YAXSHI MAKTAB" ko‘rik-tanlovida shaharda 1- o'rinni, viloyat bosqichida ham 1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichida eng kuchli 10 talikdan joy olishdi.
Xorijga sayohat vaucherini yutub olgan o‘quvchilar bugun Toshkent xalqaro aeroportidan Londonga uchib ketishdi.

✈️Sayohatingiz maroqli o‘tsin, aziz yoshlar!

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
✈️ Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 🧠 Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Haftalik_tafbirlari

Uchquduq tumanidagi maktablarda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan festival tashkil etildi.

Joriy yilning 15-noyabr kuni tumandagi 3-sonli IDUM hamda 4-umumiy o‘rta ta'lim maktabida yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Millatimiz totuvligi va millatlararo bag‘rikenglik” haftaligi yuzasidan festival o‘tkazildi.

Tadbirda mahalla faollari, milliy gvardiya xodimlari, o‘qituvchilar hamda hamkor tashkilot xodimlari ishtirok etishdi. Festival davomida turli xil millatlarning milliy kiyimlari, taomlari va milliy o‘yinlaridan namunalar namoyish qilindi va barcha ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
✈️ Telegram 📸 Instagram 🌐 Facebook 🧠 Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM