NUROTA TUMANIDA “YANGI OʻZBEKISTON MAKTAB OSTONASIDAN BOSHLANADI” SHIORI OSTIDA “UCHINCHI USTOZLAR FORUMI” BOʻLIB OʻTDI
Nurota tumani Madaniyat markazi binosida Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi tomonidan “Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida “Uchinchi ustozlar forumi” boʻlib oʻtdi.
Tadbir avvalida tuman hokimi A.Fayziyev so‘zga chiqib, forum ishtirokchilarini Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi shodiyonasi bilan qutladi.
Shuningdek, yosh avlodni Ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol avlodni shakllantirishda ulkan xizmatlari hamda ta’lim ta’lim sohasini rivojlantirishdagi samarali mehnatlari uchun bir guruh ta’lim sohasi vakillari tuman hokimining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Nurota tumani hokimligi
axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#matbuot_anjumani
Bizning faoliyatimiz har bir xonadonda har kuni muhokama boʻladi
Ayni vaqtda poytaxtimizdagi 298-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va tizimdagi muhim islohotlar” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.
Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, vazir oʻrinbosarlari hamda vazirlik masʼul xodimlari ishtirok etyapti.
Matbuot anjumanini ochib bergan Hilola Umarova jurnalist va blogerlarni yangi oʻquv yili bilan tabrikladi:
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

“Bizning tizim juda katta – maktablarimizda 6 yarim milliondan ortiq oʻquvchi, maktabgacha taʼlim tashkilotlarimizda 2 milliondan ortiq bogʻcha bolasi, texnik xodimlarni qoʻshib hisoblaganda bir millionga yaqin pedagog jamoamiz bor. Oʻquvchilar va bogʻcha bolalarimizning ota-onalari bilan ham bevosita ishlaymiz. Bu degani, bizning kundalik faoliyatimiz deyarli har bir xonadonda har kuni muhokama boʻladi. Aytmoqchi boʻlganim, vazirlik tizimi faoliyati hammaning yaqqol koʻz oʻngida turadi. Mazkur jihat bizni yanada masʼuliyat bilan ishlashga undaydi, albatta”, – deya oʻz fikrini bildirdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#matbuot_anjumani
Noqonuniy egallab olingan maktab binolarini qaytarib olyapmiz
Anjumanda maktab yer maydonlarini noqonuniy egallash holatlari bo‘yicha ham savol berildi.
– deya munosabat bildirdi Hilola Umarova.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Noqonuniy egallab olingan maktab binolarini qaytarib olyapmiz
Anjumanda maktab yer maydonlarini noqonuniy egallash holatlari bo‘yicha ham savol berildi.
“Ochig‘ini aytishimiz kerak, bunday holatlar tizimga begona emas. Ayniqsa, 2019-2022 yillarda tizimdagi 279 ta maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida noqonuniy ravishda 470 ta holatda 93,6 gektar yer maydoni fuqarolar va mahalliy hokimliklar qarori asosida oʻzlashtirilgan.
Bugungi kunda, 256 ta holat boʻyicha Fuqarolik va maʼmuriy sudlarga davo arizalari kiritilib, 189 ta sud qarorlari tizim foydasiga qanoatlantirildi.
58 ta obyekt maktablar balansiga toʻliq qaytarilgan.
Birgina misol, Qo‘qon shahridagi 27-maktabni olaylik. Maktab binosini ikkita tashkilot noqonuniy ravishda egallab olgan. Vazirlikning pozitsiyasi aniq, biz maktablarni to‘liq qaytarib olishni xohlaymiz. Hozirda bu borada harakatlar olib borilyapti”
– deya munosabat bildirdi Hilola Umarova.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#matbuot_anjumani
Darsliklar bilan ta’minlash yo‘nalishida raqamli tizim yaratilmoqda
Anjumanda ishtirok etayotgan bloger Zafar Solijonov darsliklar bilan ta’minlash mavzusida savol berdi:
Javob:
Darsliklar bilan ta’minlash yo‘nalishida raqamli tizim yaratilmoqda
Anjumanda ishtirok etayotgan bloger Zafar Solijonov darsliklar bilan ta’minlash mavzusida savol berdi:
Siz vazir bo‘lishingizdan oldin darsliklar masalasi ancha muammo bo‘lgan. Murojaatlar soni ham ko‘p edi. Hozir vaziyat yaxshilandimi? Darsliklar bilan ta’minlash bo‘yicha ma’lumot bersangiz? Muammolar bormi yoki muammolar to‘liq bartaraf etildimi?
Javob:
Haqiqatan, eng ko‘p muhokama bo‘ladigan mavzulardan biri. Umuman olganda, darsliklar yetkazib berish masalasi bo‘yicha may oyida reja tasdiqlanadi. Ya’ni, har bir hudud o‘z ehtiyoji asosida buyurtma beradi. Vazirlik buyurtmalarni muvofiqlashtiradi va o‘quv yili boshlanishiga qadar yetkazib beradi.
Sentabr oyida ham ba’zi o‘quvchilar maktabini o‘zgartirishi mumkin, darslik esa o‘sha o‘quvchining eski maktabiga etkazilgan bo‘ladi. Shuning uchun ba’zi maktablarda darslik ortib qoladi, ba'zi maktablarda darslik yetmay qoladi. Bu vaziyatlar turli tushunmovchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Biz buni inobatga olib, operativ ishlash uchun har bir hududda shtab tashkil qildik va muammolarni joyida hal qilishga harakat qilamiz. Yana shuni aytib o‘tishim joizki, hozirda darsliklar bilan ta’minlash yo‘nalishida raqamli tizim yaratilmoqda. Bu endilikda mavjud muammolarni yanada tezkor hal qilishimizga imkon yaratadi — dedi Hilola Umarova.
👍1
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Maktab formasi bo‘yicha talablarni kim belgilaydi?
Matbuot anjumanida ko‘p muhokama bo‘ladigan navbatdagi masala – maktab formasi bo‘yicha ham savol berildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Matbuot anjumanida ko‘p muhokama bo‘ladigan navbatdagi masala – maktab formasi bo‘yicha ham savol berildi.
“Bugungi kunda maktab formasi bilan bog‘liq masalalar ko‘p muhokama qilinmoqda. Bilamizki, oʻquvchilarning maktab formasi va uni kiyishga boʻlgan yagona talablar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-sonli qarori bilan tartibga solingan.
Shuningdek, vazirlikning 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrugʻi bilan oʻquvchilarini kiyinish madaniyati boʻyicha oʻz tavsiyalarini barcha maktablarga yetkazgan va shu asosida ular tomonidan ichki tartib-intizom qoidalari ishlab chiqilgan”,
deya javob berdi vazir Hilola Umarova.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
O‘qituvchi-pedagoglarning maoshi qachon 1000 AQSH dollaridan oshadi?
Matbuot anjumani doirasida o‘qituvchi-pedagoglarning maoshi qachon 1000 AQSH dollaridan oshishi bilan bog‘liq savol ham berildi.
Matbuot anjumani doirasida o‘qituvchi-pedagoglarning maoshi qachon 1000 AQSH dollaridan oshishi bilan bog‘liq savol ham berildi.
“Hamma joyda shu savol beriladi. Umuman, o‘qituvchilarning oyligi oshishi biz uchun ham muhim. Bu bo‘yicha Moliya vazirligi bilan doimiy hamkorlikda ishlayapmiz. Bir narsani aytib o‘tishimiz kerak, bugun 1000 AQSH dollaridan ko‘p oylik oladigan ustozlarimiz bor.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda oʻqituvchilarning oʻrtacha oylik ish haqi 3,4 mln soʻmni tashkil etadi. 2023-yilning mos davriga nisbatan 13,3 foizga oshgan.
Shuningdek, oliy toifali, direktor jamgʻarmasi hisobidan ustama oluvchi hamda xalqaro darajada tan olingan sertifikatga ega oʻqituvchilarning ish haqi miqdorlari 10 mln soʻm.
Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama 5,7 mln soʻm, sinovlardan shaffof o‘tgan o‘qituvchilarga bu pul ham to‘lab beriladi, asosiysi, ustozlar soniga chegara qo‘yilmagan.
Shuningdek, olis hududga borib ishlaydigan oʻqituvchilarga 3,7 mln soʻmgacha, xalqaro olimpiada gʻolibi boʻlgan hamda bugungi kunda oʻqituvchi boʻlib ishlayotganligi uchun 4,1 mln soʻmgacha ustama beriladi.
Hozirda umumtaʼlim maktablarining 1000 AQSH dollari va undan yuqori miqdorida ish haqi oluvchi oʻqituvchilari soni 6000 nafardan ziyodni tashkil etadi. Yildan yilga oyliklarimiz va o‘z ustida ishlaydigan ustozlarimiz soni ko‘paymoqda.
Barcha ustozlarimiz yuqori miqdorda oylik olishlarini xohlayman. Ularning o‘z ustida ishlashi va munosib yutuqlarga erishishi uchun sharoit yaratib berishga, bor imkonim bilan yordam berishga harakat qilaman” – dedi vazir Hilola Umarova.
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari qanday rag‘batlantiriladi? Vazir javob berdi
Avval xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjuman davomida bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev fan olimpiadalari hamda sport musobaqalari g‘oliblari ikki xil standart asosida rag‘batlantirilayotgani hamda mazkur masala ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo‘layotganini aytib o‘tdi. Bloger ushbu holat yuzasidan vazirlik rahbariyatining munosabatini so’radi.

“Avvallari fan olimpiadalarida yutgan o‘quvchilar faqat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtiyoziga ega bo‘lgan. 2019-yildagi Prezident qarori bilan esa fan olimpiadalari, xususan jahon olimpiadalarida yutgan o‘quvchilarimizni ham rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Nafaqat o‘quvchi yoshlarga balki ularning ustozlari ham rag‘batlantiriladi. Bu tizim asosan 5 yo‘nalishdagi fan olimpiadalari uchun ishlaydi. Qarorga ko‘ra xalqaro IT yo‘nalishi, matematika, fizika, kimyo hamda biologiya fan olimpiadalarida birinchi o‘rin olgan, oltin medal sohibiga BHM 500 barobar miqdorida taqdirlanadi. Kumush medal sovrindorlari 300 barobar, bronza medal uchun esa 200 barobar taqdirlanish belgilab qo‘yilgan.
To‘g‘ri, ko‘p hollarda sport musobaqalari va fan olimpiadalari bir xil vaqtda o‘tkaziladi. Ammo bir narsaga e’tibor qaratish lozimki, fan olimpiadalari har yili bo‘ladi. Olimpiada esa 4 yilda bir marta o‘tkaziladi”, deb javob berdi vazir.
👍2
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun jurnalist, blogerlar bilan uchrashib, vazirlik faoliyatiga oid masalalarni muhokama qildik.
Savollar yig‘ilib qolgan ekan, jamoamiz bilan imkon darajasida hammasiga javob berdik. Eng ko‘p aytilgan masalalar, savol va takliflarni o‘zim uchun qayd qilib oldim. Keyingi ishlarimizda ularga yanada e’tiborli bo‘lamiz.
Ta’lim tizimiga befarq bo‘lmagan, tanqidiy, tahliliy, materiallar tayyorlab jamoatchilik nazoratini ta’minlayotgan barcha jurnalistlarga minnatdorlik bildiraman. Biz sizlar bilan ko‘proq muloqot qilishimiz kerak.

👍3
#Kun_hikmati
Kimki yurtni sevmasa, u hech nimani sevmaydi.
Maxmud az-Zamaxshariy
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
💎 💎 💎 💎 💎 💎 💎 💎 💎 😎 😎 😎 😎 😎
#Кун_ҳикмати
Кимки юртни севмаса, у ҳеч нимани севмайди.
Махмуд аз-Замахшарий
Навоий вилояти Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси матбуот хизмати.
Kimki yurtni sevmasa, u hech nimani sevmaydi.
Maxmud az-Zamaxshariy
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
#Кун_ҳикмати
Кимки юртни севмаса, у ҳеч нимани севмайди.
Махмуд аз-Замахшарий
Навоий вилояти Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси матбуот хизмати.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navbahor_tumani
#JARAYON
"Kamalak" bolajonlarni o‘z bag‘riga oldi.
🇺🇿Yurtimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan "Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz" shiori ostida kuni kecha Navbahor tumani "O'zbekiston" MFYda tashabbuskor tadbirkor Karomat Yo'ldashova tomonidan quvvati 50 o'rinli davlat-xususiy sherikchilik asosidagi "Kamalak" oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
☘Tadbirda tuman hokimining birinchi o'rinbosari Murodjon Jumaboyev, tuman hokimining ijtimoiy masalalar buyicha o'rinbosari Abror To'xliyev, tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bosh'ligi Nigora Amonova , O'zbekiston MFYninig yettilik a'zolari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
☘Tashkilotda rus tili, ingliz tili, mental arifmetika to'garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.