NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.57K subscribers
43.6K photos
5.05K videos
509 files
8.76K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
#Live

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimlari  hamda barcha tuman, shahar bo‘limlari boshliqlaridan iborat guruh Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi 10-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib,  o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar,  yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan tanishishmoqda.

Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan "Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, qaysi biri to‘g‘ri, 11 - maktabingiz DIUM? Yoki AFCHOʻIM?" sarlavhali ma’lumot yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Bugungi kunda Navoiy shahridagi 11-sonli maktab ayrim fanlarni chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabdir. Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorligi haqida ma’lumot tayyorlanayotgan vaqtda texnik xatolik sabab fotosuratlar orasidan maktabning oldingi rasmi ham qo‘shilib ketganligi ma'lum bo‘ldi. Xatolik bartaraf etilib, tuzatildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
#Сўраган_эдингиз

TESOL, TEFL, TKT sertifikatlariga endilikda ustama toʻlanishda ayrim shartlar mavjud ekan. Shu haqida maʼlumot berib oʻtsangiz.


❗️ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 29-maydagi 3515-sonli qoʻshma qaroriga koʻra:

umumiy oʻrta taʻlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglardan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi va ularga ustama belgilangan tartibda toʻlanadi.

👉 Barcha Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari oʻqituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shugʻullanishi va kamida 40 soatlik oʻqituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur.

——-

Farzandim 2018-yil 5-yanvarda tugʻilganligi sababli maktabning 1-sinfiga qabul qilinmayapti. Oʻgʻlimni bu yil maktabga berishimning imkoni bormi?

❗️ Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga toʻladigan yilda qabul qilinishi belgilangan.

Shunga muvofiq, 2024-2025-oʻquv yilida respublikamizdagi barcha davlat va nodavlat taʻlim tashkilotlarining 1-sinfiga ular 7 yoshga toʻladigan, yaʼni 2017-yilning 31-dekabriga qadar tugʻilgan bolalar qabul qilinadi.

👉 Maʼlumot uchun: 6 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bir yillik maktabga tayyorlov kurslariga jalb etilishi nazarda tutilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Live
#jarayon

Marg‘ilon shahridagi 10-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida sinf xonalari namunali jihozlanib, yangi o‘quv yiliga shay holga keltirilgan.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati
#Live
#jarayon

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimlari  hamda barcha tuman, shahar bo‘limlari boshliqlaridan iborat guruhning navbatdagi manzili Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov ijod  maktabi va Erkin Vohidov memorial muzeyi bo‘ldi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati
.
#Kun_hikmati

Dunyo~ bu bir kitobdir, sayohat qilmaydiganlar esa uning faqatgina bitta sahifasini o‘qiydi.

Avgustin

Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

💎💎💎💎💎💎💎💎💎💎💎💎

#Кун_ҳикмати

Дунё~ бу бир китобдир, саёҳат қилмайдиганлар эса унинг фақатгина битта саҳифасини ўқийди.

Августин

Навоий вилояти Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси матбуот хизмати.