NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.48K subscribers
47.7K photos
5.45K videos
513 files
9.96K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
Joriy yilning 10-oktabr kuni Buxoro viloyatida umumta'lim maktab o'quvchilari o'rtasida “Yoshlik sport jamoalari” shiori ostida sportning futbol turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

O‘yinning hududiy saralash bosqichida Navoiy viloyati Xatirchi tuman jamoasi I o'rinni, Buxoro viloyati Buxoro shahar jamoasi II o'rinni va Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus tuman jamoasi III o'rinni egalladi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
G‘ozg‘on shahridagi 1-davlat MTT katta guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Saxovatli kuz mehmon, salom senga mehrjon” bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda bolajonlar tomonidan kuz, bobodehqon poliz ekinlari, mevalar haqida sheʼrlar aytildi, raqslar ijro etildi.

Shuningdek, “Kuzoy va Dehqon bobo suhbati” nomli sahna ko‘rinishi barchaga manzur bo‘ldi.

Bayram tadbiri koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuot_anjumani

G‘ozg‘on shahridagi 3-umumta'lim maktabida “Umumta’lim maktablari bitiruvchilarining OTMlariga kirish ko‘rsatkichlari, yoshlar bandligi hamda 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrov holati” mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.

🔹Unda OAV vakillari, jurnalist, blogerlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🔹Dastlab ishtirokchilar soha vakillari va o'quvchilar uchun maktabda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

🔹Shundan so‘ng shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'lim boshlig'i G.Rahmatova matbuot anjumanida o‘tgan o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar, tizimga oid yangiliklar, kelgusidagi istiqbolli rejalar haqida ommaviy axborot vositalari xodimlariga axborot berdi.

🔹Tadbir yakunida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“YILNING ENG YAXSHI O‘ZBEK TILI O‘QITUVCHISI” KO‘RIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “Har bir kun bu imkoniyat, har bir kun bu kelajak uchun poydevor” shiori ostida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion gֲ‘oyalarini qo‘llab quvvatlash maqsadida ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovining viloyat bosqichi Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da o‘tkazildi.

Tanlovda 15 nafar ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari ishtirok etdi. Hakamlar hay’ati a’zolarining xulosasiga ko‘ra, Zarafshon shahar 3-maktabning ona tili o‘qituvchisi Jo‘rayeva Xolida, Tomdi tumani 9-maktabi o‘zbek tili o‘qituvchisi Kanatbayeva Akmerey faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

Tanlovda yo‘nalishlar bo‘yicha 1-,2-,3-o‘rinlarni egallagan 6 nafar o‘qituvchilarga O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Navoiy viloyat kengashi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining qimmatbaho sovg‘alari va diplomlari bilan taqdirlandi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

​​Inson baxti kamdan-kam uchraydigan katta muvaffaqiyatlar bilan emas, balki kundalik kichik yaxshilanishlar bilan yaratiladi.

✍️Benjamin Franklin

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

📺"Diyor 24"| Konimex tumanidagi 5- umumta'lim maktabida o'quvchilarga chet tillarni o'rgatish, kasb-hunarli qilib voyaga etkazish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💻Navoiy shahar 5-sonli IDUMga Respublika budjeti hisobidan 16 ta zamonaviy kompyuter jamlanmasi topshirildi.

Navoiy viloyati Maktabagcha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHGA BARCHAMIZ MAS’ULMIZ

Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi – mamlakat kelajagi uchun har qachongidan muhim va dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. So‘nggi yillarda mazkur illatga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Joylarda ta’lim tizimi xodimlarining ham bu borada huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida o‘quv-amaliy seminarlar, profilaktik suhbatlar tashkil etib borilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Navoiy shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga barchamiz mas’ulmiz” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat markazidagi umumta’lim maktablari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda viloyat hokimligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish sho‘basi mudiri F.Hasanov va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R. Hayitovalar ta’lim tizimini korrupsiyadan xoli qilish eng ustuvor vazifa ekanligi, bu borada soha xodimlari boshqa tashkilotlarga namuna bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Muxtasar aytganda, bu illatga qarshi kurashishda har bir fuqaro avvalo o‘zi va oilasidan boshlashi zarur. Shundagina biz ushbu xavfni bartaraf etgan bo‘lamiz.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.