NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI
4.38K subscribers
50.5K photos
5.67K videos
513 files
10.8K links
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegram tarmog'idagi rasmiy kanali

🌍Veb sayt: navai.uzedu.uz

Facebook: facebook.com/navoiy.mmtb.3

Instagram: https://www.instagram.com/navoiy_mmt_boshqarmasi/

Ishonch telefoni: 792201281
Download Telegram
#Qiziltepa_tumani
TUMANDAGI MAKTABLARNI 1444 NAFAR O‘QUVCHI BITIRDI

Bu o‘quv yili o‘quvchilar hayotidagi maktab yillarining yana bir yili ortda qolgan bo‘lsa, 1444 nafar bitiruvchilar uchun bugun yangragan qo‘ng‘iroq ularning maktab hayotidagi so‘nggi qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi. Oldinda imtihonlar va katta hayotga qadam...

Bugun tumandagi barcha maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi U. Fayziyev 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi tadbirda ishtirok etib, bitiruvchilarga mamlakatimiz Prezidentining "Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga tabrigi"ni o‘qib eshittirdi. Bitiruvchilarni ushbu kun bilan qutlab, ularga davlat imtihonlarida omad tilab, institut-u universitetlar talabasi bo‘lishni tiladi.

Ushbu maktabni bugun 19 nafar o‘quvchi bitirdi.

Tumandagi tashkilot va muassasa rahbarlari ham maktablardagi tadbirlarda ishtirok etishdi.

BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING.
#Konimex_tumani
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirini konimexlik o‘quvchilar qalbida cheksiz hayajon bilan nishonlashdi.

Dastlab bitiruvchilarga mamlakatimiz Prezidentining "Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga tabrigi" o‘qib eshittirildi.

Tadbirlarga tuman sektor rahbarlari, mahalliy kengash deputatlari hamda korxona va tashkilot rahbarlari, faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar hamda maktabning sobiq bitiruvchilari ishtirok etib, bitiruvchilarga dil izhorlarini bildirishdi.

Ma’lumot uchun: joriy o‘quv yilida 286 nafar bitiruvchi ta’lim muassasasini tamomlaydi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Bitiruvchilarga

Siz samoga talpingan oqqush,
Orzulardan bog‘labsiz qanot.
Parvozingiz bo‘lsin bexatar,
Sizga dildan tilayman sabot.
Aziz maskan sizni kuzatar,
Tilab sizga porloq istiqbol.
Jaranglaydi so‘nggi qo‘ng‘iroq,
Deysiz: -Xayr, maktab, yaxshi qol!
Siz ketasiz, sinf huvillar,
Har qadamda sizdan qolgan iz.
Partalarda bor juft ismlar,
Sevgi, do‘stlik – siz xush ko‘rgan so‘z.
Kashfiyotlar ijodkorisiz,
Millat orzusiga qo‘sh qanot.
Kelajakning bunyodkorisiz,
Yorqin yo‘lga boshlasin hayot!
Sizga oq yo‘l tilayman bu kun,
Yashirolmay dilda sevinchim.
Har qadamda ezgu niyatlar
Sizga hamroh bo‘lsin, o‘quvchim.

Latofat Rajabova, boshqarma metodisti.

Nurota tumanidagi umumta'lim maktablarida o'tkazilgan "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlaridan fotolavhalar.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Bugun yurtimiz maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" sadolari jarangladi

25-may kuni mamlakatimizning barcha maktablarida 2022-2023-o‘quv yili yakunlanib, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari jarangladi. Tadbir Davlatimiz rahbari tomonidan yo‘llangan tabrikni bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yetkazish bilan boshlandi.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida barcha maktablarda ko‘tarinki kayfiyatda o’tdi. Yil davomida aʼlo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar rag‘batlantirildi.

Shuningdek, turli ko‘rik-tanlovlarda yutuqlarga erishgan o‘quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Joriy yilda 10118 ta maktabni 391 568 nafar bitiruvchi tamomladi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram