Navoi.travel | Navoiy viloyati Turizm boshqarmasi rasmiy kanali
1.05K subscribers
12.5K photos
1.69K videos
8 files
4.33K links
🇺🇿Navoiy viloyati Turizm salohiyati to'g'risidagi rasmiy kanal. Sayohatlar. Turizm faoliyati. Yangiliklar.

🇺🇸 Official channel of Tourism potential of Navoi region.
Travel. News.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#FlowerFestNamangan2023

Aziz  hamyurtlar! Qadrli mehmonlar!
Gullar avtoparadiga marhamat!

Namangan shahrida 62-xalqaro gullar festivalini 21-may kuni soat 10:00 da Namangan xalqaro aeroportidan boshlanadigan 200 dan ortiq rang-barang gullarga burkangan avtokarvon ochib beradi.

Shahrimizning Islom Karimov koʻchasi, temir yoʻl vokzali aylanmasi orqali Amir Temur va shahrimizning markaziy koʻchalari boʻylab harakatlanadigan avtomobillar paradiga marhamat.

Barchangizni 62-xalqaro gullar festivalining bayram karvonini tomosha qilishga va undan zavq olishga
taklif etamiz.


https://taplink.cc/navoitourism
#eko_turizm

Sangijumon toshi haqida eshitganmisiz?

Sangijumon - Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi qishloqning nomi. Nurota tog' tizmasining tarmog'i bo'lgan Oqtog'ning janubiy yonbag'rida joylashgan, ya'ni Maydon qishlog'i va Jizmon soyining o'rtasida.
Qishloqning nomi ham bahaybat xarsang tosh nomiga qo`yilgan. Ya'ni "tebranuvchi, qimirlovchi tosh" degan ma'noni bildiradi.
Mazkur tosh Sangijumon soyi bo'yida 900 metr balandlikda joylashgan bo'lib, uning aylanasi 20 metr. Balandligi qariyb 6 metr, og'irligi 250 tonnadan ortiq.
Arxeologlarning ta'kidlashlaricha, Sangijumon 280 million yil avval yer qaridan ko'tarilgan suyuq va qaynoq magmatik jinslarda paydo bo'lgan. Ular o'z vaqtida yer qobig'ini yorib chiqa olmasdan, taxminan, 250 million yil avval ma'lum chuqurlikda qotib qolgan. Bu yerdagi jinslar bundan kamida 10 ming yillar ilgari yuzaga kelgan.

https://taplink.cc/navoitourism
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NAVOIY XORIJIY OAV NIGOHIDA

Salahuddin Mazhary, Buyuk Britaniyalik sayyohning Nurota tumani haqida fikrlari

https://taplink.cc/navoitourism
❤‍🔥1👍1👏1
Forwarded from Uzbekistan.travel
🏛Raboti Malik karvonsaroyi - o'rta asrdagi mehmonxona va qoraxoniylar davriga oid yodgorlik-saroy qoldiqlari, bir vaqtlar Samarqand va Buxoroni bog'laydigan Buyuk Ipak yo'lining bir qismi bu yerdan o'tgan.
Batafsil
✈️Yaqinlaringizga ulashing!

🏛Караван-сарай Рабат-и Малик – остатки средневекового постоялого двора и памятника-дворца караханидской эпохи, когда-то здесь пролегал участок Великого шелкового пути, соединявший Самарканд и Бухару.
Подробнее
✈️Поделитесь с друзьями!

🏛Caravanserai Rabat-i Malik - the remains of a medieval inn and a monument-palace of the Karakhanid era, once a section of the Great Silk Road ran here, connecting Samarkand and Bukhara.
Read more
✈️Share it with your friends!

Telegram 📸Instagram 💬Facebook 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#turizm_piknik_zonalar

🇺🇿 Prezident qarori amalda: turizm piknik zonalari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 135-son qarori bilan aholining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, tuman (shahar) markazlarida piknik zonalar (hudud) tashkil qilish vazifasi belgilangan.

Topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyatining tuman (shahar)larida 30 yaqin piknik zonalar tashkil etilib, ulardan foydalanish tartibi ishlab chiqildi.

📱https://taplink.cc/navoitourism
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏1