Navoiy kadastr
654 subscribers
4.95K photos
755 videos
8 files
3.17K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ma'naviy hordiq


🌟Kadastr agentligi va 💫Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari tizimida ishlovchi xodimlar uchun Navoiy viloyat bolalar teatrida spektakl tashkil qilindi.

📖Farmon Toshev asari asosida sahnalashtirilgan "TAZARRU" nomli spektaklda xodimlar ma'naviy hordiq chiqarib inson qadri, halollik, ota-onaga e'tibor kabi qadriyatlarni yana bir bor yod olishdi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun mohiyati OAV nigohida

🇺🇿Davlatimiz Rahbari tomonidan «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonunni imzolandi.

Qonun mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumotlar Bosh prokuratura va Kadastr agentligi mas'ullari ishtirokidagi intervyu "O’zbekiston 24" telekanalida yoritildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 QONUNNING 12-moddasi haqida,

💠 Yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishning qo‘shimcha shartlari

🔠 Ushbu Qonunning 4 — 11-moddalarida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq bo‘lgan yer uchastkasi hamda unda qurilgan binolar va inshootlar, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylarning qonunchilik hujjatlariga hamda hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjatlarga (mavjud bo‘lsa) muvofiq qurilish taqiqlangan hududlarda joylashmaganligi mazkur yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish uchun asos bo‘ladi.

🔠 Binolar va inshootlar, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylar qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi sug‘oriladigan yerlarda joylashgan taqdirda, huquqlarni e’tirof etish masalasi yer fondining toifasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘zgartirilganidan keyin ko‘rib chiqiladi.

🗣Yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi quyidagi o‘lchamlarda e’tirof etiladi:

🔵agar yer uchastkasi 1998-yil 1-iyulga qadar egallangan bo‘lsa, — barcha hududlarda 0,24 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda;

🔵agar yer uchastkasi 1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-mayga qadar egallangan bo‘lsa, — Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida 0,06 gektardan, qolgan hududlarda 0,12 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda.

🔠 Yer uchastkalari boshqa ma’muriy-hududiy birlik tarkibidan Toshkent, Nukus shaharlari yoki viloyat markazlari hududi tarkibiga o‘tkazilgan hollarda, yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi ular avval joylashgan ma’muriy-hududiy birlikdagi ijara huquqini e’tirof etish shartlariga muvofiq, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda e’tirof etiladi.

🔠 Yakka tartibdagi uy-joy egallagan yer uchastkasining amaldagi maydoni ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan o‘lchamlardan oshgan hollarda, yer uchastkasining ortiqcha egallangan qismiga bo‘lgan ijara huquqi, basharti boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasa, dehqon xo‘jaligini yoki tomorqa xo‘jaligini yuritish uchun e’tirof etiladi.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun mazmun-mohiyati bo'yicha seminar tashkil qilindi.


📃 Navoiy viloyatida "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonun mazmun-mohiyatini kadastr xodimlariga yana bir bor tushuntirish maqsadida seminar tashkil qilindi.

Seminarda 💫Davlat kadastrlari palatasi Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasi bosh mutaxassisi S. Muxitdinov ham ishtirok etib kadastr xodimlari tomonidan bajariladigan ishlar to'g'risida batafsil ma'lumot berdi.

#seminar #palata

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

⚡️ Noqonuniy qurilish qilgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Zarafshon shahar bo'limi inspektorlari tomonidan Zarafshon shahar "Tinchlik" MFY hududida fuqaro tomonidan jami 500 kv.metr yer may done hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib shundan 157 kv.metr noqonuniy uy-joy qurilganligi aniqlangan.

⚖️ Aniqlangan holat yuzasidan Zarafshon shahar inspektorlari tomonidan qonunbuzilish holatlarini sodir etgan fuqaroga nisbatan MJTKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma'muriy javobgarlikka tortildi.

📃Ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etish maqsadida fuqarolarga tegishli tartibda ogohlantirish berildi hamda fuqaro ushbu ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqarmagan taqdirda majburiy bartaraf etish maqsadida fuqarolik ishlari bo'yicha sudga da'vo arizasi kiritilishi tushuntirildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi:

➡️ 31-avgust, shanba — haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;

➡️ 1-sentabr, yakshanba — O‘zbekiston mustaqilligi kuni;

➡️ 2-sentabr, dushanba — ko‘chirilgan dam olish kuni;

➡️ 3-sentabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

🔠 Demak, 4-sentabr, chorshanba ish kuni hamda barcha ta’lim muassasalari uchun 2024-2025 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.

#kadastr_agentligi #mustaqillik

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

“O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi
Qonunning muddati hamda to'lovlar miqdori infografikada.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xodimiga tuman hokimi tomonidan tashakkurnoma berildi.


Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan Nurota tumani hokimligida taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda o'z kasbiy faoliyati bilan yurtimiz rivojiga hissa qo'shgan bir qator fidoiy insonlar tuman hokimi A.Fayziyev tomonidan taqdirlandi.

Shu qatorda 💫Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi Nurota tuman filiali murojaatlar bilan ishlash sho'basi bosh mutaxassisi Dilnoza Hakimova ham fidokorona mehnatlari tashabbuskorligi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM