Navoiy kadastr
651 subscribers
4.95K photos
755 videos
8 files
3.17K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Forwarded from Navoiy kadastr
#huquqiy_bilim

🔘Kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladigan holatlar🔘

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020-yildagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

💠 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

💠 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

💠 kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

❗️Eslatma: Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

🌐Telegram 📷Instagram 📱Facebook ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

⚡️ Yerning har bir qarichi hisobli

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Qiziltepa tumani bo'limi inspektorlari tomonidan Qiziltepa tumani "Kusharti" MFY hududida 4000 kv.metr sug'oriladigan yer maydoni fuqaro M.H tomonidan hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib foydalanib kelayotgani aniqlangan.

🔗 Batafsil: Markaz24 maqolasida o'qing

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_Javob

SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

✏️Savol: Biz yashab kelayotgan hovli 1980-yillarda qurilgan shundan buyon mol-mulk soliqlarini to’lab kelamiz lekin kadastr hujjatlari mavjud emas qanday qilib kadastr hujjatlarini rasmiylashtirsam bo‘ladi ?

Javob: O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 187-moddasiga asosan agar Siz mulkdor bo‘lmagan, lekin ko‘chmas mol-mulkka o‘n besh yil davomida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan bo'lsangiz u holda ushbu moddaga asosan o'n besh yillik soliq to'lovi haqidagi ma'lumotlarni ilova qilgan holda fuqarolik sudiga ariza bilan murojaat qilasiz.

⚖️ Fuqarolik sudi tomonidan egalik qilish haqidagi qarorni qo'lga kiritganingizdan so'ng shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Davlat xizmatlari markaziga yoki my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat qilasiz va belgilangan muddatda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy filiallari tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtirib beriladi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🟢🟢🟢🟢

Ayni damda Karmana tumani "Mirsaid Baxrom" mahallasida ⭐️Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan sayyor qabul o'tkazilmoqda.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Муҳтарам дўстлар!

Инсон қадрини улуғлаш, аҳолимиз манфаатларини таъминлаш, бунинг учун кучли иқтисодиёт барпо этиш бизнинг асосий вазифамиздир. Шу мақсадда 2024 йилни мамлакатимизда “Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш йили”, деб эълон қилдик.

Ўзбекистон Республикаси Президенти
Шавкат Мирзиёев

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari
#Kadastr

Yerga oid ishlarni maʼmuriy sudlar tomonidan ko‘rishda prokurorning ishtirok etishi shart etib belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

📃Qonun bilan viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlarda ishlar taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy etildi.

🙅‍♂️ Yuqori instansiya sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish tartibi bekor qilindi.

Shuningdek, yerga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ishlarni maʼmuriy sudlar tomonidan ko‘rishda prokuror ishtirok etishi shartligi belgilandi.

💠 Ishni taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda, shuningdek ishni yuqori turuvchi sud tomonidan taftish tartibida qayta ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.

🟢 Protsessual muddatni tiklash haqidagi yoki tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘ladi.

🗂Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran 6 oy ichida berilishi mumkin.

📝 Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ishni taftish tartibida ko‘radigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Harbiy sud nomiga yo‘llanadi, lekin hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.

📆Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran 5 kunlik muddatda uni ishni taftish tartibida ko‘radigan sudga ish bilan birga yuborishi shart.

⚖️ Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran 1 yil ichida beriladi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_xizmatlar

▪️Kadastr xizmatlaridan onlayn tarzda foydalaning▪️

📄Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotnoma olish uchun

1️⃣ Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi

2️⃣ Vakolatli organ so’rovnoma kelib tushgan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida 🧑‍💻 QR-kod qo’yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

🪙Xizmat narxi

💸- jismoniy shaxslar uchun
Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 8 910 so'm (0.027 BHM)

🌐Telegram  📷Instagram  📱Facebook  ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#murojaatlar_tahlili #infografika

⭐️Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan 2023-yil davomida jami 544 ta murojaatlar kelib tushgan.

🟢 Batafsil: Infografika orqali bilib olishingiz mumkin

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_manzillari #Navoiy

🗺 Navoiy viloyatida joylashgan kadastr idoralarining manzillari

📍 Navoiy shahar
📍 Karmana tumani
📍 Navbahor tumani
📍 Konimex tumani
📍 Qiziltepa tumani
📍 Xatirchi tumani
📍 G'ozg'on shahri
📍 Nurota tumani
📍 Zarafshon shahri
📍 Tomdi tumani
📍 Uchquduq tumani

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda yangi tayinlovlar

⭐️🌟 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga binoan Davlat kadastrlari palatasining bir qator tuman filiallariga yangi rahbarlar tayinlandi:

🇺🇿 Madaminov Abdulaziz Abdusattor o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Baliqchi tumani filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Xolatov Bobir Sevarqul o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Nishon tumani filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿 Oqbo'tayev Baxriddin Iskandarovich - Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi G'uzor tumani filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿 Qurbonov Abbos Mamarasulovich - Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi Navbahor tumani filiali boshlig'i vazifasini bajaruvchi lavozimiga;

🇺🇿 Karimov Zavqiddin Husnitdin o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi Konimex tumani filiali boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

#DavKadastrPalata #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM