Navoiy kadastr
660 subscribers
4.93K photos
751 videos
8 files
3.16K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Ўзбекистонда ер хусусий мулкка айланмоқда. Асосий саволларга жавоблар

Энди ўзингизга қарашли тижорий ёки яшаш жойингизни хусусийлаштиришингиз мумкин. Бу нимани англатади, хусусийлаштиришдан сизга нима фойда, қанча тўлаш керак? Kun.uz шу саволларга қисқа видеода, оддий тилда жавоб беради.
Президент Шавкат Мирзиёев Нукус шаҳрида иш бошлаган пластик эшик ва ромлар корхонасини бориб кўрди.
Бу лойиҳа “Жана базар” маҳалласида амалга оширилган бўлиб, 270 минг квадрат метр эшик ва дераза ромлари тайёрлаш қувватига эга. 230 киши иш билан таъминланган. Уларнинг кўпчилиги ёшлар.
Президент “Жеке терек” маҳалласидаги янги турар-жой мажмуаси қурилиши майдонида ҳам бўлди. Бу ерда 5 та 16 қаватли уй барпо этиш мўлжалланган.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью нового предприятия по изготовлению пластиковых дверей и рам.
Предприятие, открывшееся в махалле Жана базар, способно производить в год 270 тысяч квадратных метров дверей и рам. Здесь работают 230 человек, в большинстве - молодежь.
Президент посетил также площадку строительства нового жилищного комплекса на территории махалли Жеке терек, где планируется возведение пяти 16-этажных домов.

#Mirziyoyev #safar #Nukus #bunyodkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sorovnoma

Ijtimoiy so'rovnoma.

Uy joy qurish yoki tadbirkorlik qilish maqsadida yer olish tartibini bilasizmi?

🎥 Ushbu savolga javobni videolavhani tomosha qilib bilib olishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Siyosiy_ma_rifat_soati #Navoiy

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati"da aktiv qatnashmoqda. Ushbu ma'rifat soatini o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad hafta davomida bo'lgan yangiliklar va qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyatini chuqurroq o'rganishdan iborat.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Президенти Владимир Путин билан телефон орқали мулоқот қилди.
Икки томонлама ҳамкорликнинг қатор долзарб масалалари муҳокама қилинди.
Давлат раҳбарлари олий даражадаги мулоқотлар якунида эришилган келишувларни амалга оширишнинг боришини кўриб чиқдилар.
Халқаро ва минтақавий кун тартиби, шу жумладан Украина атрофида юзага келаётган вазият юзасидан ҳам фикр алмашилди.

Состоялся телефонный разговор Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева с Президентом России Владимиром Путиным.
Обсужден ряд актуальных вопросов двустороннего сотрудничества.
Главы государств рассмотрели ход практической реализации договоренностей, достигнутых по итогам контактов на высшем уровне.
Состоялся также обмен мнениями по международной и региональной повестке, в том числе складывающейся ситуации вокруг Украины.

#Mirziyoyev #muloqot #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

Navbatdagi manzilimiz G'ozg'on shahri

Navoiy viloyati G'ozg'on shahrida aholining murojaatlarini tinglash maqsadida Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi. Unda 10 dan ortiq aholi murojaatlari tinglanib ijobiy hal etish choralari ko'rildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
▫️O‘zbekiston qonunchiligida 2022 yil 1 martdan kuchga kiradigan ayrim o‘zgarishlar▫️

🗓 Yonida biometrik pasport yoki ID-kartasi mavjud bo‘lganda, haydovchidan «prava», texpasport, ishonchnoma va sug‘urta polisini yonida olib yurishi talab etilmaydi.

🗓 Ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlariga tutash yer uchastkalari ularga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi.

🗓 Nogironligi bo‘lgan shaxslarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlar beriladi.

🗓 «Topilmalar stoli» faoliyati tugatiladi.

🗓 Mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga bir necha turdagi moddiy yordamlar ko‘rsatiladi.

🗓 Litsenziyalash va ruxsatnomalar berishda yagona tizim joriy etiladi.

🗓 Yer uchastkalaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.

🗓 Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi.

🗓 Respublikada ishlab chiqariladigan sementni cheklovlarsiz eksport qilishga ruxsat beriladi.

🗓 Daraxt zararkunandalariga qarshi kurashishga mahalliy byudjetdan mablag‘ ajratiladi.

🗓 Bir qator xizmatlarni YaIDXP Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda ko‘rsatish boshlanadi.

🗓 Rasmiy hujjatlarga apostilni davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali ham qo‘ydirish mumkin bo‘ladi.

🗓 Chet tilini bilish darajasini aniqlovchi test sinovida qatnashish bo‘yicha murojaatlar YaIDXP orqali elektron tarzda qabul qilinadi.

🗓 Turistik tashkilotlar xodimlarini malakaviy imtihondan o‘tkazish boshlanadi.

🗓 «E-ekspertiza» yagona elektron axborot tizimi ishga tushiriladi.

🗓 Chet tili fani o‘qituvchilarining sertifikatga ega bo‘lishlariga yo‘naltirilgan o‘quv kurslari tashkil etiladi.

🗓 Moliya vazirligida Ichki audit xizmatlari bilan ishlash boshqarmasi tashkil qilinadi.

🗓 Chavandozlar maktablari o‘z faoliyatini boshlaydi.


#DavKadastrPalata #mart #qonunchilik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |