Navoiy kadastr
688 subscribers
5.11K photos
774 videos
8 files
3.27K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

Ariza berilishi talab etilmaydi


Ariza berilishi talab etilmaydigan, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish boʻyicha tadbiq etilgan qonun haqida aniq va toʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishni istasangiz muzkur videoni tomosha qiling! 👆

🌏 Qonuning toʻliq matni: https://lex.uz/docs/7049383

🌐 https://www.youtube.com/watch?v=gAActsA-T9I

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Zarafshon shahri fuqarolari murojaatlari o'rganildi


📃 Rejaga muvofiq, bugun Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida aholi va tadbirkorlar uchun Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari N.Inamov boshchiligida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Qabulda avvalo, hozirda tizimdagi eng aktual mavzu - "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi qonun asosida huquqlarni e'tirof etish jarayonlari, shartlari, bosqichlari hamda tartibi haqida batafsil tushunchalar berildi.

🇺🇿 Shundan so'ng, sohaga oid murojaatlar tinglanib, hal etish choralarini ko'rish bo'yicha tizim mutasaddilariga topshiriqlar berilib, ijro muddatlari belgilandi. Aksariyat murajaatlarni esa kadastr pasportini shakllantirish va egalik huquqini olishga oid masalalar tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

YURTDOSHLARIMIZGA TAVSIYALAR!

☯️ Xabaringiz bor, O'RQ-937-sonli Qonuniga ko'ra, 2024-yilning 8-noyabridan respublika boʻyicha reja jadval asosida xatlov ishlari olib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi vakillari mazkur jarayonni katta shijoat bilan olib borar ekanlar, xonadon sohiblari boʻlmish sizlardan ham bu jarayonda oʻz xissangizni qoʻshishingizni soʻraymiz. Qanday qilib deysizmi? 👇

📹 Mazkur videoni tomosha qiling!👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Arxiv-kadastr ildizidir


🗂 Arxiv - bu hujjatlar saqlanadigan joy, ular ish faoliyatiga doir bo'ladimi, bino-inshootlarning arxiv hujjatlari bo'ladimi ba'ri tarixdan so'zlaydi. Shu bois ham arxivdagi hujjatlarning yaxshi saqlanishi katta ahamiyat kasb etadi.

🧾 Ana shularni hisobga olgan holda, bu yoʻnalishga alohida eʼtibor qaratgan Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati 2024-yilni tashkilotda “Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning hisobini toʻgʻri yuritishni yoʻlga qoʻyish yili” deb eʼlon qilgandi.

🫥 Xoʻsh, yil nomlanishi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida nimalarga erishildi?

🫥 Mazkur video - bajarilgan ishlar natijasi haqida.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOVDA
NIMALARNI BILISHINGIZ KERAK?!

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq Davlat kadastrlari palatasi tomonidan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida" uslubiy qo'llanma ishlab chiqildi.

📃 Ushbu yo'riqnoma asosida tayyorlangan mazkur video orqali xatlov jarayonlarida e'tibor qaratish lozim bo'lgan tomonlar haqida batafsil ma'lumotlarni taqdim etamiz.

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sohaga oid tushunchalar

📃 Yer uchastkasining va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining huquq egasi — huquqni belgilovchi hujjatlarga asosan yer uchastkasiga nisbatan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijara huquqiga hamda mazkur yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs.

◾️Asos: 29.06.2022-yildagi O'RQ-781-son

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😀😃😄😆😊

Aholiga berilgan ipoteka kreditlarini takror moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi


📃 Qonun (O'RQ-1028-son, 12.02.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Qonun bilan “Ipoteka to'g'risida”gi, “Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida”gi, “To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida”gi qonunlarga ipoteka munosabatlariga elektron garov xatini joriy etishni, bunday garov xati bilan ta'minlangan majburiyatlarni bajarishni, u bo'yicha huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazishni va undan foydalanishga doir boshqa mexanizmlarni belgilashni, shuningdek talab qilish huquqlari hamda garov xati tugatish massasiga kiritilmasligini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.

🎚 Bunda, “Ipoteka to'g'risida”gi qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra:

🔹Elektron garov xatiga o'zgartirishlar kiritish garov xatining qonuniy egasi va garovga qo'yuvchi tomonidan elektron garov xatiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi kelishuv (qo'shimcha kelishuv) shaklini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida to'ldirish orqali amalga oshiriladi;

🔹Elektron garov xatlari bo'yicha huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish depo hisobvarag'iga tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. Elektron garov xatiga doir huquqlar oluvchining depo hisobvarag'iga tegishli yozuv kiritilgan paytdan e'tiboran unga o'tadi va depo hisobvarag'idan ko'chirma bilan tasdiqlanadi.

#DavKadastrPalata #Qonunchilik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun respublika kadastrchilari milliy libosda


🇺🇿 Dunyo xavas qiladigan milliy liboslarimiz bor: o‘zbek do‘ppisi, milliy liboslari, beqasam to‘ni.

🇺🇿 Uni kiyganda har bir o‘zbek - o‘z millatining qanchalik boy tarixga ega ekanligini qalbida his qiladi. Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining butun respublika jamoasi bu ulug‘vor tuyg‘uni qalbidan o‘tkazdi.

🫥 Siz ham mazkur tashabbusga qo‘shiling, o‘zbekning ko‘rkam liboslarida namoyon bo‘ling!

#DavKadastrPalata #milliylik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash” davlat xizmati

🖥 My.gov.uz portalidagi bu xizmat fuqarolarga onlayn ariza berish orqali ko‘chmas mulkni birlashtirish va birlashtirilishi natijasida hosil bo‘lgan mulkning yangi chegaralari belgilanganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma olish imkoniyatini beradi.

✔️ Ushbu xizmatdan barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi!

🕔 Xizmatni ko'rsatish muddati:
13 ish kuni mobaynida

🪙 Xizmat narxi BHMning 1 baravar miqdorida.

#DavKadastrPalata #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

XATLOV VAQTI UYINGIZDA BO'LISHINGIZNI SO'RARDIK
!

🇺🇿 🗓 Manzilli ro‘yxat bo‘yicha xatlovga tushgan mahallalardagi xonadonlarda uy egalarining xonadonida bo‘lmasliklari, ishchi-guruhga yer hujjatlarini taqdim etmaslik yoki keyinroq kelishlarini aytish kabi ayrim holatlar kadastrchilarimiz tomonidan xatlov ishlarini amalga oshirilishlariga to'sqinlik qilmoqda.

Aslida mazkur xatlov Sizning foydangizga tashkil etilganini anglashingiz biz uchun muhim.

Sizdan faqat mahallangiz xatlovga tushgan vaqtni bilish va o'sha kuni xonadoningizda bo‘lish so'raladi xolos!

👉 Xatlovdan bexabar qo'shningizga ham mazkur videoni ulashib qo'ying.

#DavKadastrPalata #xatlov2025 #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

VAKANT O'RINLARI UCHUN QABUL E'LON QILINADI!

⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasining Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi bosh mutaxassisi - roʻyxatdan oʻtkazuvchisi vakant lavozimlariga ishga qabul qilish boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi.

Talablar: oliy yuridik maʼlumotga hamda yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga yohud geodeziya, kartografiya va kadastr, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, koʻchmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga va Davlat kadastrlari palatasi tizimida mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi lozim.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish shoʻbasiga murojaat qilishlari mumkin.

Manzil: Navoiy shahar Ma'rifat ko'chasi 8-uy

📞 Murojaat uchun telefon raqamlari: +99879 224 27 38

❗️ Eslatma! Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2025 yilning 1 aprel kuniga qadar qabul qilinadi.

◼️ Tanlov yuzasidan eʼtirozlar boʻlgan taqdirda Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatining yagona aloqa markaziga murojaat qilishingiz mumkin: +99879 224 27 38

#DavKadastrPalata #vakansiya

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer hisobiga mas’ul xodimlar uchun zoom platformasi orqali navbatdagi o‘quv seminar tashkil etildi.


💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan hududiy tuman shahar filiallaridagi Yer hisobotini yuritish mutaxassislari uchun navbatdagi “Yer fondi toifalari qonun ijrosida” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

⚙️ Yig`ilishda O‘zbekiston Respublikasi 05.08.2024 yildagi 937-qonuni ijrosi, Vazirlar Mahkamasining 30.10.2023 yildagi “Yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotni yuritish tartibi to‘g‘risida”gi 578-sonli qaror hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-son qarorlari nizom talablridan kelib chiqib Yer fondi toifalari va kichik toifalarini belgilash bo‘yicha har bir tuman (shahar) yer hisobini yurituvchi mutaxassislariga tushunchalar berildi.

🫥 Shuningdek, yer toifalari va kichik toifalarini belgilashda huquqiy hujjatlarga tayangan holda aniq va to‘g‘ri hamda sifatli belgilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi va rasman ogohlantirildi.

#DavKadastrPalata

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM