Navoiy kadastr
664 subscribers
4.93K photos
750 videos
8 files
3.16K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Zamonaviy geodezik o‘lchov uskunalari o‘rgatilmoqda.

📍 Navoiy viloyatida kadastr mutaxassislari uchun zamonaviy yangi avlod o‘lchov vositalaridan foydalanish o‘rgatish maqsadida boshqarmaning tuman va shaharlarida faoliyat olib boradigan topograflarga amaliy seminar tashkil etildi .

Tadbir davomida 💫Davlat kadastrlari palatasi hamda ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi masʼullari tomonidan yangi topografik o‘lchov vositalardan foydalanib ishlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_ma_lumot

⚖️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.08.2023 yildagi 281-sonli qaroriga asosan tadbirkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion orqali quyidagilar ijaraga beriladi.

Davlatga tegishli tabiiy va sunʼiy suv havzalari (suv omborlari) - baliqni sanoat usulida yetishtirish, ovlash va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun;

Tabiiy va sunʼiy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari -suv bo‘yida plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va suv sayohati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, baliq mahsulotlari, shu jumladan baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm xizmatlarini tashkil etish hamda ushbu maqsadlarda yengil konstruksiyali qurilmalarni (o‘tov lagerlari majmuasi, konteynerlarni) joylashtirish uchun.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌐 “22-aprel — Xalqaro yer kuni” munosabati bilan joriy yil 16-17-aprel kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda geomatika sohasida erishilgan yutuqlarni amaliyotga joriy etishning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

😄 Ushbu konferensiyada mazkur Universitet professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senatorlari, Qo‘mita raislari hamda hamkor tashkilot va korxonalar vakillari, shu jumladan 🌟Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari A.Abdullayev ham ma’ruza bilan ishtirok etmoqda.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

📄Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🧊 Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari;

🚜 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari;

🏢 Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari;

🗺 Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari;

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 186-son qarori.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🔸 Talabalar kadastr idoralarida amaliyot o'tashmoqda.

🇺🇿Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda kadastr idoralari hamda kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

▶️Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 🌟Kadastr agentli va 💫Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalarining hududiy bo'lim, filiallarida oliygoh talabari amaliyot o'tashmoqda.

👫 Amaliyot o'tash davrida talabalar o'zlariga biriktirilgan xodimlardan hama amaliyot ham nazariy jihatdan kadastr pasorti tayyorlash, arxiv hujatlarini saqlash, kadastr sohasida ishlatiladigan uskunalar haqida ko'nikmalarga ega bo'lmoqdalar.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Joriy yilning 18-aprel sanasida 🌟Kadastr agentligi mas’ullari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yer boshqaruvi boʻyicha ishchi guruhi (WPLA) tomonidan tashkil etilgan “Yer boshqaruvidagi ekotizimlar va xavfsizlik masalalari” boʻyicha vebinarda ishtirok etdi.

➡️ Kun tartibidan Myunxen texnika universiteti professorlarining “Niderlandiya Kadastr tizimida ekotizimlar” mavzusi, 🇦🇲Armaniston Kadastr qo’mitasining “Milliy geoportalning yer boshqaruvidagi o’rni” borasidagi taqdimoti, 🇫🇮Finlyandiyaning Yer tuzish milliy agentligi tomonidan “Yer boshqaruvi xizmatlarining turli ekotizimlarda tutgan o’rni” masalalarida o’zaro tajriba almashinildi.

❗️Ma’lumot o’rnida: Mazkur platforma dunyodagi milliy yer boshqaruviga mas’ul yer agentliklarining sohani raqamlashtirishi jarayonida yuzaga kelayotga global megatrendlar borasida turli hukumatlarning yondashuvlarini hamda texnik, tashkiliy va huquqiy yechimlarni bo’lishish, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni tartibga solish va global xabardorlikni oshirish maqsadida tashkil qilingan.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM