Navoiy kadastr
665 subscribers
4.93K photos
751 videos
8 files
3.16K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#yer_nazorati #Qiziltepa_tumani

⚡️Qiziltepa tumanida noqonuniy qurilish bartaraf etildi.

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Qiziltepa tumani bo'limi inspektorlari tomonidan Qiziltepa tumani "Qalayi Azizon" MFYda joylashgan savdo do'konlarining old qismi 12 kv.metr yer maydoni fuqaro Sh.S tomonidan hech qanday hujjatlarsiz egallab olinganligi aniqlangan.

📃 Aniqlangan holat yuzasidan inspektorlar tomonidan fuqaro Sh.S ga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish berildi.

⚡️ Berilgan ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan fuqaro o'z hisobidan ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etdi hamda yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr

🌟Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrugʻi bilan "Soha aʼlochisi" hamda "Soha iftixori" 🥇koʻkrak nishonlari qayta ta'sis etildi.

🟢Ushbu koʻkrak nishonlar vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasiga ega, faoliyatda munosib o‘rin egallagan, sohaning har qanday jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir bo‘lgan, Vatanimiz va soha obro‘si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan soha xodimlariga berilishi ko'zda tutilgan.

🟢Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan xodimlar belgilangan tartibda va miqdorda bir yo‘la to‘lanadigan pul mablag‘i bilan mukofotlanadilar.

🟢Ko‘krak nishoni bir xodimga ikkinchi marta takroran berilmaydi.

❗️Maʼlumot oʻrnida: mazkur koʻkrak nishonlar muqaddam 2017-yilda taʼsis etilgan hamda soha fidoiylari taqdirlangan.

🌐 Telegram    🌐 Instagram      🌐YouTube     🌐 Facebook         🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_ma_lumot

📝 Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi.

🏠 Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:

1️⃣ ko‘p kvartirali uydagi kvartira -3 ish kunigacha.

2️⃣ yakka tartibdagi turar joy - 5 ish kunigacha.

🏢 Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

1️⃣umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha.

2️⃣umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha.

3️⃣umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha -10 ish kunigacha.

4️⃣umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha.

5️⃣umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha - 20 ish kunigacha.

6️⃣umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq - 25 ish kunigacha.

7️⃣ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha - 3 ish kunigacha.

💳 Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat #Navoiy_shahar

RASMIY MUNOSABAT

📱 Markaz24 telegram kanali orqali "Боллар ўйингоҳи автомобиллар учун стайинка қилинмоқда экан" sarlavhasi ostida maqola e'lon qilingan edi.

⚡️ Holat ⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Navoiy shahar bo'limi inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o'rganilganda Navoiy shahar "Amir Temur" ko'chasi 40-uy old qismida joylashgan bolalar o'yingohi 40-uyda yashab keluvchi fuqarolar tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz noqonuniy egallab olinganligi aniqlandi.

📃 Aniqlangan holat yuzasidan 🌟Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Navoiy shahar bo'limi inspektorlari tomonidan 40-uyda yashab keluvchi fuqarolarga noqonuniy qurilmani bartaraf etish maqsadida ogohlantirish berildi.

✔️ Berilgan ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan fuqarolar tomonidan noqonuniy qurilma bartaraf etildi hamda bolalar o'yingohi avvalgi holatiga qaytarildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

DIQQAT E'LON

Hurmatli Navoiy viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari
❗️

⚡️ Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko'rib chiqish maqsadida Navoiy viloyati Navbahor tumanida sayyor qabul o'tkaziladi.

📄 Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 30-oktabr kuni soat 15:00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌Sayyor qabul Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig'i Nishonov Doniyor Baxtiyorovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

🗺 Manzil: Navoiy viloyati, Navbahor tumani "Chorbog' Guzari" MFY binosi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев ер ресурсларидан оқилона фойдаланиш, ер ҳисобини юритиш ҳамда кадастр хизматларини яхшилаш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам рационального использования земельных ресурсов, улучшения учета земли и оказания кадастровых услуг.

#Mirziyoyev #yigilish #kadastr #yerhisobi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Prezident #Kadastr_agentligi

Республикада 2,4 миллионта хонадоннинг эгалик ҳужжати йўқ. Уларнинг қадастр ҳужжати қилинса, одамларга ҳуқуқий, иқтисодий замин бўлади.

Шу боис ҳужжатсиз уй-жойларга эгалик ҳуқуқини бериш бўйича қонун лойиҳасини якунига етказиш вазифаси қўйилди.

Шунингдек, аҳоли узоқ йиллардан буён уй-жой сифатида фойдаланиб келаётган, лекин ҳужжатда қишлоқ хўжалиги ерлари бўлиб қолаётган 817 минг гектар ерни хатловдан ўтказиб, ер тоифасини ўзгартириш таклифи билдирилди.

🇺🇿 Президент Шавкат Мирзиёев 27 октябрь куни ер ресурсларидан оқилона фойдаланиш, ер ҳисобини юритиш ҳамда кадастр хизматларини яхшилаш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Huquqiy axborotni o‘zingizga qulay formatlarda oling!

Huquqiy masalalarda foydali maʼlumotlar bilan
@huquqiyaxborot telegram kanalining quyidagi tillarda yuritilayotgan versiyalari orqali ham tanishib borishingiz mumkin:

@pravoinf (rus tilida)

@leginf (ingliz tilida)

@huquqiyaxborot_lotin (lotin alifbosida)

Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, qonunchilikdagi eng muhim yangiliklar, hayotiy zaruratga aylangan huquqiy bilimlar, eng sara tahliliy materiallarni hudud24.uz sayti hamda @hudud24official telegram kanalida kuzatib borishni tavsiya etamiz.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🟢Ijara munosabatlarida huquq va majburiyatlarni qayta ijaraga berish tartibi belgilandi

🇺🇿Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-871, 23.10.2023 y) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi

“Ijara to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:

🟣Ijara munosabatlarining obyektlari bo‘yicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

🟣Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha huquq va majburiyatlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

🟣Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ushbu obyekt bilan birga mazkur obyekt band etgan hamda undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasi ijarasiga doir huquq va majburiyatlar ham qonunga muvofiq boshqa shaxsga o‘tadi, bunda ijaraga beruvchining roziligi talab etilmaydi.

🟣Qonunda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy va yuridik shaxslar ijaraga olingan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga ijara muddatidan oshmagan muddatga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin. Bunda ijara shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlar yangi ijaraga oluvchiga o‘tadi.

📈Shuningdek qonun bilan, Fuqarolik kodeksi va Yer kodekslariga servitut to‘g‘risidagi shartnomaga, servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga, servitutni o‘zgartirish va uni bekor qilish, servitut uchun haq to‘lash, ommaviy servitutni belgilash qoidalariga doir qo‘shimchalar kiritildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_atamalari

🏘 Inshoot - har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo‘lishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib o‘tishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat, yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida hajmli, yassi yoki chiziq tarzida joylashgan qurilish tizimi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident #Kadastr_agentligi

So‘nggi yillarda bu sohada katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, topografik o‘lchovlar uchun Kadastr agentligi maxsus samolyot va aerofotokamera, 112 ta dron bilan taʼminlandi. Sohani raqamlashtirish uchun 6 ta axborot tizimi va maʼlumotlar markazi ishga tushirildi.

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-oktyabr kuni yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarini yaxshilash masalalari bo‘yicha o'tkazgan yig'ilishida aynan shunday masalalar ko'rib chiqildi.

📹 Batafsil videoda

🌐 Telegram    🌐 Instagram      🌐YouTube     🌐 Facebook         🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

Ayni damda Navbahor tumani "Chorboqguzari" MFY binosida ⭐️Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan sayyor qabul o'tkazilmoqda.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM