Navoiy kadastr
651 subscribers
4.95K photos
756 videos
8 files
3.18K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Навоий шаҳридаги 22-сон умумтаълим мактабида бўлди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил общеобразовательную школу №22 в городе Навои.

#Mirziyoyev #safar #Navoiy #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Навоий вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш вазифалари юзасидан йиғилиш бўлиб ўтмоқда.

Давлатимиз раҳбари аввало 27 октябрда мамлакатимизда бўлиб ўтган парламент сайлови борасидаги фикрларини айтди.

Қайд этилганидек, ушбу сайлов Янги Ўзбекистонни барпо этиш йўлида амалга ошираётган туб ислоҳотлар самарасини ўзида яққол акс эттирди, демократик тараққиётимизни ёрқин ифодаси сифатида ҳаётимизда ўчмас из қолдирди.

Президентимиз кўп миллатли халқимизга сайловларда юксак сиёсий маданият ва фаоллик кўрсатиб, фуқаролик бурчини масъулият билан адо этгани учун самимий миннатдорлик билдирди. Шунингдек, халқ вакили деган юксак мақомга эга бўлган барча юртдошларимизни чин қалбдан табриклади.

Сайловлар натижасида юртимизда ҳуқуқ ва ваколатлари сезиларли даражада кучайган янги вакиллик органлари тизими ҳам шакллангани таъкидланди.

Facebook|Instagram|X
Ҳудуди 11 миллион гектар бўлган Навоийда бор-йўғи 100 минг гектарга экин экилаяпти. Яйловларнинг 43 фоизи Навоийда жойлашгани билан республикадаги чорва маҳсулотининг 5 фоизини ҳам бермайди.

Навоийда 23,5 минг гектар, шундан 1,7 минг гектар сунъий ҳавзада балиқ етиштирилади. Лекин, атиги 15 фоизи интенсив бўлгани учун ҳосилдорлик гектарига 2-3 тоннадан ошмаяпти.

Ёки, 100 минг гектар сувли ернинг 72 фоизи насосда суғорилади. Насосларнинг аксарияти эскирган ва энергия сарфи юқори. Шунга қарамасдан, вилоятнинг 50 минг гектарида сув тежовчи технологиялар бор, холос.

Кармана, Конимех, Қизилтепа, Нурота ва Хатирчи туманларида бу борадаги ишлар сустлиги кўрсатиб ўтилди.

Шу муносабат билан пахтачиликда уруғ сифати ва технологини янгилаш, ҳосилдорликни 70 центнерга чиқариш, 20 минг гектар ерларни фойдаланишга киритиш, 7 минг гектар боғ ва токзорларни янгилаш, ҳамма сувли ерларни тўлиқ лазерли текислаб, такрорий экин сифатида 10 минг гектарда кунгабоқар етиштириш зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

Ҳар йили 350 минг гектар яйловга дрон билан иқлимга мос озуқа экинлари, доривор ва зираворлар уруғларни сепиш ҳамда 50 минг аҳолига бўлиб бериш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|X
Навоий инфратузилмаси билан боғлиқ масалалар ҳам муҳокама қилинди.

Масалан, Зарафшон шаҳри аҳолиси 2-3 йилда 100 мингдан ошади. Шу боис, Зарафшон ҳудудини Томди тумани ҳисобидан 2 минг гектарга кенгайтириб, 150 минг аҳоли учун шароит яратиш зарурлиги қайд этилди.

Зарафшон шаҳри, Учқудуқ ва Томди туманларида жами 200 минг аҳоли яшайди. Улар Тошкент шаҳрига келиш учун аввал автомобилда 250-300 километр йўл юриб, Навоий шаҳрига боради. Кейин эса, бу ердан поезд ёки самолётга ўтириб, пойтахтга боришга мажбур бўлаяпти.

Зарафшон шаҳридаги 80-йилларда қурилган аэропорт эса ҳозирда ишламаяпти. Ушбу аэропорт фаолиятини қайта тиклаш масаласини ўрганиб, тегишли таклифлар киритиш топширилди.

Масъуллар олдига ижтимоий инфратузилма ва коммуникация тармоқларини қиш мавсумига сифатли тайёрлаш, камчиликларни бартараф этиш вазифаси қўйилди.

Мутасаддиларга аёлларни касбга ўқитиш, бандлигини таъминлаш, ёшлар билан ишлашни яхшилаш юзасидан топшириқлар берилди.

Йиғилиш давомида комплекс ва ҳудудлар раҳбарларининг ҳисоботлари тингланди.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🤯Uyimni oldida bo'sh yer bor va uni qanday qilib qonuniylashtirsam bo'ladi?

🌟 Davlat kadastrlari palatasi bo'lim boshlig'i – Sanjar Abdurazzoqov: Ko'p qavatli uylarga tutash hududlarda qurilish qilish yoki xususiylashtirish mumkin emas.

▶️ 👉 Batafsil videoda

▶️ "Zo‘r TV" telekanalining "O‘zimizda" tok-shousida Kadastr sohasiga oid yangiliklar borasida mutaxassislar ma'lumotlar berishdi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎤🎤🎤🎤

🇺🇿O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarida qurilgan qurilmalarga huquqlarni e’tirof etish jarayonlarida yigirmaga yaqin davlat idoralari orasida o‘zaro elektron hujjat aylanishi hamda jarayonlarni shaffofligini ta’minlash maqsadida 🌟Kadastr agentligi tomonidan “E’TIROF” AAT dasturi ishlab chiqildi.

5-noyabr kunida soat 11:00 da 🌟Kadastr agentligining markaziy aparati binosida dasturning taqdimoti bo'lib o'tadi.

🎤Taqdimotga ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlarni taklif etamiz.

📍 Manzil:  Chilonzor-S, Cho'ponota ko'chasi 6 V uy. 🌟Kadastr agentligi binosi.

‼️Shu bilan birgalikda Qonunga muvofiq respublikamizning barcha hududlarida mahalla kesimida bosqichma-bosqich o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi ham e'lon qilinadi.

#Kadastr_agentligi #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 😀😃😄😆😊

937-qonun haqida bilishingiz muhim


🗓 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kiruvchi "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

⚡️ Noqonuniy qurilish bartaraf qilindi.

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Qiziltepa tumani bo'limi inspektorlari tomonidan Qiziltepa tumani "G'amxo'r" MFY hududida 42 kv.metr yer maydoni fuqaro tomonidan hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib qurilish ishlari boshlab yuborilganligi aniqlangan.

⚖️ Aniqlangan holat yuzasidan Qiziltepa tumani inspektorlari tomonidan qonunbuzilish holatlarini sodir etgan fuqaroga nisbatan MJTKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma'muriy javobgarlikka tortildi.

📃Ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etish maqsadida fuqaroga tegishli tartibda ogohlantirish berildi, bartaraf etmagan taqdirda sudning hal qiluv qaroriga asosan majburiy tartibda bartaraf etilishi tushuntirildi, ushbu ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan fuqaro o'z hisobidan noqonuniy qurilmani bartaraf etdi hamda yer maydoni avvalgi holatiga qaytarilishi ta'minlandi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

❤️‍🔥 6-noyabr kuni: ❤️‍🔥

🟢 Brifing

📄 Mavzu: O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish yuzasidan 2024/2025-yillarda xatlovdan o‘tkaziladigan mahallalar reja-jadvali va “E’TIROF” dasturi haqida.

🎚️ Vaqti: 12:00

➡️ Ishtirok etadi: Neʼmat Atamuratov,
🌟Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️

Ko‘chmas mulkni bo‘lish hamda uning yangi chegaralarini belgilash


📃 Xizmatni ko'rsatish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar:
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat

👆Ariza beruvchi YIDXP(my.gov.uz)da ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.

🫂 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar

Xizmatni ko'rsatish muddati:
13 ish kuni mobaynida

Xizmat narxi
Yig'im
Yagona portal orqali topshirilganda miqdori - 337500 so'm (0.9 BHM)

🔖 Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi:
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to'g'risida”gi 535-son qarori

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❗️❗️❗️ 📣📣📣📣


🗓 2024-yil 8-noyabr kunidan xatlov ishlari boshlanadi.

Qonunga muvofiq o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlariga qurilgan ko'chmas mulk obyektlarini aniqlash maqsadida 2024-2025-yillarda xatlov qilinadigan mahallalar reja-jadvali tasdiqlandi.

Tasdiqlangan reja-grafik 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz saytiga joylashtirildi.
Fuqarolar saytga kirib o'zining hududida xatlov ishlari qachon amalga oshirilishini bilib olishi mumkin.

🌟Kadastr agentligi direktorining matbuot kotibi N.Atamuratov bu haqda to'liq ma'lumot berdi.

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️

Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirma va kadastr pasportni tekshirish

📃 Xizmatni ko'rsatish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar:
Talab etilmaydi

👆Ariza beruvchi YIDXP(my.gov.uz)da ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.

🫂 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar

Xizmatni ko'rsatish muddati:
Avtomatik tarzda

Xizmat narxi
Bepul

🔖 Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi ““Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 424-son qarori

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli yurtdoshlar!

Yer, mulk, uy-joy bilan bog‘liq munosabatlar tarixan qadriyatimizga aylangan. 2024-yilning 5-avgust sanasida Davlatimiz Rahbari vatandoshlarimiz uchun muhim bo‘lgan yana bir tarixiy Qonunni imzoladilar.

Bugun 8-noyabrdan millionlab yurtdoshlarimiz kutgan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kiradi. 2024–2025-yillar uchun tasdiqlangan reja-garfik asosida mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlanadi.

Qonun kuchga kirish sanasida sizga murojaat qilishimdan maqsad
“ogohlikka” chaqirishdir!

Uzoq yillar davomida o‘zi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar ko‘p ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan “uddaburonlar” ham yo‘q emas.

Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday so‘zlari va va’dalariga ishonmaslikka chaqiraman!

Birinchidan,
mahallalar aniq tasdiqlangan reja-grafik asosida xatlovdan o‘tkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga o‘tilmaydi, ya’ni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yo‘q!”.

Ikkinchidan, xatlovdan keyin “E’TIROF” dasturiga kiritilgan har bir holat bo‘yicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!”.

Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar o‘rganiladi. Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish o‘tmaydi!”.

‼️Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering.

Mazkur Qonunning adolatli va samarali ijro etilishi barchamizga birdek bog‘liq ekanligini yoddan chiqarmaylik.

Hurmat bilan,
Kadastr agentligi direktori
Farrux Pulatov
.