Navoiy kadastr
664 subscribers
4.93K photos
750 videos
8 files
3.16K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🟦🟦🟦

💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasiga 8 oy davomida 992 ta murojaat kelib tushgan.

📹 Batafsil: videografikada

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (51 minutes)
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🟡 Maqsadsiz foydalanilgan yer maydonlari to'g'risida ma'lumot infografika ko'rinishida.

🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning o'tgan 8 oyi davomida 67 ta holatda 2 576,2 gektar yer maydonlari fuqarolar tomonidan maqsadsiz foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

📝 Aniqlangan 67 ta holatda 2 576,2 gektar yer maydonlarini davlat zaxirasiga qaytarish maqsadida tuman, shahar hokimliklariga da'vo arizalari kiritildi.

✔️ Kiritilgan da'vo arizalarining 52 ta holatda 2 565,4 gektar yer maydonlari davlat zaxirasiga qaytarilishi ta'minlandi, qolgan 15 ta holatda 10,7 gektar yer maydonlari zaxiraga qaytarish jarayonida.

#infografika #Maqsadsiz_foydalanilgan_yer_maydonlari

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_xizmatlar

🕐 Koʼchmas mulkka doir elektron davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning:

🟢 Kadastr pasportini shakllantirish;

🟢 Turar joyning maydoni boʼyicha maʼlumotnoma olish;

🟢 Koʼchmas mulk obʼektlariga boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish;

🟢 Davlat kadastr reyestridan koʼchmas mulk boʼyicha koʼchirmani tekshirish;

🟢 Oʼzganing yer uchastkasidan foydalanish uchun ruxsatnoma;

🟢 Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat roʼyxatidan oʼtkazish;

🟢 Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish;

🟢 Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi bor yoki yoʼqligi toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma olish;

🟢 Kadastr obʼektiga taqiqni tekshirish va boshqalar;

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

Ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami

❗️ Kadastr raqami yer uchastkasi, bino, inshootga, ko‘p yillik dov-daraxtga tegishli 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan raqamdir, u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uni shakllantirishda beriladi va u ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lgunga qadar saqlanib qoladi.

🟢 Quyidagilar yer uchastkasi, bino va inshoot kadastr raqamining majburiy elementlarini tashkil etadi:

➡️Mintaqa raqami (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar);
➡️Mintaqa tarkibidagi tuman yoki viloyatga bo‘ysinuvchi shaharning raqami;
➡️Kadastr zonasi raqami;
➡️Kadastr massivi raqami;
➡️Kadastr mavzesi raqami;
➡️Yer uchastkasi raqami;
➡️Ko‘p yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkasi raqami;
➡️Bino yoki inshootning raqami;
➡️Bino yoki inshootning bir qismining raqami.

❗️Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 09.09.2024-yildagi 555-sonli qarori.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Vazirlar_Mahkamasi_qarori #vm_555_son

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning o'tgan 8 oyi davomida 1 153 ta holatda 118,6 gektar yer maydonlari fuqarolar tomonidan o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi hamda ushbu holatlarga quyidagicha choralar ko'rildi.

⚫️ Jumladan:

Fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilganlar - 850 ta, 70,4 gektar.
Sudlarga kiritilgan da'vo arizalari - 146 ta, 16,9 gektar.
Prokuratura organlariga yuborilgan holatlar - 3 ta, 0,1 gektar.
Majburiy ijro buyrosiga yuborilgan hujjatlar - 7 ta.
Ko'rib chiqish jarayonidagilar - 155 ta, 31,3 gektar.

#infografika #Kadastr_agentligi

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

⚡️ Noqonuniy qurilish bartaraf qilindi.

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Karmana tumani bo'limi inspektorlari tomonidan Karmana tumani "Yangiariq" MFY hududida 42 kv.metr yer maydoni fuqaro tomonidan hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib ohakni qayta ishlash xonasi qurib olganligi aniqlangan.

⚖️ Aniqlangan holat yuzasidan Karmana tumani inspektorlari tomonidan qonunbuzilish holatlarini sodir etgan fuqaroga nisbatan MJTKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma'muriy javobgarlikka tortildi.

📃Ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etish maqsadida fuqaroga tegishli tartibda ogohlantirish berildi, ushbu ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan fuqaro o'z hisobidan noqonuniy qurilmani bartaraf etdi hamda yer maydoni avvalgi holatiga qaytarilishi ta'minlandi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT

📱 Ijtimoiy tarmoqlarda "NAVOIY vil. – “Kadastr idorasi “naves”imni buzdirdi. Holbuki, boshqa tadbirkorlarga bunday talab qo‘yilmadi"" sarlavhasi ostida maqola e'lon qilingan edi.

Holat yuzasidan ⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi.

Batafsil: https://telegra.ph/Rasmiy-munosabat-09-17

#rasmiy_munosabat #Karmana_tumani

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xizmatlaridan onlayn foydalaning!

📃 Ko'chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga onlayn ariza yuborish.

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

➡️Ariza beruvchi YaIDXPda ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish uchun huquqiy asos bo'lgan hujjatning skan nusxasi (notarial shartnoma, sud qarori va boshqalar)ni ilova qilgan holda so‘rov yuboradi;

➡️ Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi;

✔️ Arizachi yig‘imni to‘laydi va reyestrdan ko‘chirmani yuklab oladi.

Xizmatni ko'rsatish muddati 2 ish kuni.

▶️ Onlayn ariza yuborish👇

#onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT

📱 Ijtimoiy tarmoqlarda “Navoiyda bir shaxs nomidagi yer notarius orqali boshqa birovga noqonuniy sotildi” sarlavhasi ostida maqola e'lon qilingan edi.

Holat yuzasidan ⭐️Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi.

Batafsil: https://telegra.ph/Rasmiy-munosabat-09-18-7

#rasmiy_munosabat #Karmana_tumani

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT E'LON ❗️❗️❗️

🔰 Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi o‘zbek tilini o'rganish istagida bo'lgan aholi qatlami vakillari uchun bepul kurslar tashkil etmoqda.

🌐 Ushbu ma'lumotni o'zbekcha gapirishga qiynalayotgan hamkasbingiz, do'stingizga yetkazishni unutmang!

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tuman, shahar bo'limlarida mavjud bo'sh ish o'rinlari.

💻 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Uchquduq tumani bo'limi "Bosh inspektor" (Ariza topshirish)

#kadastr #bo'sh_ish_o'rni

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚡️ Diqqat, kadastr bo‘yicha savolingiz bormi?

Yer bilan bog‘liq masalalar, auksionga maydonlar qo‘yish, ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda javobini kutayotgan savollar sizni qiynayaptimi?

🎙 U holda 20-sentabr kuni ushbu rasmiy telegram sahifamizda soat 10:00 da bo‘lib o‘tadigan onlayn muloqotda ishtirok eting.

⚖️ Onlayn audiomuloqot orqali “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni haqida ham qo'shimcha ma'lumotlar berib boriladi.

✔️ Savollaringizga 🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmalari mutaxassislari javob beradilar.

#diqqat #Audio_muloqot

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌍 “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan 🌟Kadastr agentligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida "Korrupsiya - taraqqiyot dushmani" mavzusida videoroliklar tanlovi bo'lib o'tadi.

➡️Tanlovdan ko'zlangan maqsad sohada korrupsion holatlarni oldini olish, sohada faoliyat yuritib kelayotgan yoshlarning kreativ g'oyalarini o'rganishdan iborat.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan video roliklar Agentlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limiga taqdim etiladi. 🌟Kadastr agentlik buyrug‘iga muvofiq tuzilgan maxsus komissiya tomonidan kelib tushgan barcha video roliklar mavzu dolzarbligi, go‘yaning mukammalligi, ijro mahorati hamda boshqa bir qancha mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.

Komissiya aʼzolarining yakuniy xulosalariga ko‘ra finalga munosib deb topilgan videoroliklar saralab olinadi.

#Kadastr_agentligi #video_roliklar_tanlovi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi yer va kadastr nazoratchilari tomonidan 2024-yilning o'tgan 8 oyi davomida jami 1 153 ta holatda 118,6 gektar yer maydonlari jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallash yoki noqonuniy qurilish qilish holatlari aniqlangan.

▶️ Batafsil videoda

#kadastr #brifing

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

📄Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi 🌟Kadastr agentligi

📨Murojaatlar qabul qilinadi:

– D
avlat xizmatlari markazi;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

📝So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

🫂 Yuridik va jismoniy shaxslarga

🪙 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 510 000 so'm (BHMning 1,5 baravari)

😄 Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 1 ish kuni.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tuzilgan reja-jadvalga asosan binolar va inshootlar xatlovdan o'tkaziladi

🫥 O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni aniqlash ishlarini tashkil etish.

🟣O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar inshootlar bosqichma bosqich xatlovdan o'tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.

🟣Reja-jadval Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko'ra Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka e'lon qilinadi.

🟣Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarori bilan reja-jadvalga asosan, ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan vakolatli tashkilotlarning hududiy bo'linmalari vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etiladi.

🇺🇿 “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonunning 13-moddasi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Kadastr_agentligi

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TAYINLOV

Ahmatkulov Izomiddin Nasimovich– Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi
🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati G’ozg’on shahar bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

🫥 Tayinlovga qadar, 💫 Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi Nurota tumani filiali Topografi vazifasida faoliyat yuritgan.

🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi jamoasi I.Ahmatkulovni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM