Navoiy kadastr
654 subscribers
4.95K photos
755 videos
8 files
3.17K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

⚡️ Noqonuniy qurilish qilgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Zarafshon shahar bo'limi inspektorlari tomonidan Zarafshon shahar "Tinchlik" MFY hududida fuqarolar R.M, A.M hamda X.N lar tomonidan jami 1500 kv.metr yer maydoni hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib shundan 254 kv.metr yer maydoniga uy joy qurilishi boshlab yuborilganligi aniqlangan.

⚖️ Aniqlangan holat yuzasidan Zarafshon shahar inspektorlari tomonidan qonunbuzilish holatlarini sodir etgan fuqaroga nisbatan MJTKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma'muriy javobgarlikka tortildi.

📃Ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etish maqsadida fuqarolarga tegishli tartibda ogohlantirish berildi hamda fuqaro ushbu ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqarmagan taqdirda majburiy bartaraf etish maqsadida fuqarolik ishlari bo'yicha sudga da'vo arizasi kiritilishi tushuntirildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎 🎬🎬🎬🎬

🌟Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan noqonuniy egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tafsilotlari "Navoiy" radiosining qonun va ijro dasturida.

🫥Unda boshqarma boshlig‘i o'rinbosari Elbek Eshpo'latov hamda bosh yuriskonsulti Hamza Samadovlar tomonidan tinglovchilarga "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi hamda yer qonunbuzarlik holatini sodir qilgan fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan jazo choralari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zbekistonning aholisi eng zich hududi qaysi
?

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, 1 kv.kilometrga o‘rtacha 82,3 kishi to‘g‘ri kelmoqda.

☯️ Hududlar bo‘yicha tahlil etilganda, aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 6 826,7 kishi, so'ngra Andijon viloyatida 792,8 kishi, Farg‘ona viloyatida 603,5 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Navoiy viloyatida 9,7 kishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12,1 kishini tashkil etgan.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

Nazorat tadbirlar davom etmoqda

Navoiy shahri Sanoat zonasi hududi Inspektorlar ko'chasida fuqaro tomonidan o'zboshimchalik bilan yer maydonini egallab olinganligi va bino qurilganligi holati aniqlangan. Ushbu holat bo'yicha 🌟Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi Navoiy shahar inspektorlari tomonidan fuqaroga ogohlantirish berilishiga qaramasdan qurilish davom ettirilgan. 📃Noqonuniy qurilish yuzasidan sudga da'vo arizasi kiritilgan hamda sudning qaroriga asosan noqonuniy qurilma bartaraf qilingan.

Yana bir holatda Karmana tumani O'zbekiston MFY Hayot ko'chasida fuqaro tomonidan hech qanday hujjatlarsiz yer maydoni egallanib garaj qurganligi aniqlangan. 📃Ushbu holat yuzasidan fuqaroga ogohlantirish xati berilgan va noqoqnuniy qurilma bartaraf qilinmagandan so'ng sudga da'vo arizasi kiritilgan. Sudning qaroriga asosan noqonuniy qurilma bartaraf qilingan.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


📃O‘rmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomalari uch bosqichda rasmiylashtiradi:

◼️birinchi bosqichda — uch yil muddatga;

shartnoma majburiyatlariga rioya qilish, ijara to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni o‘z muddatida to‘lash, investitsiyalar kiritish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish natijalariga qarab:

◼️ikkinchi bosqichda — yigirma yil muddatga;
◼️uchinchi bosqichda — qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga.

🔹Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin.

🕐 O‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎 🎬🎬🎬🎬

🌟Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilda 308 ta holatda yerlarni noqonuniy egallab olish, 41 holatda noqonuniy qurilish qilish aniqlandi.

Batafsil: NavoiyMTRK lavhasida

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamizda qancha mulk erkaklarga tegishli?

🌟Davlat kadastrlari palatasining 2024-yil 1-may holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha erkak mulkdorlar nomidagi jami obyektlar soni 5 468 471 tani tashkil etadi.

◼️Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p erkak mulkdorlar Samarqand viloyatida, eng kam mulk egalari esa Sirdaryo viloyatida ekanligini ushbu infografikada  ko'rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi #gender

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

◾️Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda◾️

🌟Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Xatirchi tuman bo'limi tomonidan O'zbekiston massivi 232a konturidan 135 kv m maydoni fuqaro tomonidan noqonuniy egallab olib qurilish qilganligi aniqlandi.

📃Holat yuzasidan kadastr inspektorlari tomonidan fuqaroga ogohlantirish berildi va ogohlantirishdan to'g'ri xulosa qilgan fuqaro noqonuniy qurilishni bartaraf qildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

⚡️ Noqonuniy qurilish qilgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

🌟 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Qiziltepa tuman bo'limi inspektorlari tomonidan Qiziltepa tuman "G'amxo'r" MFY hududida fuqaro tomonidan jami 120 kv.metr yer maydoni hech qanday hujjatlarsiz egallab olib yer maydonida qurilish qilganligi aniqlangan.

⚖️ Aniqlangan holat yuzasidan Qiziltepa tuman inspektorlari tomonidan qonunbuzilish holatlarini sodir etgan fuqaroga nisbatan MJTKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma'muriy javobgarlikka tortildi.

📃Ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etish maqsadida fuqarolarga tegishli tartibda ogohlantirish berildi hamda fuqaro ushbu ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqarmagan taqdirda majburiy bartaraf etish maqsadida fuqarolik ishlari bo'yicha sudga da'vo arizasi kiritilishi tushuntirildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr xizmatlaridan onlayn foydalaning

🏠Mulkdorga tegishli ma’lumotlar uning o‘zi tomonidan yoki roziligi asosida my.gov.uz portali orqali olinishi mumkin. “Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish” xizmati obyekt va unga doir huquqlar to‘g‘risida elektron ma’lumot olish imkonini beradi.

Shuningdek, Kadastr pasportini shakllantirish; Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; Yer uchastkasini xususiylashtirish kabi qator xizmatlar mavjud.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎 🎬🎬🎬🎬

◾️Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda◾️

🌟Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan yer nazorati tadbirlari muntazam olib borilmoqda. Bu safargi nazorat tadbirlari Xatirchi tumanida bo'lib o'tdi.

📹Batafsil: Markaz24 yangiliklarida

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Dehqon xo‘jaligi yeriga bino va inshoot qurish taqiqlanadi

🚜 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak.

📃Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi.

⚠️Yengil konstruksiyali issiqxonalarni va boshqa imoratlarni, shuningdek sug‘orish inshootlarini qurish mustasno.

❗️Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart.

📄Huquqiy asos: O‘RQ–680, 01.04.2021 y.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM