Navoiy kadastr
653 subscribers
5K photos
764 videos
8 files
3.21K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

🫥Xususiy mulkni “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotish yoki ijaraga berish mumkin 🫥

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.10.2023-yil 540-sonli qaroriga asosan, xususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklari “E-auksion shop” elektron savdo do‘konida quyidagi usullarda sotiladi:

🫥narxni oshirib borish tamoyili asosida;
🫥eʼlon qilingan narxda sotish orqali.

❗️ Savdoda ishtirok etish uchun savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tish zarur.

Narxni oshirib borish usuli orqali savdolar kamida 2 ta ishtirokchi bo‘lganda o‘tkaziladi.

Savdolar quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb topiladi:

🫥savdolarda qatnashish uchun bironta ham talabgordan ariza kelib tushmagan bo‘lsa;
🫥savdolar kuni ishtirokchilar tomonidan bironta ham taklif tasdiqlanmasa;
🫥to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmagan bo‘lsa.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #infografika

⭐️ Navoiy viloyatida yer va kadastr sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qo‘llanilgan ma’muriy jarimalar to‘g‘risida (2024-yil 1-aprel holatiga) ma'lumot infografika ko'rinishida

⚖️ Navoiy viloyati bo'yicha jami 394 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan ma'muriy jarima qo'llanilgan.

✍️ Jumladan:

😎60-modda 2-qismi bilan 186 ta,

😎60-moddasi 3-qismi bilan 26 ta,

😎68-moddasi 1-qismi bilan 39 ta,

😎68¹-moddasi bilan 143 tani tashkil etadi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

IJTIMOIY TARMOQLARDA BAHSLARGA SABAB BO‘LAYOTGAN MAVZU HAQIDA.


“O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda har xil tushunchalar bilan talqin qilinmoqda.

Bu esa ayrim fuqarolarning yer qonun buzish holatlarini sodir etishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu sabab Qonun loyihasi haqida ayrim maʼlumotlarni berib o‘tamiz:

Qonun loyihasida 8 ta yo‘nalishdagi holatlar ko‘rib chiqishi nazarda tutilgan. Ushbu holatlarning barchasiga huquq eʼtirof etiladi deb tushunmaslik kerak.

Loyihada kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish emas, balki huquq belgilovchi hujjatlari bo‘lmaganligi uchun yer va binolariga huquqni eʼtirof etish masalasi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga emas, balki tadbirkorlik subyektlariga tuman hokimliklari tomonidan yer ajratilib, viloyat darajasida tasdiqlanmagan holatlar hamda tadbirkorlik subyektlari kichik sanoat zonalariga joylashtirilib, hokim qarori chiqarilmay qolgan holatlar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Loyihada kadastr hujjatlari rasmiylashtirmaganlik uchun emas, yerni o‘zboshimcha egallaganligi uchun va ushbu yerga huquqlar eʼtirof etilgan taqdirdagi maʼmuriy javobgarlik masalalari yoritilgan.

Hozirda ayrim yurtdoshlarimiz tomonidan “qurilishi mavjud bo‘lsa eʼtirof etilar ekan” deb bo‘sh yerga tezroq imorat qurish holatlari kuzatilmoqda.

‼️Ogohlantirib aytishimiz kerakki, qonun loyihasida 2018-yil 1-mayga qadar qurilgan obyektlar ko‘rib chiqiladi deb ko‘rsatilgan.
Agarda qurilma o‘zboshimchalik bilan belgilangan davrdan keyin qurilgan bo‘lsa, bunday imoratlar belgilangan tartibda bartaraf etiladi hamda maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shu sababli, fuqarolarimizdan o‘zboshimchalik bilan yerlarni egallash va unga imorat qurmasliklarini so‘rab qolamiz.

Yana shuni ham eʼtiborga olish kerakki, hozir biz qonun loyihasi haqida gapiryapmiz va loyihaga muhokama jarayonlarida o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asoslari

📝 Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq turi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) haqidagi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.

💠Agar yer uchastkasini ajratish (realizatsiya qilish) to‘g‘risidagi 2021-yilning 1-avgustiga qadar qabul qilingan hujjatlarda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi huquqlar tan olinadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

🫥yakka tartibda uy-joy qurish va uni obodonlashtirish, dehqon xo‘jaliklarini hamda jamoa bog‘dorchiligini va uzumchiligini yuritish uchun foydalaniladigan yer uchastkalariga nisbatan jismoniy shaxslarning meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi.

🫠binolar va inshootlar qurilishi uchun berilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi.

🫠qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #Konimex_tumani

⚡️ Yerning har bir qarichi hisobli

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Konimex tumani bo'limi inspektorlari tomonidan Konimex tumani "Do'stlik" MFY hududida 18 kv.metr yer maydoni fuqaro Sh.Sh tomonidan hech qanday hujjatlarsiz egallab olinib naves o'rnatib olganligi aniqlangan.

📃 Aniqlangan holat yuzasidan Konimex tumani bo'limi inspektorlari tomonidan fuqaro Sh.Sh ga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish berildi.

⚡️ Berilgan ogohlantirishdan to'g'ri xulosa chiqargan fuqaro o'z hisobidan ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etdi hamda yer maydoni avvalgi holatiga qaytarildi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #ishonch_raqami #infografika

⭐️ Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilish kerak?

⚡️ Agarda siz o‘z hududingizda yerga oid qonun buzilish holatiga guvoh bo‘lsangiz quyida keltirilgan manzillarga va telefon raqamlariga murojaat qiling.

🤔 Murojaat uchun:

📱 @e_yernazorat_bot maxsus telegram-bot dasturi;

🌐Kadastr.uz sayti;

📞 1097 qisqa raqami orqali xabar bering.

📞 +99879 224 02 31 Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi ishonch telefoni

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_ma_lumot

Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi.

🟢so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi.

🟢ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi.

🟢ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda.

🟢vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

❗️ Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bo_sh_yer_uchastkalari

⚖️ Dehqon xoʼjaligi tashkil etish uchun moʼljallangan bo'sh yer uchastkalari

🟢 Konimex tumani 18 ta (ko'rish)

🟢 Qiziltepa tumani 130 ta (ko'rish)

🟢 Navbahor tumani 85 ta (ko'rish)

🟢 Karmana tumani 79 ta (ko'rish)

🟢 Xatirchi tumani 113 ta (ko'rish)

❗️Eslatma: Ushbu yer uchastkalari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.09.2022-yildagi 373-sonli qaroriga asosan 30 yil muddatga ijara huquqi asosida ajratiladi

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев стратегик шериклик ва иттифоқчилик муносабатларини янада мустаҳкамлаш, ҳар томонлама амалий ҳамкорликни кенгайтириш масалаларини муҳокама қилдилар.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев обсудили вопросы дальнейшего укрепления отношений стратегического партнерства и союзничества, расширения всестороннего практического сотрудничества.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #muzokara

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏛 Tuman, shahar hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni dehqon xo'jaligi tashkil etish uchun elektron onlayn auksion savdolariga qo'yiladi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining (153-son, 05.04.2024 y.) "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta'minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o'zlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, bir oy muddatda 60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali "mahalla yettiligi"ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro'yxatga kiritilgan yoshlar o'rtasida o'tkaziladi. Bunda:

🪙 yer maydonlarini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari g'oliblari yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi;

💲 zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida belgilanadi;

🫂 Talabgorlarga:

🧅 sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko'katlar, makkajo'xori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga sug'oriladigan ekin yer maydonlari;

🍇 bog'dorchilik-uzumchilik yo'nalishlari uchun ko'p yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bog'lar yer maydonlari;

☘️ dorivor o'simliklar yetishtirish, chorvachilik yo'nalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga mo'ljallangan, lalmi, bo'z, yaylov va yangi o'zlashtirilgan yer maydonlari 30 yil muddatgacha kichik lotlarda "bir massiv - bir mahsulot" tamoyili asosida ijaraga beriladi.

🧊 talabgorlarga ajratiladigan yer maydonlari o'lchamlari "mahalla yettiligi" taklifiga ko'ra aniqlanadi.

Mazkur qarorga muvofiq ijaraga beriladigan yer maydonlarida tura joy, bino va inshootlar qurish qat'iy man etiladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaatlar #infografika

⭐️ Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasiga joriy yilning 3 oyi davomida yuridik va jismoniy shaxslardan jami 115 ta murojaatlar kelib tushgan.

📝 Kelib tushgan 115 ta murojaatga tushuntirish berish orqali ijobiy hal qilingan.

🚀Telegram  📷Instagram  🔵Facebook  🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH BUGUNGI KUNNING DOLZARB MASALASI

🟢 Korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. 🌟Kadastr agentligi tizimida so‘nggi yillarda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, samarali va shaffof yer nazorati tadbirlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan 🔩 “E-yer nazorat” AAT dasturi ishlab chiqildi. “E-yer nazorat” AAT yaratilishi natijasida Yer va kadastr nazorati sohasida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish ishlarini amalga oshirishda huquqbuzarliklarni aniqlashdan bartaraf etilgunga qadar samarali davlat nazorati o‘rnatilishiga erishildi.

➡️ Batafsil o'qish uchun

#Kadastr #murojaat

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?

🇺🇿 Prezident Farmoniga koʻra, Ramazon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam olish kuni belgilangan.

Bular:


🗓 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;
🗓 11-aprel, payshanba — barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
🗓 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni;
🗓 13-aprel, shanba — barcha uchun ish kuni;
🗓 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

📄 Farmonda 11-aprel, payshanba kuni barcha xodimlarga qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilangan. 12-aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga esa 13-aprel, shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni hisoblanadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM